Yil
boshida "Akfa media"dan ketdi deya e'lon qilingan Ziyoda bilan
bog`lanish va undan intervyu olish maqsadida uning admnistratoriga
telefon qilganimizda u bizni "Akfa media"ga [!!!] taklif qildi!
Borganimizda Ziyoda bizni direktorning xonasida kutib oldi! Ziyoda
yangi qo`shiq yaratish bilan bir qatorda badiiy rahbarlik ham
qilayotganligi haqida bizga ma'lum qilishdi. Ziyodaning yangi
qo`shig`ining nomi "Baxt to`la". Shu bilan bir qatorda "Akfa"ga yangi
qabul qilingan yosh xonandalar: Ruxshona va Jamshidga badiiy rahbarlik
qilyapti. Ya'ni ularga shou-biznesning past-balandini o`rgatish bilan
mashg`ul bo`lyapti. Yaqin kunlarda saytimiz orqali Ziyoda bilan
uyushtirilgan intervyuni o`qishingiz mumkin! Biz bilan qoling!