QO`SHIQLAR MATNI SEVGI DARDI Sharqoniy Orzular sig’mas bir zumga Yuragimga sendan o’zga Nimaga hayot shunaqa Lekin baxt ko’rinmas ko’zga Arzon ko’rmasa baxtini Lekin boqadi yulduzga. Tanam cho’ksa ham tuproqqa Jonim ketsa ham osmonga Lekin sevgim erda qolib O’rnashib olar qalbinga Bir laxzalik baxt ketidan Abadiy armon kelarkan Go’zal o’tgan kunlarni Qaytarishga ojizman Endi sensiz yolg’izman yolg’izman Ko’nglim so’radi seni Unga topolmadim so’z hech Azob etadi meni Tinmas ko’zyoshim erta hech Dardga davo tiladim Davo bo’laolmadi hech kim Tinmay seni so’radim Ammo atrofim sokin. Bahtli bo’lib chopsam tushga Qanidi ko’zim ochmasam Aylansam hatto bir qushga Netayin qanot yozmasam Yuragim toxtab qolsa ham Sevgim biladi tirik tanam Tanam cho’ksa ham tuproqqa Jonim ketsa ham osmonga Lekin sevgim erda qolib O’rnashib olar qalbinga Bir laxzalik baxt ketidan Abadiy armon kelarkan Go’zal o’tgan kunlarni Qaytarishga ojizman Endi sensiz yolg’izman yolg’izman Ko’nglim so’radi seni Unga topolmadim so’z hech Azob etadi meni Tinmas ko’zyoshim erta hech Dardga davo tiladim Davo bo’laolmadi hech kim Tinmay seni so’radim Ammo atrofim sokin. Shoxrux - Layli va Majnun Muhabbat…bormikan undan davo undan bir azob na bir hato Agarda qilsa mubtalo holatin aniq yuz tubani g’aribu gado na bir ixlos qoldi.. Na bir nafsini hojatiga ahamiyat…Hamma narsa bitib boldi ado. Yuragimni makoni honadon qilib oldi ming dardi balo Honavayronman..Ko’rindi asli yuzida natijalar.. Derazamning ortidan-u darbadaru bemakon yig’laydi bulutlar.. so’ndi orzulaar.. To’xtatildi marralarga intilish kabi harakatlar….. Tuyg’ularin bilan bog’langan sifati Jamiyl misoli Layli bilan ko’mildi hayollar.. Majnuni qays boldim..man misoli karbalo ufuqdagi yomg’irlarga borib qo’shildim.. Go’yoki saboo mano Majnunman qayerdadir layli…. Chorus Qayerdadir layli…… Yo’qdur hatti harakatimga javobim yo’q.. Yo’llarimda hok-sor irodayu toqatimga ishonchim yo’q O’ldi kibru havoo bekindi borlig’ ortida kaminayu shahsiyat. Bo’ldim ahli salomatdan ahli malomat. Sevgi nima o’zi u..? Kim biladi o’rganilmadi ohiri nazorat.. Muhabbat bu uziga yarasha yuraklardagi bir kichik ohirat To’la nadomat.. yanada jismingni yahshi yoki yomon yuz bolip qoladigan ming asorat.. Muhabbat bu bermorligu bedorlik..ochiq oydin haqiqat… Kechalari giryonlik tuyg’ularin bilan bog’langan Sifati Jamiyl misoli Layli bilan ko’mildi hayollar Majnuni qays boldim..man misoli karbalo ufuqdagi yomg’irlarga borib qo’shildim.. Go’yoki saboo telba Majnunman boru-yo’g’i layli…. Chorus Boru-yo’g’i layli…… Nilufar Usmonova - Aybim Sevganim Oradan o'tmoqda yillar Dil seni sog'inib yig'lar Qaytmasligini bilsam ham Sening, tomon boshlaydi yo'llar Afsuslarga boshim egmay Sevishda davom etaman Taqdirimiz boshqa-boshqa Sevgim, olib olis ketaman. Pripev. Aybim sevganim Aybdor faqat men Aybdor faqat men Aybim sevganim Aybim sevganim Aybdor faqat men Aybdor faqat men Aybim sevganim, sevganim. Sen bo'lmasang ham yonimda Sevgimiz qalbimda yashar Taqdirimiz boshqa-boshqa Sevdim, deb o'ylab sen adashding Balki sen kutgan baxtingni Berolmagandurman senga Sog'inganda og'un uchun Sening, borliging yetar menga. Pripev. Aybim sevganim Aybdor faqat men Aybdor faqat men Aybim sevganim Aybim sevganim Aybdor faqat men Aybdor faqat men Aybim sevganim, sevganim. Sardor Rahimhon - Bahting Ne uchun qarog'ing g'amli qayg'uli, Ne uchun quvonching butunmas jonim. Tiriklik sharbati goxo og'uli, Seni asragayman bordur imkonim. Naqorat: Ko'z yosh to'kmagin ey go'zal qushcha, Seni so'rar bir gul g'uncha. Sochlaring silaydi asta shamol, Sog'intirmay jonim kelaqol. Ko'zlaring tubida sir bor qandaydir, Aytmaysan jilmayib qo'yasan goho. Dunyoda sirdosh ham bilsang kerakdur, Dardinga man sherik bo'layin tanho. Toki ko'zlaringda quvonch porlasin, Toki sanga qarab qilsinlar havas. Doimo chorlasin shodligu sevinch, Baxting butun bo'lsin har dam, har nafas. Naqorat: Ko'z yosh to'kmagin ey go'zal qushcha, Seni so'rar bir gul g'uncha. Sochlaring silaydi asta shamol, Sog'intirmay jonim kelaqol. Sardor Rahimhon - Bilmading Taqdir, Dilga shuvur bergan Ollohsan Ichimdan otilib chiqmagan ohsan To'lib ulgurmagan ko'kdagi mohsan Yarimta dilimni, tashlab ketaman. Har qalbni, ming dardli ertagi uzun Chindan yarmi shodlik, yarmi g'am har kun Bersam, yarim baxting gar bo'lsa butun Topgan baxtlarimni tashlab ketaman. Ustumdan nodonlar, yolg'onlar kuldi Nafasim bo'g'zimdan chiqmay bo'g'ildi Kutaverib ikki ko'zim to'rt bo'ldi E yor, sog'inchimni tashlab ketaman. Falak, istagancha yashashga qo'ymas Vujudim kuysa ham, hur ruhim kuymas Dunyo, senga boqib bir umr to'ymas. Oshiq ko'zlarimni, tashlab ketaman. Ming ox birlan kettim men, borligimni bilmading Jonim berdim qo'llaringa, zorligimni sezmading Ming ox birlan kettim men, borligimni bilmading [bilmading] Jonim berdim qo'llaringa, zorligimni bilmadin. Pripev Bilmading, bilmading, borligimni bilmading Sezmading, sezmading, zorligimni sezmading [sezmading] Sezmading, bilmading, zorligimni sezmading. Bu kun yonib kuyingda, ado bo'ldim bilmading Har kun seni sezingda, paydo bo'ldim bilmading Bu kun yonib kuyingda, ado bo'ldim bilmading [bilmading] Har kun seni izingda, paydo bo'ldim bilmading. Pripev Bilmading, bilmading, borligimni bilmading Sezmading, sezmading, zorligimni sezmading [sezmading] Sezmading, bilmading, zorligimni sezmading. Ming ox birlan kettim men, borligimni bilmading Jonim berdim qo'llaringa, zorligimni sezmading [Sezmading, bilmading, bilmading]. Pripev Bilmading, bilmading, borligimni bilmading Sezmading, sezmading, zorligimni sezmading [sezmading] Bilmading, bilmading, borligimni bilmading. Rayhon - Afsus Hayr endi, Hush endi Orzu-armon tush endi Ko'ngil jonsiz qush endi Hayr endi, Hush endi Qadr kutmoq besamar Dildan bo'lmasin habar Bafo ham ketsa badal Hayr endi Pripev Afsus, sevgi ham qariydi Mexr ham ariydi, Afsus Afsus, sevgi ham qariydi Yurak ham so'nadi, Afsus Rost ko'rmasa ko'zimiz O'gilmasa so'zimiz Aybdor tanho o'zimiz Hayr endi, Hush endi Dardimiz bo'lmay ado Dodimiz topmay sado [sado] Bulutga to'lsa samo Hayr endi Pripev Afsus, sevgi ham qariydi Mexr ham ariydi, Afsus Afsus, sevgi ham qariydi Yurak ham so'nadi, Afsus Afsus hatolardan, Afsus jafolardan, Afsus bo'htonlardan, yolg'onlardan Pripev Afsus, sevgi ham qariydi Mexr ham ariydi, Afsus Afsus, sevgi ham qariydi Yurak ham so'nadi, Afsus Shahzoda - Ona -:verse 1:- Bir nom bor dunyoda, har narsadan ustun Bizlarni bor qilgan, uxlamay tunu-kun Bag'riga bosh qo'yib, unuting dunyoni Onajon bag'ringizni sog'indim Baxtli kunimizda eslaymiz bir bor Gohida bilmasdan berganmiz ham ozor Onalik tuyg'usin ona bo'lib anglang Onajon kulguingizni sog'indim -:chorus:- Kechalari uxlamay Allalar aytgan bizga Barcha munis onalar Mingdan-ming ta'zim sizga bizdan Bor umrimiz yetmaydi Bir kunlik bedor tunga Barcha munis onalar Mingdan-ming ta'zim sizga Mingdan-ming ta'zim sizga -:verse 2:- Gar tomchi yosh to'ksak qalbi bilan yig'lar Dunyo onalari nur quyoshga o'xshar Atirgullari ochar yuragiga bahor Onajon bag'ringizni sog'indim Baxtli kunimizda eslaymiz bir bor Gohida bilmasdan berganmiz ham ozor Onalik tuyg'usin ona bo'lib anglang Onajon kulguingizni sog'indim -:chorus:- Kechalari uxlamay Allalar aytgan bizga Barcha munis onalar Mingdan-ming ta'zim sizga bizdan Bor umrimiz yetmaydi Bir kunlik bedor tunga Barcha munis onalar Mingdan-ming ta'zim sizga Mingdan-ming ta'zim sizga huuu-huuu-huuuuu-huuuuuuu -:chorus:- Kechalari uxlamay Allalar aytgan bizga Barcha munis onalar Mingdan-ming ta'zim sizga bizdan Bor umrimiz yetmaydi Bir kunlik bedor tunga Barcha munis onalar Mingdan-ming ta'zim sizga Mingdan-ming ta'zim sizga Radius 21 - Tungi kapalak Axloq, uyat, diyonatni yerga uradi Xaqiqatni sharmandayu-sharmiso aylab Ma'sum muhabbatning oppoq peshonasiga Toshmoq bo'lib toshadi-yu shundoq turadi Va muqaddas nikoh axdu-poymonlarini Qimorbozning savdosiga aylantiradi Siz shundoq bir kirdikorlar qildingizki to Bekor bo'lib qoldi butkul va'dayu-vafo Shariatning rasm-rusumumi xuddi bir ermak Qilmishingiz ko'rib xatto qizarar falak Ko'k gumbazi sizga boqib xo'mraya boshladi Go'yo qora qiyomat kun, go'yaki maqshar Yengil tabiat qizlaga axamiyat Berganda kayfiyatingingiz doimo a'lo Va alambalo Xazil, bajonidil Mana sovg'ayu-salom Jonim olaqolin Kelin bo'laqolin, Tez-tez shoshilaqolin, Gap tagidagi gap Bazilaga kayf-safo Arzimagan pul, aniqrog'i sariq chaqa Xunari shunaqa qo'lida Amal boy, aftoritet odam Taniqli oligarx O'yinchoq va sohibjamol Bechora qiz uvol Or-nomusini yoqotdi yana bir ayol Ma'ishat, zebu-ziynat, uyali aloqa Oriatga teng kelaoladimi shunaqa lash-lush kiyim kechak Nimaga kerak Qani oriat, uyat? Ahvolinga qaragin, eh qani tarbiya Endi ahamiyati yo'q Yengil tabiat Qizlaga ahamiyat berganda Kayfiyatingiz doimo a'lo Alam-balo, alambalo-o alambalo-lo-lo-lo Yengil tabiat Qizlaga ahamiyat berganda-da-da Kayfiyatiz doim a'lo Alam-balo, alambalo-o alambalo-lo-lo-lo alambalo-lo-balo-lo-lo Qosh-ko'zi qop-qora Sochi jamalak qiz Yengil tabiat Tungi kapalak essiz Qosh-ko'zi qop-qora Sochi jamalak qiz Kelajagi yo'q Tungi kapalak essiz [2x] Kayfiyatim nega a'lo? Badanida aroq va a boshqacharo Spirtli ichimliklar, Ili nikatin alkogol Tutunadi tuman Ortida oila eli-eli ko'rinadi Asli tamom ila Ota-ona ko'zlari qonga to'lib bo'ldi Gap-so'z, fisqi-fasod, g'iybat Yomonga aylandi qizcha oxir-oqibat Maxluq qo'llarida sohibjamol uvol Otasi tengi u, kamida extimol Asli sevgi yosh tanlamasa mayli Orasidagi aloqa ma'ishat tufayli Mayli Ma'ishat, zebu-ziynat, uyali aloqa Oriatga teng kelaoladimi shunaqa lash-lush kiyim kechak Nimaga kerak Qani oriat, uyat? Ahvolinga qaragin, eh qani tarbiya Endi ahamiyati yo'q Yengil tabiat Qizlaga ahamiyat berganda-da-da Kayfiyatiz doim a'lo Alam-balo, alambalo-o alambalo-lo-lo-lo alambalo-lo-balo-lo-lo Qosh-ko'zi qop-qora Sochi jamalak qiz Yengil tabiat Tungi kapalak essiz Qosh-ko'zi qop-qora Sochi jamalak qiz Kelajagi yo'q Tungi kapalak essiz [2x] Sevishlarin ko'proq sani sevilishingdan O farishta yuzli iblis yo'qol ko'zimdan Sanab nima qildim sani erkaklarini Allohning o'zi kechirsin qilmishlarini
|