Zominga otlanganlarga bir oz maslahatlar yoxud Men qanday Zominda dam oldim
Shu yilning, avgust oyi boshlarida Jizzax viloyati, Zomin tumaniga, ya'ni, Zomin dam olish maskaniga otlandik.
[] Avalam bor Jizzaxga etib kelib, undan so'ng boshavtobekatdan Nexia bn gaplashib, 30 000 so'm bilan Zomin dam olish zonasiga etib keldik. Baxtimizga haydoychi davrani olib boradigan bulib, GID vasifasini bajardi... Avvaliga faqat dasht tomonlaridan yurganimiz bois, man Zomin tog'li rayon ekanligiga o'ylanib qoldim. Avtomashinada taxmiman 0,5 soat yurgandan so'ng, Zomin tuman markaziga keldik. U yerdan 5 ta katta obinavot rusumli qovunlarni atigi 4 000 so'mga oldik. Biz tomonlarda esa, har bir donasini shunchaga olar edik..
So'ngra tog'lar ham ko'rina boshladi.. Yo'lning o'rtasida Zomin dam olish maskaniga kirish uchun darvoza bor ekan. Taxmiman 1 soat yurganimizdan so'ng manzilga ham etib keldik. Kelishdan oldin, tanishlarimizdan shu yerda faoliyat olib boruvchi mehmonhona rahbarlarining manzillatini olgan edik. So'ngra o'sha bir mehmonhonani gaplashdik. Kishi boshiga 20 000 so'mdan ekan. Qimmatligiga hayron qolib, yanada yuqoriga, ya'ni Zomin sanatoriyasi oldida DOMlar arzonligini eshitib, o'sha yerga otlandik...
Umuman, dam olish maskanini tasvilaydigan bo'lsam, bu, shu tog' yon bag'rida vaqtida qurilgan Lechebniy sanatoriya, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda, qo’riqxona xududida joylashgan sanatoriy. Sanatoriy xizmatchilari uchun esa, oldida DOM qurilgan. O'sha sanatoriyga borish uchun tog' tagida yo'l chiqarilgan... Keyinchalik shu yo'l atrofida odamlar uylar qurishib, uylarni mehmonxonalarga aylantirishgan.
DOMga etib kelib, bu yerda nima bo'layotganini tushunishim qiyin emas edi. DOM 2 etajli bb, 2 va 3 ta xonaga ega. Bizlar bir 3 xonalik uyning eng katta xonasini ko'rdik, chunki boshqa xonalar band edi. Hatto, uyning balkoniga ham kishi yashar edi. Hojatxona va yuvinish xonasi haqida gapirib ham o'tirmayman. Lekin, uy arzon ekan. 5 000 so'm kishi boshiga. Men darrov orqaga qaytishni aytdim, ya'ni tog' pastidagi mehmonxonaga. Haydoychi ham bizni tushinib, "ko'rinib turipdi, sizlarga bunaqa sharoit to'g'ri kelmasligini" deya orqaga olib keltirdi.
Mehmonxonaga qaytib, joylasha boshladik. Mehmonxona faqat nomiga bor ekan. Hech qanday obsluchivaniye, usluga degan gap yuq. Har bir iltimos, pul bn baholanar ekan.
Choy qaynatish 1000 so'm, ovqat pishirish 5000 so'm, uyni yig'ishtirish 5000 so'm va hokazo... Hatto boshqa viloyat mehmonxonalarida bunaqa darajada "zarijat" qilinmaydi. Mehmonxona vasifasiga kiradigan oddiy choy shablarni almashtirish esa, manimcha yil boshidan, ya'ni sezon boshidan almashtirilmagan. Soat taxmiman 12-30 lar edi. Salgina dam olib, yo'lda sotib olgan qovunni kesdik. Qovun shirinligi jihatidan, 10 baldan 8 ball.
Keyin ko'chlarni aylanishni boshladik. Haqiqatda, manzara zo'r.
Gap bo'lishi mumkin emas. Tog'ning havosi tiniqligidan, uzoqdan ko'm ko'k bb ko'rinar edi. Tog'larda o'sayotgan archalar ham, huddi stroy qo'ygan kabi edi. Atrofni o'rganishga kirishdik. Bu yerda bir qancha dam olish maskanlari bor ekan. Zilola, O'rikli, Mirzacho'l va boshqalar. Har birini narxi bn qiziqdik. O'rikli dam olish maskani, 4 kishi yotadigan, tualet hambomi ko'chada bo'lgan bir uyni kuniga 35 000 so'mga baholadi. Yana boshqa uylar ham bor ekan. Xullas, bir gap bn aytadigan bo'lsak, oddiy, sharoiti bo'lmagan uylar uchun 30 000 so'mdan 100 000 so'mgacha uylar bor ekan.
Safarga otlanishdan oldin, 1 hafta deb niyat qilgan edik. Mehmonxona narxidan 5 kunga tushdi. Sharoitni ko'rib, 3 kun bo'ldi. Kunning oxiriga borib, 1 kunga aylandi. Ertasiga, tog'larni aylanib, peshinga yaqin yo'lga chiqadigan bo'ldik.
Kechqurun ham bir maromda o'tmadi. Taxminan soat 3-00 da kimlardir kelib, bizlarning hujjatlarimizni tekshirdi..
Ertalab barvaqt turib, toq'larga chiqmoqchi bo'ldik. Yo'lning yarmisiga kelib, shu yerda yashovchi qirg'izlar bizani yo'ldan qaytardi.
Shundan so'ng umuman kayfiyatimiz yomon bo'lib, mehmonxonaga qaytib, narsalarimizni yig'ishtirib, yo'lga chiqdik. Terretoriyaga kirishda uyali aloqalar signali umuman yo'qoldi. Telefon qadrini endi tushunadigan bo'ldik. Bu yerda, faqat UzMobile ishlar ekan. Shu yerda joylashgan do'konlarning birida telefon bor ekan. Daqiqasi 500 so'm. Qayta qo'ng'iroq qilsa ham...
Tabiat haqida hapiradigan bo'lsak, maskan 4 tomoni tog' bn o'ralgan. Tog'lardan suv oqmoqda. Daryo bb Zomin suv omborigacha boradi.
Sharoit haqida gapiradigan bo'lsak, bu pulga boshqa viloyatdan ancha sharoiti yaxshi mehmonxonaga yashasa bo'ladi. M-n, Termizdagi Meridian 4 yulduzli mehmonxonasi, kishi boshiga 40 000 so'm. Lekin unda kondicioner, issiq va sovuq suv, dush, kabrlli TV, muzlatgich, telefon, xona tozaligi, restaran va kafe, fitness va saunasi ham mavjud.
Bu yerda esa, bir oddiy issiq suv, oshxona muammo.
Xulasa qilib aytsam, tabiatni ko'rish uchun borsa bo'ladigan joy. Faqat emagan somsa uchun pul to'lash, har kimga ham yoqmaydi. Men o'ylaymanki, Chirchiq tumanida joylashgan dam olish maskanlari, bu yerdan ko'ra ancha yaxshi...