MASHHUR YETTILIKLAR Dunyoning yetti mo‘jizasi 1. Misr ehromlari 2. Bobil osma bog‘lari 3. Artemida ibodatxonasi 4. Galikarnas dahmasi 5. Zevs haykali 6. Rodosdagi haykal 7. Iskandariya mayog‘i O‘rta asrlarning yetti mo‘jizasi 1. Rim kollizeyi 2. Iskandariya yer osti yo‘llari 3. Buyuk xitoy devori 4. Avliyo Sofiya ibodatxonasi 5. Stonehenge 6. Piza minorasi 7. Nanjing budda ibodatxonasi Zamonaviy dunyoning yetti mo‘jizasi Amerika fuqaro muhandislik jamiyati 20 asrda insoniyat tomonidan barpo etilgan quyidagi obidalarni zamonaviy dunyoning yetti mo‘jizasi deb atadi. Ushbu ro‘yxat dunyoning ko‘zga ko‘ringan arxitektorlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda binolarning texnik va ijtimoiy jihatlari hisobga olingan: 1. Channel Tunnel (Angliya va Fransiyani bog‘lovchi suv osti kanali) 2. CN Tower (Torontodagi teleminora) 3. Empire State Building (New York shahridagi osmono‘par bino) 4. Golden Gate Bridge (San Franciscodagi ko‘prik) 5. Itaipu Dam (Braziliya va Paragvaydagi to‘g‘on) 6. Netherlands North Sea Protection Works (Niderlandiya Shimoliy dengiz muhofazasi) 7. Panama Canal (Panama kanali) O‘rta asrlarning unutilgan yetti mo‘jizasi 1. Abu Simbel dahmasi 2. Angkor Wat 3. Toj Mahal 4. Saint-Michel tog‘i 5. Moai Statusi 6. Parfenon 7. Shwedagon budda ibodatxonasi Dunyoning yetti tabiiy mo‘jizasi 1. Everest cho‘qqisi 2. Katta Barrier rifi 3. Grand Canyon 4. Viktoria sahrsharasi 5. Rio de Janeiro bo‘g‘ozi 6. Paricutin vulqoni 7. Shimoliy ko‘llar Dunyoning yetti suvosti mo‘jizasi 1. Palau 2. Beliz Barrier rifi 3. Galapagos orollari 4. Shimoliy Qizil dengiz 5. Baykal ko‘li 6. Katta Barrier rifi 7. Chuqur dengiz ventillari Dunyoning unutilgan yetti mo‘jizasi 1. Big Ben soati 2. Eyfel minorasi 3. Gateway ustuni 4. Asvan to‘g‘oni 5. Guver to‘g‘oni 6. Mount Rushmore milliy memoriali 7. Petronas minorasi Dunyoning unutilgan yetti tabiiy mo‘jizasi 1. Anhel sharsharasi 2. Fundy qo‘ltig‘i 3. Iguasu sahrsharasi 4. Krakatoa oroli 5. Fuji tog‘i 6. Kilimanjaro tog‘i 7. Niagara sharsharasi Yetti xazina 1. Sigir - ro‘zg‘orning qassobi va baqqoli 2. Asalari - oilaning tabibi 3. Ipak qurti - qizlarning sepi 4. Objuvoz - qozonning yog‘i 5. Tegirmon - qorinning belbog‘i 6. O‘rmon - imorat "suyagi", qozon olovi 7. Tovuq - ham obiyovg‘on, ham dori-darmon Hafta kunlari O‘zbekcha: Juma, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba Arabcha: Yavmul-jum’a, Yavmus-sabt, Yavmul-ahad, Yavmul-isnayn, Yavmus-salasa, Yavmul-arba’a, Yavmul-hamis Turkcha: Juma, Jumartesi, Pazar, Pazartesi, Sali, Charshamba, Pershembe Inglizcha: Friday, Saturday, Sunday, Monday, Tuesday, Wednesday, Thursday Forscha: Odina, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chahorshanba, Panjshanba Ruscha: Пятница, Суббота, Восскресенье, Понедельник, Вторник, Среда, Четверг Latincha: Dies Solis, Dies Lunae, Dies Martis, Dies Mercurii, Dies Jovis, Dies Veneris, Dies Saturni Saksoncha: Sunnandaeg, Monandaeg, Tiwesdaeg, Wodnesdaeg, Thunresdaeg, Frigedaeg, Sater–daeg Nemischa: Sonntag, Montag, Dienstag, Dienstag, Donnerstag, Freitag, Samstag Fransuzcha: Dimanche, Lundi, Mardi, Mercredi, Jeudi, Vendredi, Samedi Italiancha: Domenica, Lunedì, Martedì, Mercoledì, Giovedì, Venerdì, Sabato Ispancha: Domingo, Lunes, Martes, Miércoles, Jueves, Viernes, Sábado Moddalarning yetti ko‘rinishi 1. Qattiq holati 2. Suyuq holati 3. Gazsimon holati 4. Plazma holati 5. Neytron holati 6. Epiplazma holati 7. Fizik vakuum holati Yetti musiqa notasi 1. Do 2. Re 3. Mi 4. Fa 5. Sol 6. Lya 7. Si Yetti avlod 1. Farzand 2. Nevara 3. Chevara 4. Evara 5. Pannevara 6. Ovora 7. Begona Yetti iqlim 1. Ekvatorial 2. Subekvatorial 3. Tropik 4. Subtropik 5. Mo‘tadil 6. Subarktik 7. Arktik Yetti rang 1. Oq 2. Sariq 3. Qizil 4. Qora 5. Ko‘k 6. Yashil 7. Apelsin rang Dunyoning yetti mo‘jizasi Yetti sayyora Qadimgi xalqlar yetti muqaddas sayyora inson hayotiga, taqdiriga, o‘zaro harakatlariga bog‘liq deb tushunganlar va shundan hafta kunlarini chiqarganlar. Quyosh va Oyni ham shunga kiritishgan. Ular: 1. Quyosh - Oftob, Shams, Xurshid, Mehr, Yashiq; Kuch-g‘ayrat ramzi 2. Oy - Qamar, Moh, Anbar, Yalchiq; Dilbarlik ramzi 3. Mars - Mirrix, Bahrom, Ko‘rkud; Jangu jadal timsoli. Greklarda urush xudosi 4. Merkuriy - Atorud, Hulkar, Surayyo, Orzu, Dabir; Aql-zakovat, donolik ramzi 5. Yupiter - Mushtariy, O‘ngoy, Qoraqush, Burjis; Baxt ramzi 6. Venera - Zuhro, Cho‘lpon, Sirius, Yildiriq, Nohid, Saqid; Sevgi ramzi 7. Saturn - Zuhal, Sekantir, Kronos; Dehqonchilik va hosildorlik ramzi Yetti mukammal fanlar Qadimgi va o‘rta asr ta’lim tizimida ongni va mantiqni yuksaltiruvchi yetti fan mavjud edi. Ushbu fanlarni qadimgi yunon mutafakkirlari komillika eltuvchi yo‘l deya ta’riflaganlar: 1. Grammatika 2. Mantiq 3. Ritorika 4. Geometriya 5. Arifmetika 6. Astronomiya 7. Musiqa Yetti dengiz Qadimgi dengizchilar dunyoni 7 dengiz o‘rab turadi deb hisoblaganlar (okeanlarni ham kiritganlar): 1. Shimoliy Atlantika okeani 2. Janubiy Atlantika okeani 3. Shimoliy Tinch okeani 4. Janubiy Tinch okeani 5. Hind okeani 6. Arktika okeani 7. Janubiy okean Qadimgi Rimning yetti podshosi Afsonalarga ko‘ra Rimni dastlab boshqargan 7 podsho er.av. 753- yildan 510- yilgacha hukmronlik qilganlar: 1. Romulus 2. Numa Pompilius 3. Tullus Hostilius 4. Ancus Marcius 5. Lucius Tarquinius Priscus 6. Servius Tullius 7. Lucius Tarquinius Superbus Qadimgi yaponlarning yetti xudosi Qadimda yaponlar baxt, boylik va uzoq umr keltirishi uchun 7 ta xudoni o‘ylab topishdi. Bunga e'tiqod qilish 15 asrga kelib judayam kuchaydi. Ular: 1. Ebisu - baliq ovlash va savdo xudosi 2. Daikoku - boylik va qishloq ho‘jaligi xudosi 3. Bishamonten - omad xudosi 4. Benzaiten - suv va musiqa xudosi 5. Hotei - moy xudosi 6. Fukurokuju - Abadiyat xudosi 7. Jurojin - Uzoq umr xudosi Yetti opa-ukalar Qaqimgi yunon miflariga ko‘ra, Pleonlik Atlas bilan Okeanusning qizlari. Mifga ko‘ra ular otalarining ayanchli taqdiridan yoki opalari Hyadesning o‘limidan ranjib o‘z jonlariga qasd qiladilar. Koinotdagi ba'zi yulduzlar ularning nomi bilan ataladi: 1. Electra 2. Maia 3. Taygete 4. Alcyone 5. Celaeno 6. Sterope 7. Merope Yetti qavat osmon Imom Buxoriy va Imom Muslimlardan rivoyat qilingan "isro va me'roj" haqidagi hadislarda payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.ning Masjidul aqsodan osmonga ko‘tarilganliklari haqida rivoyat qilinadi. Ushbu hadisga ko‘ra, Rasululloh s.a.v. yettita osmondan o‘tadilar va har bir osmonda quyidagi payg‘ambarlar bilan uchrashadilar: 1. Birinchi osmon - Odam alayhissalom 2. Ikkinchi osmon - Iso va Yahyo alayhissalomlar 3. Uchinchi osmon - Yusuf alayhissalom 4. To‘rtinchi osmon - Idris alayhissalom 5. Beshinchi osmon - Horun alayhissalom 6. Oltinchi osmon - Muso alayhissalom 7. Yettinchi osmon - Ibrohim alayhissalom Arshning soyasidagi yetti kimsa Abu Hurayra r.a. Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. dan shunday rivoyat qiladilar: “Yetti kishini Alloh taolo Arshning soyasida soyalantiradi: 1. Odil boshliqni; 2. Yoshlikdan Allohning ibodati bilan o‘tgan kishini; 3. Yolg‘iz holida Allohni eslab ko‘z yosh to‘kkan kishini; 4. Qalbi doim masjid bilan bog‘langan kishini; 5. O‘ng qo‘li bilan bergan sadaqani chap qo‘li bilmagan (ya'ni, maxfiy sadaqa qilgan) kishini; 6. Alloh yo‘lida do‘stlashgan ikki kishini; 7. Chiroyli ayol fahshga chorlaganda “Alloh taolodan qo‘rqaman”, deb bosh tortgan kishini”. Islomda iymondagi yetti farz 1. Allohga; 2. Allohning farishtalariga; 3. Allohning kitoblariga; 4. Allohning payg‘ambarlariga; 5. Oxirat kuniga; 6. Taqdirga, ya'ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga; 7. O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa ishonish.
|