Ajabo urm o'tmoqda deb tinmay hayqiramiz-u , qalbimizda bu umrning chindan ham o'tib borayotganiga afsus-u , nadomat topa olmaymiz ! Ajabo qo'limizdagi 1000 so'm masjidga berishga , alloh uchun exson qilib
yuborishga ko'plik qiladi-yu , bozorga naqadar oz !
Ajabo maxfiy qolganimizda bir yarim soat zikir qilishimiz biz uchun 1 hafta o'tib ketgudek uzoq tuyuladi-yu , 90 minut futbolni hotirjamlik bilan kuzatib qanday o'tkazib yuborganimizni bilamymiz !
Ajabo agar futbolda qo'shimcha vaqt o'tiladigan bo'lsa naqadar hayajonlanib turamiz-u , ramazondagi qo'shimcha nomozni uzoq deb nolimiz !
Ajabo duoda so'zlar naqadar topilmaydi-yu , g'iybatda shu qadar quyilib keladi !
Ajabo " Qur'on " dan bir sahifa o'qish qiyin-u , " Darakchi " dan 30 bet naqadar oson !
Ajabo bir necha daqiqa masjidda naqadar uzoq-u , navbatdagi serial qarshisida oz !
Ajabo xonanda qarshisida oldingi qatorlarga naqadar intilamiz-u , Hudovando uyida so'nggi saflarda turishda havasmandmiz !
Ajabo odamlarga Juma-a-a maruzasini esda saqlab boshqalarga yetkazish naqadar og'ir-u , ig'vo-uu , mish-mishlarni tashib yurish naqadar yengil !
Ajabo odamlarning u bo'libdi , bu bo'libdi degan cho'pchaklariga ishonamiz-u , parvardigorning haq so'ziga shubxa qilamiz !
Ajabo dunyoning istalgan matohini intizor ko'zlarimiz bilan kutamiz-u , namoz vaqti deyarli o'tib ketsa ham unga xech qancha tayyorgarlik ko'rmaymiz !
Ajabo serial qahramonlarini naqadar sevib ,ularni kuyib , pishib muhokama qilamiz-u , masjidda yonimzda turgan namozxonni tanimay o'tib ketamiza !
Ajabo har kim " Jannat "ga kirhsini xar qancha tamaaa qiladi- yu , buning uchun bir nima qilish , gapirish yoki ishonish kerakligini xech qancha o'ylamaydi !
Ajabo ertagachi ? bu hayratlarning asl sababini o'rganishga kirishaylik ...
Izoh : She'riy-maqola " Holislik sari " diniy dasturidan olindi !