Sening sevging qanday rangda? -Sizning menga bo’lgan sevgingiz qanday rangda? -Nima? - Sizning mengan nisbatan bo’lgan sevgingiz qanday rangda, deb so’rayapman. -Men savolni tushunmadim. -Xo’p, yaxshi.Unda mendan mening sizga bo’lgan sevgim qanaqa rangdaligini so’rang? U uzoq kerishib , esnadi va so’radi: - Xo’sh qanaqa ekan? - Yashil, dedim men. - Nega qizil emas? – so’radi u jilmayib. - Chunki qizil bu - yong’in, bu olov, alanga, nima deb atasang atayver. - Axir hamma sevgini qizil bilan izohlaydiku! - Hamma emas, faqat “yongan”largina shunday… - Demak, sen “yonmayapsan” ? - Yo’q. - Rahmat.Xotining sen uchun “yonmasligi” ni kun boshidayoq bilib olish juda ham yoqiml - Nima, bu yomonmi?Mening vujudimda gulhan yonayapti.Boshida u juda kuchli yonadi,chunki siz hammasini xuddi kitobdagidek tog’ri qilgansiz.Siz menga qadar bir necha bor “gulhanlar yoqqansiz” va shuning uchun ham bu ishning hadisini yaxshi bilasiz.Siz bu ish uchun qulay joy topdiiz.So’ngra yaqinroqdan maqtov, xushomadli so’zlar,diqqatni tortadigan alomatlar bilan to’yingan quruq novdalar yig’ib, ularni yaxshilab qalashtirdiiz.Bu o’t yoqish uchun yetarli edi.So’ngra unga o’tin tashlaysv, keyin go’lalarni qalashtirasiz.Siz mening gulhanimga o’tin to’plaguniizcha charchab ketasiz. Gulhan yorqin yonayapti, siz isidingiz va xursandsiz.Va nihoyat, gulhan o’cha boshlaydi.Yana o’tin tashlash uchun yaqin-atrofda hech narsa yo’q.Biror joyga borib olib kelish uchun kuch ham qolmagan.Siz bu ermagingizni tilli mahluqingizga qurbon qilish uchun ust boshingizni ychib o’tga tashlagan holda davom ettirishingiz ham mumkin.Lekin biroz vaqtdan keyin ular ham yonib tugaydi, lekin endi siz hech qayoqqa ketolmaysiz, chunki oyoq qo’liz bog’lanib qolgan.Gulhan esa yonib tugadi.Shunday qilib, qizil rangli sevgingiz gulhan tutunidek kulrang tusga kiradi.Kulrang esa sevgi uchun hech narsa emas. - Xo’sh, xo’sh, xo’sh, - dedi u.So’ngra yonboshga o’girilib kaftlari bilan boshini ushladi va tirsagi bilan yostiqqa qadaldi. Uning uyqusi qochib, jilmaydi: - Qiziq, sariq rangchi? - Sariq rang haqida umuman gaprigim kelmaydi. U hiyonat rangi.Diqqatingni tortadi, sen unga qaraysan, keyin hammayoq sap-sariq tus oladi!Umuman, undan ko’zlar toliqib qoladi. - Xo’p, yaxshi, bu tushunarli.Qorasi ham tushunarli – u sevgi rangi emas. - Yo’q, to’xtang.Barcha ranglar sevgi rangi bo’lishi mumkin.Sevgi – o’z-o’zicha- kamalak!Kishi kishiga qaraganda u har safar boshqa-boshqa bo’yoqlarda ko’rinishi mumkin. - Lekin, qora bo’lib emasku, deya munozaraga kirishdi u. - Nega bo’lmasin endi?! Shunaqangi ham bo’ladiki,sevgi kishini badjahl,odamovi qilib qo’yadi, u tajovuzkor bo’lib qoladi.Va biz buni javobsiz emas, balki o’zaro ishonch asosidadagi sevgi haqida gapiryapmiz.Bu o’rinda gap kishilarning bir-biriga ta’siri, bo’yoqlarning qorishib ketishi haqida ketyapti.Siz oq rangdasiz, men esa qora.Ulardan qaysi biri kuchliroq? - Qorasi, albatta! - Nima uchun endi “albatta”?! Qaysinisi ko’p bo’lsa o’shanisi kuchli.Xatto ularni teng miqdorda qorishtirganda ham, toza rang baribir kelib chiqmaydi – ya’ni sof qora yoki sof oq.Odam lar ham xuddi shunday.Kimdir boshqani o’z rangi bilan jilolantiradi.Chunki bu rang unda ko’proq.U esa uni o’z rangini unutib qo’yib qabul qiladi yoki bo’lmasa jilolangan bo’yoqlarga qarshi kurashga kirishadi.Lekin bu kurash qanday tugashidan qat’iy nazar, “toza” rang unisida ham, bunisida ham qolmaydi! Chunki endi bo’yoqlar aralashib ketgan. U menga diqqat bilan qarab turardi. - Binafsha rang, - dedi u toqatsizlik bilan. - Binafsha rang, o’ylanibroq dedim men,-yo’q.Mening sevgim sizga nisbatan binafsha rangda bo’lolmaydi, birinchidan men bu rangni yoqtirmayman, ikkinchidan, yo’q, shu joyda to’xtaganimiz yaxshiroq. - Zangori, ko’k, - dedi u tinchsizlanib. - Nima qilishniyam bilmayman,zangori – bu men uchun – osmon! Osmon bu – bu qushlar, qushlar bu qanotlar, qanotlaresa – orzu!orzu esa bu- yoshlikDemak, zangori rang yosh sevgiga xos rang.U ilk sevgining rangi.Sen qattiq tug’onga tushganingda sen uchun undan ortig’i yo’qdek boshingizga ko’tarasiz uni.Ko’k rang men uchun kechirimlilikdir.Xullas, nima desam ekan, agar sen birovni butunlay kechirmoqchi bo’lsangiz, bu – ko’k rangdir. - Yashil, yumshoqqina qilib dedi u. - Yashil, takrorladim men va chuqur tin oldim. Xonaga sukunat cho’kdi.U mendan ko’zini uzmasdi.Meni shoshiltirish uchun betoqaat bo’layotganini sezib turardim.Hozir unga biror ortiqcha so’z aytishrassomning chizayotgan rasmi tugamay turib barmog;ini kesib turish bilan barovar edi.Men buni tushunardim. U ham mening buni sabrsizlik bilan bo’lsada tushunib turardi.Biroq men shoshilmasdim. - Har kuni ikkalamiz ham bir karavotda uyg’onamiz, - deya so’z boshladim men nihoyat.- Deraza orqali ertalabki yorug’likni ko’raman. Siz ham ko’rasiz.Yangi kunning boshlanishi.Ko’radigan biron-bir yangiligim – u ham bo’lsa yashil rangdir.Har bir tong turlicha boshlanadi:hali meni derazaning qalin pardalari orqali o’tayotgan quyoshning zarrin nuri uyg’otsa, hali yomg’irning shivirlashidan uyg’onib ketaman.Qishda men derazadan oppoq qorni, yozda - yam-yashil yaproqlarni ko’raman.Deraza ortida manzara o’zgarib turadi, bizning karavotimizda esa hech qanday o’zgarish yo’q.Mening har bir ertam sendan boshlanadi.Demak , yangi kun bu – siz.Bu yashil. - Bilaman, sen mening yashil ko’ylagimni yoqtirmaysiz.Sizga u xaddan tashqari kaltadek ko’rinadi.Shuning uchun ham uni tez-tez kiyavergim keladi.Buni sizning jig’ingizga tegish uchun emas balki siz bilan hayolan bo’lsada ajralgim kelmagani uchun qilaman.Bu ham – yashil. - Biz bir-birimizni tushunmasdan janjallashgan chog’larimiz ham bo’ladi.Yarashuv sari birinchi qadamni siz bosaiz.Bunday hollarda siz ko’k rangga rioya qilasiz – siz meni kechirasiz,ayni paytda esa meni sariq rang “qamchilay boshlaydi”Lekin siz menga yaqinlashib, meni quchoqlaysiz va yuzingizla bo’ynimga suykalasiz. Shunda ranglar qorishib ketadi.Agar akvarelning ikki hil bo’yog’ini – ko’k va sariqni aralashtirsa nima bo’lishini bilasizmi? Unga qarash uchun men u tomon o’girildim.U diqqat bilan meni tinglardi.Mening savolimga javob sifatida bilinear-bilinmas boshini silkidi. - Yashil rang hosil bo’ladi,-deya javob berdim men.Biz bir-birimizga tikilib turardik, lekin men taslim bo’ldim va nigohimni olib qochdim.U menga qarashda davom etardi.Men derazaga qarab, tong otganini angladim. Men kulib , yana unga qaradim. - Menga nisbatan bo’lgan sevgingiz qanaqa rangda,-kulishda davom etib, nigohim bilan yelkalari va lablarini ko’zdan kechirib yana ko’zlariga qaradim.Bir lahzada u yonimda paydo bo’ldi va meni ohista o’pdi… Tatyana Siz izoh qoldirishingiz mumkin.
|