Shvetsiyalik olimlar tishlar yo'qotilganida
yurakning ishemik kasalligi (YuIK)dan o'lish xavfi oshishini
aniqlashdi. Miokard infarkti ushbu kasallikning eng xavfli shakllaridan
biri hisoblanadi. Ma'lum bo'lishicha, insonda tishlar soni qancha kam
bo'lsa, xavf ham shunchalik ortar ekan, deya xabar qiladi "AFP" nashri.
Bundan oldin o'tkazilgan
tadqiqotlar og'iz bo'shlig'i kasalliklarida yurak-qon tomir
xastaliklarining yuzaga kelish tezligi oshishini ko'rsatgandi, biroq
tishlar soni va YuIKdan o'lish xavfi orasidagi bevosita bog'liqlik
birinchi bor ko'rsatilmoqda.
Karolina instituti olimlari 12
yil davomida 7674 ta kishini kuzatib borishgan. Bu kishilarning
ko'pchiligi periodontdan, ya'ni tishga yopishib turadigan va uni
chuqurchada ushlab turadigan to'qimalar kasalligidan azob chekkan.
Tadqiqot davomida 629 ta ishtirokchidan 299 tasi yurak kasalliklaridan
ko'z yumgan.
Olingan ma'lumotlarning tahlili
shuni ko'rsatdiki, 10 ta va undan kam o'z tishiga ega odamlarda xuddi
shu yosh va jinsdagi 25 dan ortiq tishga ega odamlardagiga qaraganda
YuIKdan jon berish xavfi yetti baravar yuqori ekan.
Tadqiqot rahbari Anders Xolmlundning ish
natijalariga kiritgan aniqliklariga ko'ra, odamda qolgan tishlar soni
uning butun hayoti davomida (YuIK xavfiga omil hisoblanuvchi) qancha
og'iz bo'shlig'i kasalligiga duchor bo'lganiga ishora qiluvchi integral
ko'rsatkich hisoblanadi.
|