Hozirgi kunda yer yuzining 90% mamlakatida Xitoy davlatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlotlar sotilmoqda va hattoki aksariyatida "Xitoy bozorlari" ochilgan.
Avtomobillar: Hozirgi kunga kelib dunyoni aksariyat davlatlarida avtomobillar ishlab chiqariladi. Buning foydali tarafi manzilga tez yetib borasiz. Zararli tarafi inson qancha kam harakatlansa shuncha qon aylanishi sekinlashib, turli hildagi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Achinarli tarafi ba'zi insonlar maxallasini boshidagi "Paynet"ga ham mashinada chiqadilar.
Telefon: Hozirgi kunda dunyoning 80% aholisida mobil telefon bor. Buning foydasi ishlar tez hal bo'ladi. Zarari esa yana kam harakatlilik va sog'liqqa zarari. Insonlar zararini bilib ham ishlatadi. Kimdir ijobiy yana kimdir salbiy maqsadda.
Zamonaviy televizorlar: Avvalgi televizorlarni boshqa kanalga o'tkazish uchun hech bo'lmasa 2-3 metr yo'l yurishgan. Shuni o'ziga bir kunda yo'q deganda 20-30 metr yurilgan. Zamonaviy televizorlarda esa uzoqdan boshqaruvchi (distansionniy) "pult" lari bor. Bu narsa insonni shu 20-30 metr yo'lni ham yurgazmaydi. Natijada yana qon aylanishi sekinlashib turli xil kasalliklar keltirib chiqaradi.
Zamonaviy televizor antennalar: Avvalgi televizor antennalarni boshqa tarafga aylantirish uchun (tomga yoki boshqa joyga) shu antennani yoniga chiqishgan. Hozirgi kundagi televizor antennalarini boshqa tarafga aylantirish uchun shunchaki shu antenna pultini tugmachasini bosish kifoya. Bu ham insonni dangasalikka o'rgatadi va turli kasalliklar keltirib chiqaradi.
Shu va shunga o'xshash misollar bir talay. Endi o'ylab ko'raylik: Kam harakatlanadigan bo'lib qolmayapmizmi? Shu narsalarni boshqa yo'lini topishni iloji bormikan?
|