Главная » 2010»Май»11 » Zuhrani Zokirga nisbatan bo’lgan "armonli muhabbati” qimmatga tushdi
22:23
Zuhrani Zokirga nisbatan bo’lgan "armonli muhabbati” qimmatga tushdi
"Darakchi” gazetasining 1 aprel hazil-mutoyiba kuniga bag’ishlangan sonining "Yulduzlar ham yig’laydi” sahifasida "Tohir emas.. Zokir va Zuhra” deb nomlangan maqola chiqqanidan ko’pchilikni xabari bor. Sahifada aktrisa Zuhra Soliyevani "Handalak”chi Zokir Ochildiyevga nisbatan bo’lgan "armonli muhabbati” Zuhra Soliyeva tilidan bayon etilgan. Shunchaki emas, naq bir umrilk "armon”ga aylangan muhabbati va shu "ishq”ning "asirasi”ga aylangan Zuhra Soliyevani "tinchi” yo’qolganligi o’quvchiga ishonarli tarzda ochib berilgan. Ushbu maqoladan keyin bechora Zuhra Soliyevani rostakamiga tinchi yo’qoldi! Gap shundaki, barcha uni taniganlar va muxlislar unga hamdardlik bildira boshlashdi. Kimdir achinadi, kimdir esa aktrisaga tasalli beradi… 1 – aprel hazili aktrisaga juda qimmatga tushdi! Barcha unga achinganlar va hamdardlik bildirib, tasalli berganlarga aktisamiz haqiqatni isbotlay olmay halakda! Aziz muxlislar, bu hammasi odiygina HAZIL!!! Barcha muxlislarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida o’ylab topilgan hazil bu! Zuhra Soliyeva Zokir Ochildiyevga hech qanday muhabbati mavjud emas. Faqatgina ijodiy va shaxsiy hurmat bor holos! Mana shunaqa, hazilning tagi zil..!