Mutalho'jayev Otabek Alautdinovich Otabek Mutalxo`jayev 1984 yil 18 – iuylda Toshkent shahrida tug`ildi. U ziyolilar oilasida voyaga yetdi. Asosan buvisi va buvasining tarbiyasini oldi. Otabek bolaligida juda sho`x bola bo`lgan. Mahallasidagi bolalar bilan ko`chada futbol o`ynab, daraxtlarga chiqib, necha marta yiqilib, lat yegan. Lekin sho`x bo`lishiga qaramay, musiqaga, qo`shqiqa qiziqishi katta edi. Otabek Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 14-bolalar bog`chasida tarbiya oldi. Bog`chada ham o`zini qiziquvchanligi, tirishqoqligi, sho`xligi bilan boshqa bolalardan ajralib turardi. Bayramlarda bog`chaning musiqiy tadbirlarida Otabek tarbiyalanuvchilarning eng faoli edi. Otabekning bobosi Fayzulla Mutalxo`jayev havaskorlik teatrining aktyori edi. San’atga mehr Otabekka bobosidan o`tgan. Bobosi “Tohir va Zuhra” musiqiy spektaklida Tohir rolini ijro etgan. Uyda shu rolni repetitsiya qilayotganida Otabek bobosining jonli ijrosini dutorda hirgoyi qilishlarini kuzatib utirardi. Mumtoz musiqa yosh Otabekni butunlay sehrlab qo`ygandi.
OTABEKNING REPERTUARI
Otabek Mutalxo`jayevning repertuarida yigirmadan ziyod qo`shiq bor. Beshta qo`shiqqa klip ishlandi. “Oydanda go`zal”, “Hazon”, “Izlay - izlay”, “Muhabbatning o`zi baxt” “Dilingman” qo`shiqlariga ishlangan kliplar televideniyada muvaffaqqiyat bilan namoyish etilib kelinmoqda.
Xonandaning birinchi albomi chiqish arafasida. Otabek bastakorlar Dilshod Mahkamov , Farrux Badalboyev bilan hamkorlikda ishlaydi. Shoirlardan Dilshod Mahkamov, Bobur Bobomurod, Muhammada Ismoilning she’rlaridan foydalaniladi. Qushiqlari muhabbat, hayot, ayriliq haqida. Bu qo`shiqlar lirik yo`nalishda, popsa, pop – dens uslubida bastalangan. Xonandaning “Hazon”, “Dilingman”, “Muhabbatning o`zi baxt”, “Netayin” qo`shiqlari hit darajasiga ko`tarildi. Qo`shiqlar mavzusini xonanda ijodiy guruxi bilan bamaslahat tanlaydi. Otabekning qo`shiq she’riga bo`lgan talabi katta. Shu bois ham uning repertuarida yengil – yelpi qo`shiqlar uchratmaysiz. Xonanda “Panterra” studiyasi bilan hamkorlik qiladi.