Дарёда оқизилган пул. Бир киши тижорат мақсадида сафар қилмоқчи бўлган экан. Лекин савдо учун тўплаган моли озлик қилиб, бошқа бир кишидан минг динор қарз бериб туришини сўради. Пул эгаси қарз бериб туришга кўнди-ю, лекин қарз бераётганига бирон кишининг гувоҳ бўлишини сўраб, қарзни ўз вақтида қайтаришига кафил бўладиган киши ҳам олиб келишини талаб қилди. Қарз олаётган киши: Бу ишга Аллоҳнинг Ўзи гувоҳ ва кафил бўлишига нима дейсиз? – деб сўради. Пул эгаси: Бўлди, тўғри айтдинг, – деб унга сўраган миқдорида минг динор қарз берди, Сўнг қарзни тўлаш муддатини белгилаб олдилар. Савдогар кўзлаган тижорат учун сафар қилди ва кутганидан ҳам зиёда фойда топди. Қарзни қайтариш учун белгиланган муддат яқинлашгач, қирғоққа келиб қайтиш мақсадида кема излади. Қарз олаётганида Алллоҳни гувоҳ қилиб, қарзни ўз вақтида қайтариб беришига Аллоҳ кафил, дегани ёдига тушиб, зир-зир югурди. Лекин, аксига олиб, унинг шаҳрига кетадиган ҳеч қандай кема топа олмади. Шунда дарёдан оқиб келаётган бир дарахтнинг танасига – бир ёғочга кўзи тушди. Ёғочни олиб, бир ерини озроқ ўйди-да, тешик ичига минг динор тилла тангани солиб, қарз эгасига мактуб ҳам ёзиб қўйди. Мактубда ўзининг исми шарифини айтиб, қарз берган кишининг номига хитоб қилиб, белгиланган вақтда етиб бориш учун кема топа олмаганини айтиб, узр қилди. Сўнг тешикни маҳкамлаб ёпди-да, дарёдан оқизиб юборди. Аллоҳ субҳонаҳу ва таолонинг гувоҳ ва кафил бўлишига розиман, деб тантилик қилган қарз эгасига ушбу амонатни ўз вақтида етказгин, деб Аллоҳдан сўради. Дарё тўлқинлари ёғочни кўтариб олиб кетиб, савдогарнинг кўзидан ғойиб бўлди. Келишилган куни қарз берган киши ҳам қирғоққа чиқиб савдогарни кутди ва уни топа олмади. Уйига қайтаётиб, дарёда оқиб келаётган бир дарахт танасига кўзи тушди-да, ўтин қилмоқ мақсадида кўтариб олди. Манзилига қайтгач, дарахт танаси ичидан солиб қўйилган пул билан мактубни топиб олди, сўнг Аллоҳга кўп ҳамду санолар айтди. Бир неча мудат ўтганидан кейин қарз олган киши ҳам ўз шаҳрига қайтиб келди. Келиши билан қарз берган кишини олдига бориб, ундан узр сўради-да, унга минг динорни қайтариб берди. Қарз берган киши: Аллоҳ сен ёғочда юборган пулингни сақлаб, қарзни ўз вақтида тўлагансан. Бу пуллар сеники, мен ўз ҳаққимни олиб бўлдим. Сени Аллоҳ яхшилик билан мукофотласин, эй ростгўй, амонатдор киши, – деб дуо қилди.
p.s shunaqayam tilak bildiradimiii boya mexmonlarni kuzatishga chiqish kereligi uchun kelib o'qiyman degandim Shuning uchun Umar ibn Xattobni eng odil podshoh deb tan olishgan
Дата: CHORSHANBA, 2012.12.26, 00:51 | Сообщение # 11
Группа: Удаленные
JANNAT TO'LOVI. Ibrohim Adham xammomga bordilar,lekin pullari bo'lmagani uchun ,qancha yalinsalar ham ichkariga qo'yishmadi.Bo'yinlari egik xolatda ortga qaytayotgan Ibrohim Adham shunday hayqirib yig'ladilarki bir zumda atroflariga odamlar to'plandi ,biri olib,biri qo'yib xazratni yupata ketishdi:bunchalik qayg'u chekishingizga xojat yo'q,siz uchun xammomga mana biz pul to'laymiz! Shunda Ibrohim Adham yig'ilganlarga:sizlar meni xammomga kiritishmagani uchun yig'layapti deb o'ylayapsizlarmi ?-dedilar-yo'q aslo bunday emas.Bu dunyoda-ku puling yo'q deb xammomga kiritishmayapti.Biroq oxiratda yaxshi amallaring yo'q deya jannatga qo'ymasalar xolim nima kechadi?Shuni o'ylab yig'layapman.!
JANNAT AHLLARI Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu, aytdilar; «Bir kuni Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, chiqib dedilar: — Menga barcha ummatlar ko‘rsatildi. Bir payg‘ambar bir kishi bilan, yana bir payg‘ambar ikki kishi bilan, yana bir pay-g‘ambar bir to‘p kishilar bilan, yana bir payg‘ambar yolg‘iz o‘zi, hech bir hamrohi yo‘q holda o‘tdilar. So‘ng juda ko‘p olomonni ko‘rdim, ular ko‘pligidan uzoq-uzoq ufqlarni ham to‘sganlar, umid qildimki, shular mening ummatim bo‘lsalar. Shunda: bular Muso, alayhissalom, qavmlari bilan kelyaptilar, deyildi. So‘ng menga, qaragin, deyildi. Qarasam, uzoqdan qoralikni ko‘rdim. Ular juda ko‘p bo‘lib, ko‘pligidan ufqni ham to‘sib qo‘yishgan edi. Keyin menga yana aytildi: “Hov, anavilarga, hov anavilarga kara!” Ko‘rsam, son-sanoqsiz insonlar, ular shuncha ko‘pki, yeru osmonni to‘ldirib yubordilar. Shunda menga: «Bular sening ummating», deyildi. Bularning oldilarida yetmish ming nafar jannatga hisob-kitobsiz kiradiganlar kelmoqda. Ular hodisalardan shumlanmaganlar, folbinu sexrgarlarga bormaganlar, o‘zlarini o‘tda kuydirib davolamaganlar, faqat o‘z Robbisiga tavakkul qilgan kishilardir, — deyildi. Shunda Ukkosha ibn Mixsan turib: — Yo Rasululloh, duo qiling. Alloh meni shulardan qilsin, — dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: — Ey Alloh, buni o‘shalardan biri qilgin, - deb duo qildilar. Shundan so‘ng boshqa odam turib: — Allohga duo qiling, meni ham o‘shalardan qilsin, — dedi. Payg‘ambarimiz, alayhissalom: — Bunga Ukkosha sendan oldin keldi,— dedilar».
Birinchi voqea. Qo‘shni bola hovliqib chiqib, bobosining ahvoli og‘irlashganini, uyda hech kim yo‘qligini aytdi. Ortidan yugurdim. Kirsam, to‘qsonga yaqinlashib qolgan Qurbon ota ko‘zini shiftga qadab, xirillab og‘ir nafas olib yotibdi. U ko‘pdan buyon bemor: bir qo‘l-oyog‘i shol, qon bosimi baland, yuragi xasta edi. “Do‘xtir chaqiraymi?” deb so‘radim. U sog‘ qo‘lini majolsiz siltadi. Bemorning rangi har qachongidan oqargan, ko‘zlaridan nur ketgan. Ahvolni tushunib, asta imon kalimalarini ayta boshladim. U esa parvo qilmay, yutoqib nafas olar, orada tinmay “bemehr”, “noqobil” o‘g‘illarini qarg‘ab so‘kinar edi. Qurbon otaning badfe’lligi, toshbag‘irligi, og‘zi shaloqligi tufayli farzandlarning kirib-chiqishi kamaygani to‘g‘ri. Umr bo‘yi goh mol bozorida dallol, goh qassobchilik qilgan Qurbon ota qariganida ham o‘nglanmadi. Peshonasi sajda ko‘rmadi. Allohni faqat boshiga mushkulot tushganida esladi. Hozir ham ko‘z o‘ngimda jon taslim qilarkan, og‘zidan chiqqan oxirgi so‘zi “ko‘rnamaklar, ablahlar” bo‘ldi... Ikkinchi voqea. Shahar ko‘chalaridan birida avtomobil falokati ro‘y berdi. Yoshgina haydovchi yigit biror narsaga chalg‘ib qolganmi yoki mashinani boshqarolmay qolganmi, yo‘l chetidagi beton ustunga borib urilibdi. Yo‘lovchilar darrov yordamga shoshilishdi. Qisib qolgan rul orasidan bemajol tanani arang sug‘urib olishdi. Nimalardir deb pichirlayotgan haydovchini yerga yotqizishlari bilan joni uzildi. Uning so‘nggi so‘zi magnitafondan berilayotgan ashulaning “Qaylardasan, sanamginam?” degan jumlalari bo‘ldi... Bu dunyoda barchamiz mehmonmiz. Hammamiz bir kuni bu olamdan ko‘chamiz. Hech kimga: “Sen falon kuni, falon holatda o‘lasan”, deb hujjat berilmagan. Hech kim boshqa olamga qanday ketishini oldindan bilmaydi. Shunday ekan, o‘lim soati yaqinlashganida tillarimiz “La ilaha illalloh” kalimasini aytib turmog‘i uchun bu dunyo- da Allohning zikri bilan mashg‘ul bo‘lmog‘imiz lozim. Aks holda, umrimiz yuqoridagi voqealar kabi yomon xotimalanib qolishi mumkin, Alloh saqlasin. Hidoyat jurnalidan
Bir kuni Boylik,Ilm va Or-nomus uchrashib qolishibdi. Boylik aytdi: - Agar men yo'qolib qolsam saroyda bo'laman. Ilm aytdi: - Agar men yo'qolib qolsam, masjid va madrasalardan izlanglar o'sha yerda bo'laman. -Agar men yo'qolib qolsam,- debdi Or-nomus,- izlab o'tirmanglar, hech qayerdan topolmaysizlar.
Shayh Abul Hasan Haraqoniy hikoya qiladilar:" Luqmoni Hakim bir kuni o'g'liga dedi:" Bugun ro'za tut va nimaiki gapirsang, yozib qo'y.Kechqurun kuni bilan gapirgan gaplaringni menga hisobotini berib keyin iftor qilasan". O'g'li shu kuni ro'za tutib kechqurun otasiga hisob bera boshladi.Hisobot tugaganidan so'ng kecha yarmiga borib qolgan edi.Ertasiga yana o'g'liga o'sha gapni aytdi.O'g'li esa yana yarim kechagacha hisob berdi.Uchinchi kuni ham o'sha gapni takrorladi.O'g'li shunda o'zicha:" Gaplarimni hisobotini bergunimcha juda kech bo'lib qolyapti.bu yoqda iftor ham qilish kerak", deb o'yladi. So'ng hisob berishdan qo'rqib kunduzi hech narsa gapirmadi.Kechqurun otasi hisob talab qildi. O'g'li aytdi:" Sizga hisob berishdan qo'rqib bugun hech narsa gapirmadim".Luqmoni Hakim:" Bor ro'zangni ochib ovqatingni ye",dedi.Haraqoniy aytadilarki:"Kam gapiruvchining qiyomatdagi holi Luqmoni Hakimning o'g'lini uchinchi kundagi holatidek quvonchli va yengil bo'ladi".
Дата: CHORSHANBA, 2012.12.26, 10:34 | Сообщение # 16
Группа: Удаленные
xayotiy voqea Bir kuni dalni vostok tarafga safarga chiqdim yo'l uzoq poizda kupeda esa faqat men uzbek edim wunda savlatli uzbek bo'lmagan odam biz5arga qulay rus tilida gap bowladi salom alik qayga ketyapman nima iw qilyapman xullas gapdan gap iwdan xaydalganini aytdi va voqeani xikoya qilib ketdi Oddiy sexda brigadir bo'lib iwleman men b.n 11ta musulmon dindowlar xam bor (men xayratga tuwdim) chuki bu safardowim gruzin edi Musulmonlarni juda kop iwlatar ermak qiliwar edi bowqa din vakillari ularni ko'pi xristian edi Vaziyat wunday bo'ldiki uradigan odat paydo bo'ldi wunda sabr xam tugadi va men ximoya qildim mening bowliqim bo'lsa xam dindowlarimi deb unga qo'l ko'tardim Wunda menga jarima soldi maowni 35% teng miqdorda meni iymonim musulmon dindowlarimi jabrlaniwga yol qoymidi deb aytdim jarimani ewitganimda wunga bu safar senga umuman oylik yoq dedi Wunda men unga Meni ihlos va iymonim faqat bu dunyo uchunmas Agar Alloxni nazmida bu mol davlatni ozgina bo'lsa xam etibori bo'lganda sen adawganlarga 1 tiyin xam bermasdi deb u yerdan chiqib ketdim
Men safardowimdan islomda qancha bo'ldi qabul qilganizga deb soraganimda quydagicha javob berdi Alhamdulilah 3 yil
Дата: CHORSHANBA, 2012.12.26, 20:05 | Сообщение # 20
Группа: Удаленные
Abubakr ibn Abdulloh shunday hikoya qiladi: Bir podshohning dono vaziri bor edi. Har kuni podshohning yoniga kirganda: «Yaxshilik qilganga yaxshilik qil, badkorga o‘zining badkorligi kifoya»,— derkan. Podshoh u vazirni hurmat qilardi. Ammo mulozimlardan biri u dono vazirni ko‘rolmasdi. Bir kun u hasadchi mulozim podshohga aytdi: — Vaziringiz doimo sizni yomonlab: «Podshohning og‘zidan badbo‘y, sassiq hid keladi, yaqiniga borishga aslo toqat qila olmayman»,— deydi. Podshoh hasadchidan: — Bu so‘zingga dalil ko‘rsata olasanmi?—deb so‘radi. Hasadchi: — Vazirni huzuringizga chaqiring, burnini tutib kirsa, to‘g‘ri so‘zlaganimni bilasiz,— dedi. Nobakor mulozim podshoh yonidan chiqib, vazirning yoniga bordi, uyiga ziyofatga taklif qildi. Vazir mehmon bo‘lib kelgach, uni sassiq sarimsoq qo‘shilgan ovqat bilan ziyofat qildi. Vazir ziyofat tamom bo‘lgandan keyin hasadchining uyidan chiqib, to‘ppa-to‘g‘ri podshohning yoniga bordi. Podshoh: «Yaqinroq kel!» degach, vazir «tag‘in podshoh sassiq sarimsoq hididan behuzur bo‘lmasin» deb burnini tutib podshohga yaqinroq bordi. Podshoh buni ko‘rgach, mulozimning so‘zi to‘g‘ri ekaniga ishondi. Podshohning bir odati bor edi: kimga iltifot yoki g‘azab qilsa, xat yozib muhrlab: «Bu xatimni mening saroyim boshlig‘i qo‘liga ber»-—deb xatni u kishiga topshirardi. Saroy boshlig‘i xatni o‘qib podshoh nima buyurgan bo‘lsa, uni amalga oshirardi. Podshoh odati bo‘yicha xat yozib, muhrlab vazirga berdi, saroy boshlig‘iga topshirishni buyurdi. Vazir xatni olib ketarkan, yo‘lda hasadchi mulozim uchrab qolib vazirdan: — Bu nima xat?—deb so‘rab qoldi. Vazir: «Podshoh menga qimmatbaho libos in’om qildi»,— dedi. Chindan ham u shunday o‘ylagandi. Mulozim vazirga yalinib-yolvorib: — Ikkimizning yaxshi tanishligimiz hurmati xatni menga bering, libosni men olay, bu esa sizning qilgan zo‘r iltifotingiz bo‘ladi, bu iltifotingizni hech vaqt unutmayman,— dedi. Vazirning rahmi kelib, xatni unga topshirdi. Hasadchi sevinib, xatni olib borib saroy boshlig‘iga topshirdi. Saroy boshlig‘i xatni o‘qib ko‘rib mulozimlariga: — Bu odamni o‘ldiringlar, podshoh shunday buyuribdi, podshoh amrini darhol bajo keltiring!— dedi. Saroy boshlig‘ining buyrug‘ini eshitib, hasadchi: — Bu xat vazirga berilgan xat edi, men undan tilab olgandim!—deb dod-faryod qila boshladi. Saroy boshlig‘i bu voqeani podshohga ma’lum qildi. Podshoh buni yaxshilab taftish qilgach, hasadchining sarimsoq qo‘shgan taom bilan vazirni ziyofat qilgani, vazir ehtiyot yuzasidan burnini tutgani podshohga ma’lum bo‘ldi, vazirning gunohsiz ekanini bilib, uning martabasini yana oshirdi. Hasadchiga esa qattiq jazo berdi. Podshoh vaziriga: — Har kuni yonimga kirganingizda birinchi so‘zingiz «yaxshilik qilganga yaxshilik qil, badkorga o‘zining badkorligi kifoya» deguchi edingiz, haq ekansiz, hasadchining badkorligi uning o‘z boshiga yetdi,— dedi.
Дата: PAYSHANBA, 2012.12.27, 10:58 | Сообщение # 21
Группа: Удаленные
Go‘zal hiyla Angliyalik mustamlakachilar Hindiston musulmonlarini qatag’on qilarkan, Dehlidan Amritsargacha bo’lgan nechta daraxt bo’lsa, shuncha qori va olimning boshini ilgan ekan. Musulmon rahbarlaridan, buyuk olim “Hujjatul Islom” Qosimun Nonutviyni ham qatl uchun hibsga kelganlarida u zot Masjidi Chattada masjidni supurib yurgan ekan. Buyuk olimning juldur kiyimlarda masjid supurayotganini ko’rgan askarlar, u kishidan “Qosim qayerda?” deb so’rashibdi. Qosimun Nonutviy hikoya qiladilar: “Men umrimda yolg’on gapirgan emasman. O’limga ro’para kelib turgan vaqtimda ham yolg’on gapirmadim. Ular mendan “Qosim qayerda?” deb o’zimni so’rashdi. Shunda men bildirmay, biroz orqaga tisarilib: “Bir pas oldin shu yerda edi” – dedim. Shunda ular Qosim shu atrofda bo’lsa kerak, deb tarqalishdanda men ham qochib ketishga ulgurganman”.
Дата: PAYSHANBA, 2012.12.27, 11:47 | Сообщение # 22
Группа: Удаленные
Boqiy umr Aytishlaricha, mo‘‘tabar bir odamning majlisida bir olim, fozil kishini ko‘p ta’rif va tavsif qildilar, Mo‘‘tabar odam u olimni ko‘rib suhbatidan foydalanishni orzu qilib, uni shu majlisga da’vat qilish uchun o‘z qarindoshini yubordi. Olim majlisga kelgach, salom berib hamma bilan ko‘rishdi. Keyin mo‘‘tabar odamga ta’zim qilib: — Majlisingizga da’vat qilganingiz uchun tashakkur etaman, ming yil rohat va farog‘atda umr kechiring,— dedi. Mo‘‘tabar odam olimning so‘ziga taajjub qilib aytdi: — Majlisimizda hali o‘tirmay turib, mumkin bo‘lmagan so‘zni og‘zingizdan chiqardingiz, bir odamning ming yil umr ko‘rishiga aql bovar qiladimi?! Bunday so‘zni aytish sizdek olim va fozil kishiga munosibmikan? — Insonning tirikligi faqat jismning boqiyligi bilangina emas. Odam ming yil umr ko‘rmasligini hamma biladi. Lekin o‘lgandan keyin qolgan yaxshi nom yana bo‘lak umrdir. Sizning olijanob, marhamatli, shafqatli odam ekanligingizni xalq unutmay, nomingizni doimo hurmat bilan yod etib turadi. Vafotingizdan keyin ham qilgan yaxshiligingizni xalq unutmaydi, nomingizni ko‘nglida abadiy saqlaydi, degan ma’noda «ming yil umr ko‘ring»,— dedim,— deb javob berdi olim.
Дата: PAYSHANBA, 2012.12.27, 12:23 | Сообщение # 24
Группа: Удаленные
Bir kishi Hasan Basriy (q.s.) hazratlarining oldilariga kelib: “Falonchi sening haqqingda falonday pistonday noma’qul gaplarni gapirdi”, debdi. -Qachon? -Bugun. -Qaerda? -Uyida. -Uning uyida nima qilayotgan eding? -Ziyofatga boruvdim. -Ziyofatda nima yeding? Xaligi kishi sakkiz xil taomning nomini sanadi. Shunda Hasan Basriy (q.s.): -O’sha odamning sakkiz xil taomi qorningga sig‘diyu bir og‘iz so‘zi sig‘madimi? Tur, ket bu yerdan! – dedilar va g‘iybatchini dargohlaridan quvib chiqardilar.
Дата: PAYSHANBA, 2012.12.27, 13:23 | Сообщение # 25
Группа: Удаленные
Otaga qilganing bolangdan qaytadi Bir yigit o‘z otasini hakorat qilib urganini ko‘rgan odamlar nafratlanib, u adabsiz o‘g‘ilga hujum qilmoqchi bo‘ldilar. Yigitning otasi odamlarni to‘xtatib: — Birodarlar, o‘g‘limga hujum qilmang, bu ishda o‘g‘lim emas, o‘zim aybdorman. Yigitlik vaqtimda kunlardan bir kun xuddi mana shu yerda otamni haqorat qilib urgan edim. Otamga qilgan adabsizligim jazosini endi ko‘rib turibman, otamga qanday muomala qilgan bo‘lsam, bugun o‘shanday muomala o‘z o‘g‘limdan qaytdi. Nimani eksang, shuni o‘rasan, deb juda to‘g‘ri aytganlar. Men ota-onamni hurmat qilmadim, dillarini og‘ritdim, u muborak zotlar mendan norozi bo‘lib ketdilar, endi o‘g‘lim aybdor emas, birodarlar, ayb o‘zimda,— deb o‘ksinib-o‘ksinib yig‘ladi. Yigit otasining so‘zlaridan ta’sirlanib, dod-faryod qilib ko‘z yoshlarini to‘kdi. Darhol otasini quchoqlab, o‘pib, undan uzr so‘radi. Ota emasmi, u ham o‘g‘lining gunohini kechirdi, uning ko‘z yoshlarini artib, quchog‘iga olib erkaladi. Bu voqeaning guvohi bo‘lgan xalq ham ta’sirlanib, ko‘zlariga yosh oldilar.