SHAXZODA Musaeva Zilola Bahodirovna 28 iyul kuni tavvalud topgan. Burji: Arslon Onasi: Musaeva Maya – Filolog (rus tili va rus adabiyoti o’qituvchisi) Otasi: Musaev Bahodir – Faylasuf fanlari doktori Akasi: Musaev Erkin – Tadbirkor O’g’li: Yorie Salih – maktab o’quvchisi 1980 yildan to 1987 yilgacha otasining Moskvada o’z ish faoliyatini yuritganligi sababli butu oila azolari bilan u erda turishgan. 1987 yil Toshkent shahriga qaytib keldi. 5- sinfgacha u 80 – o’rta maktabda tahsil oldi keyin esa 307 – gimnaziya maktabiga o’tkazildi. Aynan shu erda u Natella dugonasi bilan tanishib olgan. Shu yildan boshlab ularing do’stligi boshlangan. 1997 yilda u a’lo baholar bilan maktabni bitirdi. 1999 yili Kiev Davlat Universitetiga kirdi, lekin musiqa san’ati ustun olib u o’qishni tashlab yubordi. Shu yili taniqliy aranjirovshik hamda kompozitor Vagiv Zokirov Zilola bilan Natellaga “JONIM” guruhini tashkil qilish taklifini berdi. Birinchi ikki oy davomida “O’tib ketadi” deb nomlangan albomi yozib bitirildi. Songra yangi hitga aylangan “Qarama qo’zlarimga” deb nomlangan qo’shig’iga BVS studiyasi tomonidan klip suratga tushirildi. 2000 yilda “JONIM” guruhi o’z faoliyatini tugatdi. 2001 yildan boshlab “Tarona Records” kompaniyasi Zilola Musaevaga o’z ish faoliyatini Shahzoda tahallusi ostida davom etirish taklif qilindi. Shu kungacha Shahzoda “Tarona Records” kompaniyasi bilan ishlab kelmoqda. Shu vaqtgacha “Tarona Records” kompaniyasi Shahzodaning 3 ta yakkahon konsert dasturini “Xalqlar Do’stligi Saroyida” o’tkazgan. Bugungi kungacha uning 4 ta audio albomi sotuvga chiqarilgan. Sovrinlari: “Tarona Taqdimoti – 2003” marosimining – “Yilning eng yaxshi sahna qiyofasi” hamda “Yilning eng yahshi ayol qo’shiqchisi” nominsiya sovrindori. “Tarona Taqdimoti – 2004” marosimining – “Yilning eng yaxshi albomi” nominsiya sovrindori. “Tarona Taqdimoti – 2004” marosimining – “Yil qo’shig’i” nominsiya sovrindori.
|