Tavsiya Habib ibn Abdullohdan: Bir odam Abu Dardoga: — Menga nimalarni tavsiya etasiz? — dedi. — Xursandchilik va to‘qchilik paytlaringda Allohni unutmagin, Alloh ham qiyin ahvolga tushganingda seni unutmaydi. Biror dunyoviy ishga kirishmoqchi bo‘lsang, qanday natija chiqishini o‘yla, shundan keyingina boshla, — deb javob berdi Abu Dardo roziyAlloh i anhu».
Ikki eshik orasi Muslim ibn Bishrdan: Abu Hurayra, roziyallohu anhu, kasal bo‘lib o‘lim to‘shagida yotar ekan, unsiz yig‘lar edilar. Bir kuni u kishidan: «Nega yig‘laysiz?” deya so‘rashdi. U shunday javob qildi: — Oldimdagi safar juda uzoq. Ozuqam esa oz. Shu boisdan yig‘layman. Hozir meni ikki eshikning ro‘parasiga keltirishgan: eshiklardan biri jahannamga, ikkinchisi esa, jannatga ochiladi. Meni qaysinisidan ichkariga olib kirishlarini bilmayman.
Xurmo pishgan kunlarda Abu Dardo, roziyallohu anhu, Hazrati Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, suyukli sahobalaridan biri edi. Barcha namozlarini masjidi nabaviyda, Payg‘ambarimizning ortlarida turib o‘qishga harakat qilardi. Shuning uchun masjidga erta kelar va kech qaytar edi. Rasuli akramning namozdan keyingi suhbatlarini diqqat bilan tinglardi. Biroq xurmo terish mavsumi boshlanganida Abu Dardo namozga kech kelib erta ketadigan bo‘ldi. Bu hol Payg‘ambarimizning diqqatlarini tortdi. Abu Dardoni yonlariga chaqirib: — Sening masjidga kelib-ketishingda bir o‘zgarish ko‘ryapman. Nima bo‘ldi? — deb so‘radilar. Abu Dardo shunday dedi: — Shu kunlarda qo‘shnimizning xurmo daraxti mevalarini to‘ka boshladi. Xurmolar bizning hovliga tushyapti. Bolalarim, qo‘shnimdan beso‘roq ulardan yeb qo‘yishmasin, deb xavotirdaman. Bomdodga kelishdan oldin to‘kilgan xurmolarni to‘plab, qo‘shnimning bog‘iga o‘tkazib qo‘yaman. Shu sabab masjidga kech kelyapman. Men masjiddaligimda ham daraxtlardan xurmo to‘kiladi. Ularni yig‘ib qo‘shnimnikiga qo‘yish uchun shoshilaman. Shunday qilsam bolalarim harom yemaydi, qo‘shnimga ham zarar yetmaydi. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, Abu Dardoning bu so‘zlaridan mamnun bo‘ldilar va uning haqqiga duo qildilar.
Arslon, bo‘ri va tulki uchovlon birga ov ilinjida o‘rmonga borishdi. Aslida arslon tengi bo‘lmagan tulki bilan bo‘rini ovda sherik qilishi to‘g‘ri emasdi. Ammo “jamoat bo‘lishda baraka bor” deyilgani uchun bu safar shuni ixtiyor qildi. Uchta bo‘lishdimi, endi ulardan biri boshliq bo‘lishi lozim. Arslon o‘zi boshliq bo‘lishini bilgani uchun bu haqda tulki bilan bo‘riga maslahat solib o‘tirmadi. Tushgacha ular bir yovvoyi eshak, bir yovvoyi echki va semizgina bir quyon ovlashdi. Ovlari baroridan kelgan edi. Ovlarini tishlab sudraganlaricha bir g‘orga olib kelishdi. Ular juda ham ochqashgan, qorinlari tatalab borar edi. O‘ljalarni o‘rtaga qo‘yishdi. Endi buni taqsimlash kerak edi. Aslida, kim boshliq bo‘lsa, o‘sha taqsim qilishi kerakligini arslon yaxshi bilardi, lekin sinash uchun bo‘riga qarab, dedi: — Qani, tajribali do‘stim bo‘ri, shu ovlaganlarimizni o‘rtamizda bir taqsimlab ber-chi? Shunday taqsimlaki, ko‘nglingdagidek bo‘lsin. Bo‘ri darhol ishga kirishdi. — Bosh ustiga! Birpasda hal qilaman. Avvalo sizning ulushingizni beraman... Mana shu yovvoyi eshak eng katta ovimiz. U sizniki. Kattakon gavdangizga munosib tushlik. Echkiga kelsak, u menga tegishli. Menga shu ham bo‘laveradi. Quyonni bo‘lsa, tulkiga beramiz. Aslida, uni... Mana, bo‘ldi, ruxsat bersangiz, yeyishni boshlasak. Arslonga bo‘rining taqsimi as-lo yoqmadi. Birinchidan, u bo‘rining: “Yo‘g‘-e, biz kim bo‘pmiz. O‘zlari taqsimlasalar tuzuk, bermasalar o‘zlaridan qolgan sarqitga ham rozimiz”, deyishini kutgan edi. Ikkinchidan, bo‘rining o‘zini katta tutgani ensasini qotirdi. Unga qolsa, tulkiga hech narsa bergisi yo‘q. Arslon qattiq g‘azablanib, bo‘riga hayqirdi. — Ey ahmoq! Sen kim bo‘psanki, o‘zingni odil taqsimchi his qilyapsan. Mening kimligimni unutib qo‘yibsan, so‘tak! Axir, men hayvonlar podshohiman. Sen ahmoqqa men turib, ulush taqsimlashni kim qo‘-yibdi? Ahmoqliging boshingga yetdi! — dediyu bo‘riga tashlandi va birpasda uni tilka-pora qilib tashladi. Aqli-hushi boshidan uchib, qo‘r-qib ketgan tulki qotib qolgan, na gapira olar, na o‘rnidan jila olar edi. Bo‘rining ishini bitirgan arslon joyiga kelib o‘tirgach, dir-dir titrayotgan tulkiga qarab: — Senga nima bo‘ldi? Nega qotib qolding? Yaqinroq kel-da, ovlarni taqsimla! — deb buyurdi. Tulki amrga muvofiq yaqinroq surildi. So‘ng tili zo‘rg‘a kalimaga kelib: — Xo‘p bo‘ladi, sultonim! To‘g‘risi, ulush taqsimlash men bechoraning ishi emas. Bu ishga faqat Siz loyiqsiz. Ammo... o‘zingiz buyuryapsiz. Na chora... — dediyu jim o‘ylanib qoldi. “Shunday taqsimlayki, jonim omon qolsin”, deb o‘yladi u. — Nega jim bo‘lib qolding? — dedi arslon o‘rnidan turib. — Hozir... hozir... Yaxshilab o‘ylab oldim-da... Xo‘sh... ojiz fikrimcha, bu yovvoyi eshak nonushtalik ovqatingiz bo‘lgani ma’qul. Axir, ertalabdan beri tuz totganingiz yo‘q. Buning ustiga, charchadingiz. Aslida katta gavdangizga bu urvoq ham bo‘lmaydi... Echkiga kelsak, uni tushlik ovqat o‘rnida tanovul qilsalar, juda yaxshi bo‘ladi. O‘ziyam sizbop tushlik. Taningizga kuch-quvvat bo‘lib singsin!.. Quyonga kelsak, kattagina va semizgina narsa. Buni kechki ovqatingiz uchun saqlab qo‘-yamiz. Axir, kechqurun ham nimadir yeyishingiz kerak-ku... Tulki shunday deya mo‘ltirab arslonga qarab qoldi. Arslonning bu taqsimdan kayfi chog‘ bo‘ldi, g‘azabi tarqab, dili xotirjam, mamnun bo‘lib, tulkiga qaradi. Tushlik qilishga kirishar ekan: — Barakalla, tulkivoy. Mana buni odil taqsim desa arziydi. Baloday aqling bor ekan-a! Bunaqa taqsimni sen qayoqdan o‘rganding? — dedi. Tulki bir chetda burda-burda bo‘lib yotgan bo‘riga ishora qilib: — Manavi sho‘rlikning holidan, — dedi. — Ofarin... Bundan buyon menga qanday muomala va xizmat qilish lozimligini boshqalarga o‘rgatasan. Uqdingmi?! — dedi arslon yovvoyi eshakning sonini paqqos tushira turib. — Bir og‘iz so‘zingiz, — dedi tulki hozirjavoblik bilan. “Nonushta”ni tugatgan arslon tulkiga o‘zidan ortgan mayda-chuydalarni yeyishni ishora etdi. Yovvoyi eshakning boshini g‘ajiyotib tulki holiga shukr qilar va: “Yaxshiyam taqsim navbati menga bo‘ridan keyin keldi. Uning o‘rnida bo‘lganimda hozir..” deya o‘ylardi. Qissadan hissa: Yo‘lga chiqish oldidan yo‘ldoshlik uchun yaxshi, bama’ni kishilarni tanlash lozim. Chunki haqiqiy do‘st safarda bilinadi. * Donolar aytganlar: “Sen menga yo‘ldoshing, do‘sting kimligini ayt, men senga kimligingni aytaman”; “Yaxshi bilan yurdim, qand yedim. Yomon bilan yurdim, pand yedim”. * Kishi uchun eng zarur narsa har yerda o‘z haddini bilish, aql bilan ish tutishdir. * Aqlli odam har narsadan bir ibrat olgay. * Kishi o‘zidan oldin yashab o‘tganlar boshiga kelgan balolarni unutmasligi, shunga ko‘ra harakat qilishi darkor. O`tmishdan agar ibrat olmasa kishi, Kelajagi boshqalarga ibrat bo`lg`usi...
Olloh taolo o`z rahmatini yuz bo`lak qilib yaratib, to`qson to`qqiz bo`lagini o`zida saqlab qoldi. Uning bir bo`laginigina yerga nozil qildi. Olloh taoloning yerga nozil qilgan ana shu bir bo`lak rahmati tufayli butun borliq o`zaro rahmdillik qilg`aydir. Hattoki ot ham bolasini mayib qilib qo`yishdan cho`chib, tuyoqlarini ehtiyotkorona ko`tarib boradi.
Дата: YAKSHANBA, 2013.01.06, 14:00 | Сообщение # 62
Группа: Удаленные
Eng katta zulm Bor ekan, yo‘q ekan, bir podsho bor eqan. Uning bitta-yu bitta qizi bor ekan. Kunlarning birida podshoning xotini vafot etibdi. Undan bitta tilla kovush qolibdi. Podsho mamlakatga jar soldiribdi: «Ushbu tilla kovush kimga to‘g‘ri kelsa, podsho o‘shani xotinlikka oladi», debdi. Tilla kovushni uch-to‘rt xotin ko‘tarib eshikma-eshik yurib, butun mamlakatdagi xotin-qizga kiygizib chiqibdi, kovush hech kimning oyog‘iga to‘g‘ri kelmabdi. Xotinlar podsho huzuriga kelib: — Hurmatli podshohim! Biz kirmagan eshik, u kovushni kiymagan xotin-qiz qolmadi, endi nima qilamiz? — debdilar. Shunda podsho: — Rost aytinglar, hech kim qolmadimi? Nahotki, mening mamlakatimda shu kovush to‘g‘ri keladigan qiz topilmasa, — debdi. Xotinlardan biri: — Hurmatli podshohim! Faqat o‘zingizning qizingiz qoldi, xolos, — debdi. Podsho: — Boringlar, kovushni qizimga kiydirib ko‘ringlar, agar oyog‘iga to‘g‘ri kelsa, qizim bo‘lsa ham olaman, — debdi. Xotinlar saroyga kirib, kovushni qizga kiydiribdilar. Kovush qizga to‘g‘ri kelibdi. Shundan keyin, podsho o‘z qizini olish uchun qirq kecha-yu qirq kunduz to‘p qilishga buyruq beribdi. Podsho to‘y-tomoshada kayf-safo surib tursin. Endi gapni qiz bechoradan eshiting: Qiz nima qilishini bilmay kecha-kunduz yig‘labdi. Oxiri o‘zicha bir fikrga kelibdi. Qiz turgan saroyga yaqin joyda kigiz bosuvchi usta bor ekan. Qiz otasining xazinasiga kirib, ikki yengiga tilla to‘ldirib chiqibdi va kigizchi kishining uyiga boribdi. Unga boshidan o‘tgan voqeani yig‘lab aytibdi. Keyin u kishidan: «Menga bitta odam qiyofasida kigiz to‘qib bering. Men uni kiyib shahardan tashqariga chiqib ketaman. Bu ishni faqat siz bilingu men bilay. Kigiz qirq kungacha bitsin», deb iltimos qilib, ikki yengidagi tillani usta oldiga to‘kibdi. Usta ham qizning ko‘z yoshlariga rahm qilib, rozi bo‘libdi. Kunlardan kun o‘tib, bir kam qirq kunda kigiz tayyor bo‘libdi. Qiz kigizni kiygach, odamga ham, maxluqqa ham o‘xshamay qolibdi. Qiz kechasi hech kimga bildirman, kigizni kiyib, shahardan chiqib ketibdi. Bechora qiz cho‘l kezib, tog‘lar oshib, daryolar kechib, uzoq tun va kunlar horib-charchab yo‘l yuribdi. Yo‘l yursa ham mo‘l yurib, boshqa bir mamlakatga kirib boribdi. U mamlakatning bir yosh shahzodasi bo‘lar ekan. U qush uchirib, shu qush kimning boshiga qo‘nsa, shuni olaman, degan ekan. Kigiz kiygan qiz bir qishloqqa yaqin yerda charchab dam olib o‘tirgan ekan. Shu payt shahzodaning qushi kelib kigiz ustiga qo‘nibdi. Shahzoda bir necha yigitlar bilan qushning orqasidan quvib kelsa, qush bir narsa ustiga qo‘nib turgan emish. U na odamga, na maxluqqa o‘xshar emish. Shahzoda hayron bo‘lib, achchig‘lanib, qushni boshqatdan uchiribdi, qush yana kelib kigiz ustiga qo‘nibdi. Yigit qushni yana boshqatdan uchiribdi. Qush aylanib yana o‘sha kigiz ustiga qo‘nibdi. Oxiri shahzoda kigizga: «Ey, sen kimsan? Odam desam hamma joying yung, hayvon desam odam shaklidasan, ins-jins desam g‘oyib bo‘lmaysan? O‘zing nimasan?» deb so‘rabdi. Shunda kigiz: «Xudo meni shunday tusda yaratgan, men shunday qo‘rqinchln bo‘lganim bilan kishiga zarar yetkazmayman. Agar iloji bo‘lsa meni hovlingizga olib ketsangiz, xizmatingizni qilib yuraman», debdi. Shahzoda uyiga kelib bo‘lgan voqeani onasiga aytibdi. Onasi: — Mayli, bolam, u ham xudoning maxluqi, olib kela qol: suv tashib, o‘tin yorib yurar, — debdi. Shahzoda kigiz qizni uyiga olib kelibdi. Qiz bechora kechgacha tinmay xizmat qilib yura beribdi. Uni hech kim nazar-pisand qilmabdi, u ham ko‘pchilikka aralasha olmabdi, uni ko‘rgan odam qo‘rqar ekan. Agar shahzodaning uyiga biror odam kelsa, yo qo‘shnilardan biri chiqib qolsa, «kigizlaringni ushlab-turinglar», der ekan. Shahzoda: «Men qush uchirsamu kigizga qo‘nsa, demak mening baxtim yo‘q ekan. Men endi dunyodan shunday o‘taman», deb o‘z podsholigini qila beribdi. Kunlarning birida boshqa bir mamlakatning podshosi shahzodani to‘yga taklif qilibdi. Shahzoda kigiz qizga uy poylatib, onasi va ukalari bilan to‘yga ketibdi. Ular jo‘nagandan keyin, qiz ham darrov kigizni yechib, ular orqasidan o‘zini ko‘rsatmay keta beribdi. To‘yxonada shahzodani juda izzat-hurmat bilan kutib olishibdi. Ularning orqasidan qiz ham kirib boribdi. Qizni shahzodadan ham ortiq hurmat bilan kutib olishibdi. To‘yda o‘tirgan yigitlar qizning qaysi mamlakatdan kelganini bilishga shoshilibdilar. Qizni olib kirib eng yuqori joyga o‘tqazibdilar. Uning oldiga turli xil noz-ne’matlar va taomlar qo‘yibdilar. Butun uy ichidagilarning ko‘zi qizda bo‘libdi. Qiz o‘tirgan uyda shahzoda va uning onasi ham o‘tirgan ekanlar. Lekin ular qizni tanimabdilar. Shahzoda esa qizni sevib qolibdi. Qiz bilan so‘zlashib, unga bitta uzugini beribdi. To‘y tugamay turib, qiz ketishga ruxsat so‘rabdi. Lekin unga javob berishmabdi. Qiz: «Vaqtli ketmasam bo‘lmaydi», deb turib olibdi. Ular: «Birontamiz olib borib qo‘yaylik», desalar ham ko‘nmabdi.Nihoyat, qiz o‘rnidan turib, to‘ydagilar bilan xayrlashib uyga qaytibdi. Qizning chiqib kegishi bilanoq, «go‘zal qizdan ortib qolgan taomlar tabarruk», deb bir uy xotin dasturxondagi taom va mevalarni bo‘lishib olibdi. Qiz uyga kelib darrov kigizni kiyib olib, hech kim ko‘rmaganday uy ishlari bilan shug‘ullanib o‘tiribdi. Kech bo‘lgach, shahzoda bilan onasi xam to‘ydan qaytishibdn. Shahzoda bilan onasi to‘yxonada ko‘rgan go‘zal qizni bir-biriga maqtashibdi. Shahzoda: «Men o‘sha qizni qaerdan bo‘lsa ham topib kelaman», degan qarorga kelibdi. Shahzodaning onasi: — Kigiz, ana bu dasturxon ichida senga har xil taomlar olib keldim. To‘yga bir chiroyli qiz keldiki, uning go‘zalligi hech kimda yo‘q. Qani o‘shanday kelinim bo‘lsa. Undan qolgan ovqatlar senga tabarruk, deb olib keldim, dasturxonni ochib, olib yegin, — debdi. Ertasiga ertalab shahzoda qizni axtarib ketmoqchi bo‘lib, yo‘l uchun non buyuribdi. Shahzsdaning snasi non yasayotganda, kigiz: — Jsn buvi, men ham non yasay, — debdi. Shunda buvisi: — Qo‘y, sen non yasama! Sening qo‘lingda yasalgan nonni kim yeydi! — debdi. Kigiz ko‘nmabdi: «Hech kim yemasa mayli, o‘zim yeyman», debdi-da, bitta non yasab, uning ichiga qo‘lidagi uzugini solib qo‘yibdi. Shahzoda safarga tayyorlanibdi. Uning jo‘nashi oldidan kigiz: — Aka! Nonning ichida bitta men yasagan non bor, o‘shani yemasdan teng ikkiga bo‘lib suvga tashlang, — debdi. Shundan keyin shahzoda ona va ukalari bilan xayrlashib safarga jo‘nabdi. U yo‘l yurib, yo‘l yursa ham mo‘l yurib, yetti kun deganda bir toqqa yetib boribdi. Nihoyatda charchab, qorni ochgan ekan. Bir yerga o‘ltirib, bir oz ovqatlangisi kelibdi. Xurjunidan non olmoqchi bo‘lib qo‘lini solgan ekan, qo‘liga yung aralashgan non chiqib qolibdi. Shahzoda nonni teng ikkiga bo‘lsa, o‘rtasidan uzuk chiqibdi. Shahzoda uzukni tanibdi. Sevinib orqasiga qaytibdi. Yetti kun deganda uyiga qaytib kelibdi. Safardan tez qaytgan shahzodani ko‘rgan onasi hayron bo‘libdi. Safardan tez qaytish sababini onasi so‘ramabdi. Shahzoda ham sirni onasiga aytmabdi. Ertasiga ertalab taxtga chiqish oldidan. — Ona, mastava qiling-da, kigiz qizdan chiqarib yuboring, — debdi. — Voy, bolam, uning qo‘lidan qanday ovqat ichasan, o‘zim olib chiqib beraman, yoki o‘z ukang olib chiqib berar, — debdi. Shahzoda: — Yo‘q, ona, aytganimni qiling, — debdi-da, taxtga chiqib ketibdi. Shahzodaning onasi mastavani tayyorlab, kosaga quyib, kigizga olib chiqib berishni buyuribdi, kigiz ko‘nmabdi. Onasi: «Men aytgandan keyin olib chiqib ber!» debdi. Oxirida qiz shahzodaga ovqat olib chiqishga majbur bo‘libdi. Zinadan chiqayotganida ataylab oshni to‘kib yuboribdi va uyga qaytib kiribdi. Kampir kosaga yana osh quyib beribdi. Kigiz qiz bu safar ovqatni to‘kmay taxtga olib chiqib shahzodaga beribdi. Shahzoda qizdan kigizni yechishni so‘rabdi. Qiz ko‘nmabdi. Shahzoda yana qayta-qayta iltimos qilibdi. Oxiri qiz yechinishga majbur bo‘libdi. Shunda shahzoda ko‘rsa, to‘yda ko‘rishgan o‘sha chiroyli qiz. Shunda sevinib ketibdi. O‘z baxtidan xursand bo‘lib qiz bilan ancha vaqtgacha suhbatlashib o‘tiribdi. Kigizning kechikkanidan xavotirlangan ona kichik o‘g‘lini uning orqasidan chiqaribdi. Bola taxtga chiqib qarasa, akasi to‘yda bo‘lgan chiroyli qiz bilan mastava ichib o‘tirgan emish. Bola darrov orqasiga qaytib, onasiga xabar beribdi. Buni eshitgan ona quvonib tashqariga chiqib, taxtga qarasa, o‘sha chiroyli qizni ko‘ribdi. Ona qiz bilan quchoqlashib ko‘rishibdi. Qiz boshidan o‘tgan voqealarni boshidan oxirigacha so‘zlab beribdi. Shahzoda qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y qilib, qizga uylanibdi. Shunday qilib, ular shod-xurram hayot kechirib tursinlar, endi ikki og‘iz gapni qizning dadasi — podshodan eshiting. Qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y-tomoshadan keyin podsho qarasa, qiz yo‘q. Butun shaharga jar soldirib, qizni qidirtirib, uni hech qaerdan topolmabdi. Qizni qidirib, qirq yigiti bilan shahardan chiqib ketibdi. Ular yo‘l yursa ham mo‘l yurib, kunlarning birida, oziq-ovqatlari tugab, o‘zlari nihoyatda charchab qolibdilar. Podsho qirq yigiti bilan qirq o‘g‘riga duchor bo‘libdi. Podsho yigitlari o‘g‘rilar bilan urusha boshlabdi. Shunda podsho qochib qolibdi. O‘g‘rilar esa podshoning yigitlarini qirib tashlabdi. O‘g‘rilar podshoni ham o‘ldirdik deb, qirq yigitning kiyimlarini kiyib, otlarini olib, bir necha kun yo‘l yurib, podshoning shahriga kirib kelibdilar. O‘g‘rilarning boshlig‘i podsho bo‘lib olibdi. O‘zining o‘ttiz to‘qqizta sherigiga shunday debdi: — Mening davrimda xohlagan shaharingga kirib, xohlagan narsani olib chiqib yura ber! Ularni o‘ttiz to‘qqizta shaharga tarqatib yuboribdi. Podsho qalandar sifatida shaharma-shahar kezib, kunlardan bir kun qizning shahriga borib qolibdi. U shaharda qalandarlik naqshini aytib yura beribdi. Bir kun qiz qalandarning dong‘ini eshitibdi. Shahzodadan qalandarni o‘z saroyiga keltirishni iltimos qilibdi. Shahzoda qalandarni chaqirtiribdi. Qiz qalandarni ko‘rishi bilanoq o‘z dadasi ekanini bilibdi-da, darhol jazolashni bugaribdi. Shahzoda ko‘nmabdi. Lekin qiz otasining o‘z qiziga qattiq zulm qilganini yana qayta gapirib beribdi-da uni o‘limga buyurtiribdi, Shunday qilib, qiz shahzoda bilan umr kechirib, murod-maqsadiga yetibdi.
Дата: SESHANBA, 2013.01.08, 21:22 | Сообщение # 63
Группа: Удаленные
Imron ibn Husayn Imron ibn Husayn hijratning yettinchi yili Islomni qabul qildi. Sevimli Payg‘ambarimizga yaqin yordamchi bo‘ldi. Bir necha janglarda ishtirok etdi va Makka fathi kuni Huzoa qabilasining bayroqdori bo‘ldi. Payg‘ambar xonadonida ilm olib, faqih bo‘lib yetishdi. Imron ibn Husayn musulmon bo‘lgach, hayotini yaxshilikka xizmat qilishga bag‘ishladi.
* * *
Imronning otasi Husaynning musulmon bo‘lishi Rasulullohning ko‘zlarini yoshlatgan. Husayn hali Islomni qabul qilmasidan ilgari qurayshliklar uning huzuriga kirib: “Muhammadning so‘zlari bizlarga og‘ir botmoqda, u ilohlarimizni haqoratlamoqda”, deb aytishdi. Shunda ular Rasulullohning uylariga borishib, eshiklari yonida to‘xtashdi. Ichkariga faqat Husayn kirdi. Nabiy uni ko‘rishlari bilanoq: “Qariyaga joy beringlar”, deb buyurdilar. O‘shanda bir necha sahoba shu yerda edi. Rasululloh: “Imon keltir”, dedilar va Husayn imon keltirdi. So‘ngra: “Yo Rasululloh, mening qavmim va yaqinlarim bor. Ularga nima deyman?” deb so‘radi. Rasululloh : “Yo Alloh, ishim to‘g‘ri bo‘lishiga yo‘l ko‘rsat, foydali ilmimni ziyoda qil”, deb ayt, dedilar. Husayn hali o‘rnidan turmasidanoq islomni qabul qilgan edi. Shu payt uning yoniga Imron kelib, otasining boshi va qo‘l-oyoqlarini o‘pdi. Buni ko‘rgan Rasululloh yig‘ladilar. Sahobalar nimaga yig‘laganlarini so‘rashganida, u zot: “Imron qilgan ishidan yig‘ladim”, dedilar. Husayn o‘rnidan turib ketayotganida Rasululloh : “Uni uyiga kuzatib qo‘yinglar”, deya marhamat qildilar.
* * *
Imron ibn Husayn Allohga cheksiz muhabbatli, to‘g‘ri so‘z, taqvodor, sadoqatli inson bo‘lib, Alloh taolo unga tavfiq va hidoyat ne’matini bergan edi. Shunga qaramay, u: “Qani endi shamollar to‘zg‘itib yuboradigan qum zarralari bo‘lsam edi”, deb tinmay ko‘zyosh to‘kardi. Islomdan ilgari qilgan gunohlarini o‘ylab azob chekardi. Kunlarning birida sahobalar Rasulullohdan: “Yo Rasululloh, sizning huzuringizda ekanimizda qalblarimiz erib, dunyodan uzoqlashamiz va xuddi oxiratni ko‘rib turgandek bo‘lamiz. Bu hol huzuringizdan chiqib ketgunimizcha davom etadi. Lekin oilamizga, bola-chaqamiz qoshiga qaytishimiz bilan bu narsalarni unutamiz. Buning sababi nima?” deb so‘rashdi. Rasululloh ularga: “Allohga qasam, agar mening huzurimdagi holingizda bardavom bo‘lganingizda edi, sizlarni farishtalar qarshi olardi. Lekin bir muddat dindor bo‘lib, yana bir muddat hoyu havas bilan yashaysizlar”, deb javob qildilar. Bu hadisni eshitgan Imron ibn Husayn ta’sirlanib, xolis ibodatdan og‘ishmay yashashni maqsad qildi.
* * *
Xalifa Umar ibn Xattob Imronni Basra xalqiga yo‘l ko‘rsatish va din ilmlarini o‘rgatish uchun yubordi. Imron ibn Husaynni Basraga joylashishi bilanoq, shahar ahli uni qutlab, duosini oldi. Hasan Basriy va Ibn Sirin: “Basraga Rasulullohning sahobalaridan Imron ibn Husayndan yaxshirog‘i kelmagan”, deb aytishgan. Bu ikki allomaning sahobiy haqidagi yuksak fikri uning darajasidan dalolatdir. Imron Basrada qozilik vazifasini adolat bilan ado etdi.
* * *
Imron taqvodor musulmon edi, qimmatbaho, chiroyli kiyimlar kiyardi. U zohidlik hamma narsadan o‘zini tiyib yashashda emas, balki yurakdadir deb bilardi. Abu Rajo aytadi: “Bir kuni Imron yonimizga biz hech qachon ko‘rmagan chiroyli yopinchiq bilan chiqdi. Shugina yopinchiqning puliga bir qancha kiyim sotib olish mumkin edi. Yaxshi kiyim kiyishini ko‘rib, hayron bo‘lganlarga Rasulullohning “Agar Alloh bandasiga ne’mat bersa, o‘sha ne’matni bandasida ko‘rishni yaxshi ko‘radi”, degan so‘zlari bilan javob qilardi. Imron xossatan namozga eng go‘zal kiyim kiyib kelardi. Bu ishi haqida so‘rashganida esa: “Nega endi yasanmasligim kerak, axir Rabbimning huzurida turibman-ku”, derdi.
* * *
Ali va Muoviya o‘rtasiga katta nizo tushganida, Imron ibn Husayn chetga chiqib olmadi, balki ovozining boricha musulmonlarni tinchlikka chaqirdi. U: “Bir musulmonga o‘q otganimdan ko‘ra, o‘lgunimcha tog‘da echki boqqanim yaxshidir”, deb aytardi.
* * *
O‘ttiz yillik og‘riqli kasallik bois Imronning imoni komillikka erishdi. U kasallikka sabrsizlik qilmadi va biror marta shikoyat qilmadi. Balki o‘tirganida ham, turganida ham, yotib qolganida ham ibodatda mustahkam bo‘ldi. Birodarlari dalda beruvchi so‘z aytganida, ularga kulib: “Nafsimga eng yoqimli bo‘lgan narsa Alloh uchun sevimli bo‘lgan narsadir”, der edi. Mislsiz sabr bilan katta namuna ko‘rsatgan Imron ibn Husayn hijratning ellik ikkinchi yili Basrada olamdan o‘tdi. Alloh undan rozi bo‘lsin.
Дата: SESHANBA, 2013.01.08, 21:26 | Сообщение # 64
Группа: Удаленные
Yangi yil haqida Abdul Malik Qosim bu voqeani o'z asarida keltirgan Jorj to'ladan kelgan, baland bo'yli, keng yelkali, 50 yoshdan o'tib qolgan Amerikalik kishi, sog'lom va harakatchan. U Vashingtonning shimolida joylashgan kichik bir shaharda yashaydi. U katta shaharlardagi mo'l-ko'lchilik, farovonlik o'ziga jalb qilishiga qaramasdan daryo bo'yida joylashgan shaharchasini juda sevadi, u kuni bilan tijoriy ishlar bilan band bo'ladi, kechga yaqin, xotini, ikki qizi va o'glining yonlariga qaytadi.
Bo'sh vaqtini ular bilan o'tkazadi, o'g'li farzandlarning to'ng'ichi bo'lib, hozir 11-sinfnin tamomlab dorilfununga kirisha arafasida turipti. Zulhijja - Qurbonlik oyi yaqinlashgach, Jorj, xotini va farzandlari hammalari Zulhijja oyi kirganini bilish uchun ommaviy axborot vositalarini kuzata boshladilar. Qanidi ularda biror islomiy davlat konsulligining telefoni bo'lsaydi, ulardan so'rab bilishgan bo'lardi. Bu ishning ular uchun ahamiyatining kattaligi va barchalarining Qurbon hayitini intiqlik bilan kutayotganliklari sababli ular shunday taqsimladilar:
Jorj radioni, xotini fazoviy telekanallarni kuzatadigan bo'ldilar, o'g'li esa internetdagi islomiy sahifalarning unisini qo'yib bunisini ochardi va nihoyat Jorj Qurbonlik hayiti kirganini radiodan eshitip quvonib ketti va "Bu kecha radio juda tiniq ishlayapti" deb qo'ydi, Arofatda turish va Qurbonlik kuni aniqlanishi bilan olamda musulmonlarning takbiri yangradi, Jorj ham o'z o'rnida bayramni yaxshilab nishonlashga asytoydil kirishdi, ertasiga peshindan keyin bir yildan beri to'plagan pulini oldida shaharning sharqida joylashgan katta bozorga otlandi, chunki tirik qo'yni ana shu bozordangina topsa bo'lardi xolos, bozorga yetib kelgach uni bir qo'chqor ajablantirdi, biroq uning puliga kelisha olmadi, u ancha qimmat edi, qo'lidagi puli unga yetmasdi, u yaxshi qo'chqor so'yish sunnat ekanligini bilar edi, shuning uchun aynan shu qo'chqorni olishga azim qildi va bank hisobidan pul chiqarib olish uchun yaqinroqdagi bankka bordi, yetarli pulni chiqargach qo'chqorni sotib oldi va o'g'lining yordamida uni mashinasiga yukladi va uyga qaytdi. U yo'lda borar ekan qo'chqorni sunnatga binoan o'z qo'li bilan so'yishni, islomiy qoidalarni joyiga keltirishni hayolidan o'tkazdi, qo'chqorning marashi borgan sari ko'tarilib borardi, uning 5 yoshli qizchasi shirin ovozi bilan qo'chqorga marashdan taqlid qilardi, "Dadajon, Hayit qanday go'zal-a!
O'g'il bolalarsiz faqat qizlar bilan o'ynaymiz, doira chalib islomiy qo'shiqlar aytamiz, sizlar bilan men ham Iyd namozini o'qiman, yangi ko'ylagimni kiyaman va hijobimni o'rayman, bu Hayitda yuzimni ham o'rayman-a, ahir men katta bo'lib qoldimku, Oh! Qurbon hayiti qanday yaxshiya, o'z qo'limiz bilan qo'y go'shtini bo'laklarga bo'lamiz, qo'shnilarimizga tarqatamiz, qarindoshlarni ziyorat qilamiz, ammamlarnikiga boramiz, qani endi har kuni Hayit bo'lsa", hamma zavq bilan uning so'ziga quloq solar edi, yo'lda kelar ekan Jorj orqaga qarab qo'chqorga yana bir nazar tashlab qo'ydi, qo'chqor sunnatda aytilgan sifatlarga to'la muvofiq ikki ko'zi yaxshi, qulog'i va oyoqlarining bus-butun ekanligini ko'rib yanada quvonchi ortdi, uyga yetib kelishgacha xotini shoshib chiqib dedi:
"Jorj, qo'yni 3 ga taqsimlash sunnatga muvofiq ekan, 3 dan birini faqir miskinlarga tarqatamiz, 3 dan birini qo'shnilarimi David, Elizabet va Monikalarga beramiz, qolgan 3 dan bir bo'lagini esa o'zimizga olib qolamiz, ula qo'yni so'yadigan vaqtda qiblani izlashdi va Saudiya Arabistoni tarafni taxmin qilishdi, Jorj qo'yni qiblaga qaratib pichog'ini oldi va qo'yni so'ydi, so'yib bo'lgach xotini sunnatga ko'ra uni 3 ga bo'ldi, xotini juda shoshilib tez-tez harakat qilar edi, Jorj achchig'idan ovozini ko'tarib, yuzlari qizarib g'azabnok holatda "Qani tez-tez bo'lmaysanlarmi, ahir bugun yakshanba-ku cherkovga borishimiz kerak!" Jorj cherkovga borishni aslo tark qilmas edi, xattoki u xotini va bolalarini o'zi bilan birga olib borardi...
Hikoya mana shu yerga yetganda o'tirganlardan biri hikoyachidan so'radi: "Ey birodar, nimalar deyapsiz o'zi, Jorj musulmonmi o'zi yoki nasroniymi?! Agar u musulmon bo'lsa nima uchun cherkovga boradi?", Hikoya qiluvchi unga qarata "Yo'q, Jorj uning xotini va bolalari, ularning hammalari nasroniy dinidalar, ular yolg'iz Allohga va rasuli(s.a.v) ga imon keltirmaydilar, balki Xudoni 3 ta deb da'vo qiladilar, Alloh va rasuli(s.a.v) ga kufr keltirganlar, majlisda ga'la-g'ovur boshlandi, shovqin suron ko'tarildi, ulardan biri odobsizlarcha dedi: "Hoy Ahmad bizni aldama, Jorj va uning oilasi bunday ishni qilishiga kim ishonadi, hech jahonda kufr ahli islom marosimlarini bajaradimi, e bo'lmagur gapni qo'ysangchi, qanaqasiga u Hayitni bayram qilsin?!", shunda hikoyachi o'zini himoya qilishni boshladi:
"Ey Birodarlar, nega ishonmaysizlar, bir nasroniy bizning bayramni nishonlasa nishonlaptida, musulmonlar ichida kufr ahlining bayramlarini nishonlayotganlar ozmi, musulmonlar ushbu ahlning bayramlarini nishonlaganlarida nima uchun nasorolar musulmonlarning bayramlarini nishonlamasinlar, demak Jorj va oilasi Hayitni bayram qilishidan ajablanishga hojat yo'q, sizlar Jorjning ishidan ajablanayotgan bo'lsangizlar men musulmonlarning ishlaridan ajablanayapman, ularning xoliga qaranglar, tobelik va mag'lublik shu darajada ham bo'ladimi", majlisda yana ovozlar ko'tarildi, hamma Ahmadga hujum qila boshladi, shunda Ahmad ularga qarata: "Iltimos menga quloq tutinglar, men sizlarga boshqa bir sizlar ishonadigan hikoyani aytib beraman dedi: "Mana bu Muhammad, yurtimizning o'g'lonlaridan biri, otasi unga yaxshi niyyatlar bilan payg'ambarimiz salallohu alayhi vasallamning ismlarini qo'ygan,
Yangi yilga 1 hafta qolganda Muhammad bozorga bordi, sotuvchidan odam bo'yi keladigan barcha va uni bezatish uchun kerak bo'ladigan o'yinchoqlar sotib oldi, yo'l-yo'lakay Yangi yil bazmi uchun kerakli narsalarni harid qildi, shampanskiy olishni ham unutmadi, uyga qaytgach xotini va bolalari bilan archani uyning o'rtasiga o'rnatishib uni kelinchakdek yasatishdi, ular sabrsizlik bilan kun sanay boshladilar, va nihoyat kalendarning 31-dekabri deb yozilgan varag'i paydo bo'ldi, shu kecha ularning uyiga Muhammadning aka-ukalari xotin va farzandlari bilan Yangi yilni kutib olish uchun kelishdi, tunggi soat 12 ga 15 daqiqa qolganda eshik qo'ng'irog'i chalindi, Muhammadning katta o'g'li Abdulloh eshikni ochdi, Abdulloh kelgan "aziz" mehmonlarni ko'rib hursanchiligidan qichqirib yubordi "Ura! Qorbobo va qorqiz keldi". Qorbobo va qorqiz bazmga qo'shildilar va hammani Yangi yil bilan tabriklab kichkintoylarga sovg'alar tarqatishdi, qorbobo va qorqiz qo'shni binoda yashaydigan Abdulqodir va Fotimalar ekan...",-"Ho'sh bunga nima deysizlar" -dedi Ahmad hikoyasini tugatar ekan, majlisdagilar hijolat bo'lganlaridan boshlarini ko'tara olmay jim qoldilar, Ahmad qo'lini bir siltab qo'ydida so'zida davom etdi:
"Men Amerikada 10 yildan beri yashayman, birorta boshqa din vakillarining musulmonlarga xos bayramni nishonlaganlarini ko'rmadim, ularning birortalari bizning bayram va munosabatlarimi haqida so'raganlarini ko'rmadim, bayramlar dinning zohiriy shiorlaridandir, shayxulislomlardan biri aytgan ekan: "Musulmonlar kofirlarga ularning bayramlariga xos bo'lgan biror narsada o'zlarini o'hshatishlari mumkin emas, bu o'hshatish taomda, kiyimda, yuvinish, gulxan yoqish hayotdagi islomga xos odat yoki ibodatlarni bekor qilishda bo'lsin buning farqi yo'q, shu munosabatlar bilan bazm o'tirishlar, uyushtirishlar, hadyalar ulashish va ana shu munosabatlarda ishlatiladigan narsalarni sotish, bolalar va ayollarga o'yin kulgu uchun imkoniyat yaratib berish, hamda yangi liboslarni kiyib yasanish mumkin emas, umuman musulmonlar o'z bayramlarida kufr ahlining bayramlariga xos narsalarning birontasini qilishlari mumkin emas, shuningdek kufr ahlining bayramlari musulmonlar uchun oddiy kunlardek o'tmog'i lozim"(Fatovo Al-Kubro) Al-Qayyum rahimahulloh aytadilar:
"Kofirlarga xos munosabatlarda tabriklash, muborakbod etishning ham haromligiga ulamolar ittifoq qilishgan, masalan bayramingiz qutlug' bo'lsin va shunga o'hshash iboralar bilan tabriklash, shu so'zlarni aytgan odam dindan chiqmasada judda qattiq harom ishni qilgan bo'ladi, uning misoli uni hoj-krestga sajda qilishi bilan tabriklashga o'hshaydi, bu esa Allonhing nazdida aroq ichish, zino qilish va odam o'ldirishdan ko'ra qattiqroqdir, aksariyat dinning qadriga yetmaydigan kishilardam shu kabi ishlar sodir bo'ladi, u o'zining qilayotgan ishi naqadar yaramas ekanligini fahmlamaydi, birovni qilayotgan gunohi, bid'ati, kufr ishi uchun tabriklagan kishi Allohning g'azabiga uchrashi turgan gap, har bir musulmon va muslima ushbu hadisni yodda tutsin "Kimki o'zini biron bir qavmga o'hshatsa, BAS, u ushalardandir",
[b]если один человек называет другого кафиром, то кафиром будет один из них. Только Аллах знает, что у нас в сердцах. Если человек богобоязненный, то он никогда не осмелиться прямо заявлять кафир тот или нет, если нет явных доказательств его куфра. Передают со слов Ибн Умара, да будет доволен Аллах ими обоими, что посланник Аллаха, да благословит его Аллах и да приветствует, сказал: Если человек скажет своему брату (в Исламе): «О неверный!», - это вернется к одному из них, и если он является таковым, как о нём было сказано, (значит, он заслуживает этого,) в противном же случае (сказанное) вернётся к (тому, кто это сказал). (Аль-Бухари; Муслим) Передают со слов Абу Зарра, да будет доволен Аллах ими обоими, что он слышал, как посланник Аллаха, да благословит его Аллах и да приветствует, сказал: Если кто-нибудь обратится к человеку, назвав его неверным, или скажет: «Враг Аллаха!», - тогда как он таковым не является, это обязательно вернётся к (сказавшему). (Аль-Бухари; Муслим) (Сады праведных) Передают со слов Абу Зарра, да будет доволен им Аллах, что он слышал, как пророк, да благословит его Аллах и приветствует, сказал: «Когда один человек обвиняет другого в нечестии или неверии, (обвинение) обязательно возвращается к нему самому, если (тот, кого он обвиняет, на самом деле) таковым не является». (Бухари) [/b]
Во имя Аллаха Милостивого, Милосердного! 848. Передают со слов Абу Хурайры, да будет доволен им Аллах, что посланник Аллаха, да благословит его Аллах и да приветствует, сказал: Вы не войдёте в Рай, пока не уверуете, а не уверуете вы до тех пор, пока не станете любить друг друга, так не указать ли мне вам на то, что приведёт вас к взаимной любви, если вы будете делать это? Распространяйте приветствия между собой! (Муслим) 852. Сообщается, что Аиша, да будет доволен ею Аллах, сказала: (Однажды) посланник Аллаха, да благословит его Аллах и да приветствует, сказал мне: «О Аиша! Вот Джибриль приветствует тебя!», — и я сказала: «И ему мир, милость Аллаха и Его благословения!» (Аль- Бухари; Муслим) 865. Сообщается, что Асма бинт Йазид, да будет доволен ею Аллах, сказала: (Однажды) Пророк, да благословит его Аллах и да приветствует, проходивший мимо нас, когда мы находились среди (других) женщин, приветствовал нас. (Этот хадис приводят Абу Дауд и ат-Тирмизи, сказавший: «Хороший хадис».) Ассаламу Aлейкум, сестры и братья! Так приветствовал всех наш любимый Пророк, Пусть доволен им будет Великий Создатель! Он дурного потомкам оставить не мог! Ассаламу Aлейкум! Приветствуйте миром! Пусть любовь укрепится в наших сердцах! Пусть приветствие наше будет красивым, Как того пожелал Всемогущий Аллах. Ассаламу Aлейкум! — здороваться надо. Не пытайтесь неверным во всем подражать. Ведь за эти слова ожидает награда! Пусть торопятся ангелы их записать! Ассаламу Aлейкум! — скажу мусульманам, Всем, кто верит в Аллаха, Пророков и в Час. Без гордыни в душе, притворства, обмана, Потому что люблю я в Создателе вас! Ассаламу Aлейкум! — прощаюсь словами, От которых в душе расцветает Иман. Пусть Всевышний доволен останется нами И укажет дорогу к Райским вратам!
Передают со слов Абу Мусы, что пророк, да благословит его Аллах и приветствует, сказал: «Поистине, [в отношениях] друг с другом верующие подобны строению, отдельные части которого укрепляют друг друга», — и тут он переплёл между собой пальцы рук (Бухари, 481). Передают со слов ан-Ну‘мана ибн Башира, что посланник Аллаха, да благословит его Аллах и приветствует, сказал: «В своём милосердии, любви и сочувствии по отношению друг к другу верующие подобны единому телу: если один из органов заболевает, то все тело отзывается на это бессонницей и горячкой» (Муслим, 2586). Передают со слов Абу Са‘ида ал- Худри, что посланник Аллаха, да благословит его Аллах и приветствует, сказал: «В раю дома любящих друг друга будут видны, подобно звезде, восходящей на востоке или на западе. Кто-то спросит: “Кто они?” Ему скажут: “Это те, которые любили друг друга ради Могучего и Великого Аллаха”» (Ахмад, 11420). В священном хадисе сообщается, что Аллах сказал: «Мою любовь заслужили те, которые любят друг друга ради Меня. Мою любовь заслужили те, которые поддерживают между собой отношения ради Меня. Мою любовь заслужили те, которые дают друг другу советы ради Меня. Мою любовь заслужили те, которые посещают друг друга ради Меня. Мою любовь заслужили те, которые жертвуют [своё имущество] друг для друга ради Меня. Любящие друг друга ради Меня пребудут на минбарах из света, и позавидуют им пророки, правдивые и павшие за веру!» (Ахмад, Хаким и Табарани в «ал-Му‘джам ал-кабир». Ал-Хаким назвал хадис достоверным, и с ним согласился ал-Албани в «Сахих ал- джами‘ ас-сагир» (4321)). Есть семь категорий людей, которых Аллах укроет в тени Своего трона. Передают со слов Абу Хурайры, что пророк, да благословит его Аллах и приветствует, сказал: «Семерых Аллах укроет в Своей тени в тот день, когда не будет иной тени, кроме Его тени: справедливого правителя; юношу, росшего в поклонении Господу; человека, сердце которого привязано к мечетям; тех двоих, которые любят друг друга ради Аллаха, встречаясь и расставаясь ради Него; мужчину, которого пожелала знатная и красивая женщина и который сказал: “Поистине, я боюсь Аллаха”; того, кто подаёт милостыню втайне, так что его левая рука не ведает, сколько тратит правая; и того, чьи глаза наполняются слезами, когда он в одиночестве поминает Аллаха» (Бухари (660), Муслим (1031), Тирмизи и Насаи). Передают, что посланник Аллаха, да благословит его Аллах и приветствует, сказал: «В день воскресения Всевышний Аллах скажет: “Где те, которые любили друг друга ради Моего величия? Я укрою их в Своей тени сегодня, в тот день, когда нет иной тени, кроме Моей тени”» (Муслим (2566)). В другом хадисе говорится: «Из двух любящих друг друга ради Всевышнего Аллаха самый достойный — тот, кто сильнее любит своего товарища» (Бухари в «ал-Адаб ал-муфрад», Ибн Хиббан и Хаким. Ал-Албани назвал хадис достоверным в «Силсила ал-ахадис ас-сахиха» (450) и в «Сахих ал- джами‘ ас-сагир» (5594)). Передают, что пророк, да благословит его Аллах и приветствует, также сказал: «Кто хочет ощутить сладость веры, пусть любит других только ради Аллаха» (Байхаки в «Шу‘аб ал-иман». Ал-Албани назвал хадис достоверным в «Сахих ал-джами‘ ас- сагир» (5954)). Поэтому, когда верующий любит кого-то ради Аллаха, желательно сообщить ему об этом. В хадисе говорится: «Если кто-либо из вас любит своего брата ради Аллаха, пусть сообщит ему, что он любит его» (Ахмад, Бухари в «ал-Адаб ал-муфрад», Абу Давуд и Тирмизи. Ал-Албани назвал хадис достоверным в «Сахих ал- джами‘ ас-сагир» (279)).В другой версии говорится: «Если кто-либо из вас любит своего друга, пусть придёт к нему домой и сообщит, что он любит его ради Аллаха» (Ахмад и Ибн ал-Мубарак в «Зухде». Ал- Албани назвал хадис достоверным в «Сахих ал-джами‘ ас-сагир» (281)). Польза этой любви в том, что она соединяет человека с его другом в раю, как об этом говорится в хадисе: «Человек будет с тем, кого он возлюбил» (Бухари (6168) и Муслим (2641)). Вот великая польза и щедрая награда, которую приносит человеку это качество, вытекающее из веры. Счастлив тот, кто спешит строить свои отношения и связи на этой прочной основе, кто оздоровляет свои отношения с окружающими, дабы насладится этим великим благом. Из книги «Сладость веры»Кулиев Эльмир