Obid Asomov 1963 yil 22 oktyabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida tavallud topgan. Otasi - Asomov A’zam Abbosovich. Onasi - To’xtaxon Asomova. Oilada 4 ta farzand bo’lishgan. Ikki o’g’il va ikki qiz(ming afsuski bevaqt o’lim Sobit Asomovni ularning orasidan erta olib ketdi). 1971 yil jajjigina Obid 128 o’rta maktrabga o’qishga chiqqan. Buni qarangki, boshqalardan farqli ravishda Obid Asomov maktabga 8 yoshida chiqqan. Oktyabr oyida tug’ilgan bo’lganligi uchun 7 yoshga yetmagan, - deb 1970 yil maktabga qabul qilishmagan. Yosh yigitchada 4 - sinfdan boshlab rasm chizishga qiziqish uyg’ona boshlagan. 8 sinfgacha maktab darslari bilan paralel ravishda Respublika pionerlar saroyida rassomchilik to’garagiga ham qatnagan. So’ng Binkof nomli rassomchilik bilim yurtida 4 yil tahsil olib, qizil diplom bilan o’qishni bitirgan.