Ism-sharifi: Ozoda Nursaidova Parpievna. Tug‘ilgan kuni: ... yil 9 oktyabr. Tug‘ilgan joyi: To‘ytepa shahri. Burji: mezon. Kasbi: xonanda. Bo‘yi: 165 sm. Oilaviy ahvoli: turmushga chiqmagan. Oilasi: onasi Rano opa, singlisi Nilufar (bo‘lajak huquqshunos). Xobbisi: qilich, pichoq, xanjar yig‘ish. Yoqtirgan rangi: oq va qora. Yoqtirgan raqamlari: 5,7 va 9. Eng uzoq vaqt yaralgan qo‘shig‘i: “Ketma”. Eng qisqa vaqtda yaratilgan qo‘shig‘i: “Sen bo‘lmasang boshqasi”. Borgan davlatlari: AQSh, Turkiya, Hindiston, Misr Arab davlatlari, Kipr, Germaniya, Kiev, Moskva, Isroil va qo‘shni respublikalarning hammasi. Sevimli bayrami: yangi yil va yaqin insonlarining tug‘ilgan kunlari. Yaxshi ko‘rgan taomi: palov (umuman aytganda, taom tanlamaydi). Eng katta yutug‘i: san’ati. Muxlislaridan eng aziz sovg‘a: ularning olqishi, qo‘llab-quvvatlashlari. Yoddan biladigani: Umar Xayyom ruboiylari. Yoqtirgan gullari: alvonrang atirgul. Do‘stlari soni: uch nafar. Duetlarining eng omadlisi: Ravshan Komilov bilan kuylangani. Duet kuylashni orzu qiladi: Maykl Jekson bilan. Eng sevimli kulgu ustasi: Muhiddin Darveshov. Jami qo‘shiqlarining soni: 300 dan oshiq. Jami kliplari soni: 30 tadan oshiq. Foydalanadigan atiri: “NinaRicchi”, “Dior”, “112Cs”. Katta sahnaga ilk chiqishi: 1997 yil “Kimga-qanaqa” shousida. Eng sevimli sporti: futbol. Orzu qiladi: ikki yoki uch farzandi bo‘lishni. Eng sevimli maqom ijrochisi: Fozil qori Mamadaliev. Eng sevimli Bollivud aktrisasi: Madxuri Diksit. Eng sevimli Hollivud aktyori: Tom Kruz va Juliya Roberts. Qo‘rqadi: Allohning qahridan. Eng sevimli kanali: “TV-Markaz”. Eng sevimli Rossiya qo‘shiqchisi: Alla Pugachyova. Ilk avtomobili: “Tiko”. Ilk qo‘shig‘i: “Muhabbat, qaydasan?” Ilk muhabbati: sinfdoshi, bu tuyg‘u o‘tib ketgan. Eng yaqin do‘sti: onasi. Eng yaxshi ko‘rgan hayvoni: leopard, qushlardan - burgut. Eng sevimli spektakli: “Kelinlar qo‘zg‘oloni”. Sevimli filmi: “Ishdagi ishq”. Maktabda ikki baho olgan fani: algebra. O‘zi ham yurist bo‘lishni orzu qilgan. Ilk ishlab topgan pulini onasiga bergan. Eng ko‘p gonorari: Chet el gastroli paytida olgan. Eng ko‘p borgan viloyati: Samarqand. Eng qimmat klipi: yaqinda Hindistonda suratga olgan klipi. Eng yoqtirgan fasli: kuz. Eng yoqtirgan musiqiy guruhi: “Yalla”, xorijdan “Blue”. Eng ko‘p ijro etgan qo‘shig‘i: “Begim”. Sevgilisidan eng aziz sovg‘a: Uning har kuni keltiradigan alvonrang atirgullari va yaqinda sovg‘a qilgan brilliant uzuk. Eng katta tanqidga uchragan yili: 2003 yilgi 10 kunlik kontsertidan so‘ng. Eng sevimli maqoli: “Qazisan, qartasan, asl naslingga tortasan”. Eng katta armoni: san’atni ertaroq boshlamagani. Eng katta orzusi: o‘zbek san’atini dunyoga tanitish. Mashinasi: qora “Jip” “InFiniti”. Fe’l-atvori: o‘ta o‘jar, hazilkash va xushchaqchaq suhbatdosh. Va’dasida tura oladi. Mehribon va samimiy, biroz xudbinligi ham yo‘q emas. Kechirimli, qasoskor, jahli chiqsa, o‘zini bosishga harakat qiladi. Tegmaganga tegmaydi, tekkandan o‘yib oladi. Shaxsiy elektron pochtasi: ozoda@yahoo.com. Qo‘shiqlarining she’r muallifi: Rislig‘oy Hotamova. Musiqa muallifi: ko‘p hollarda o‘zi.
|