Статистика |
XOZIR SAYTDA 5 MEXMON 5 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2011 » Апрель » 18 » Yuragimning Og'rig'i...
17:27 Yuragimning Og'rig'i... |
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barakotuh Aziz dindoshim, Bugun yuragimni kemirayotgan bir dardimni sizlarga aytmoqchiman, Iltimos manga biror maslaxat bering... Taqdir taqazosi bilan Xolam va pochcham katta pul qarz bo'lib qolishganida farzandlarini bizani uyga tashlab Moskvaga ishlashga ketishgan. Onam ikkimiz Bozorga chiqib ishlardik. Kiyim kechak sotardik. Topganimiz ro'zgordan ortmasdi. Akam xam Adam xam ishlamasdi. Man o'qishga xam kira olmadim. oilaviy sharoit tog'ri kelmagani sabab. Onam bilan bozorga chiqdik. Jiyanlarim juda xam ogir xarakterli bolgani sabab ular bilan kop gap talashib qolardik. Ular bizni uyda 1 yil turishdi. Biz bilan urushib Ammasinikiga ketib qolishdi. Oyimlani Moskvaga kelib ish topishlariga Xolam va pochcham sabab bo'ganla. Moskvadan xolam ish topib onamni yonlariga chaqirib olishdi. Onam ishlay boshladi. Oradan 6 oy o'tib, Onam mani xam o'zlarini yoniga chaqirib oldilar. Taqdir ekan bu yerda o'z taqdirimga bitilgan insonni uchratdim. Xullas U Toshkentga uyimga sovchi yubordi. To'yimiz bo'ladigan bo'ldi. To'ydan keyin Yana Moskvaga qaytib kelishni rejalashtirdik. Xolam va pochcham Bizani Kvartirada turasla diyishdi. 2 xonali kvartira bittasi kotta bittasi kichik. kichkina xonani bizga beradigan bolishdi. Narxini xam kelishdik. Toshkentga ketishdan oldin Bo'lajak turmush o'rtogim. Ularga kvartira pulini oldindan berdila, Va qozonni alohida qilishni aytdilar.Bu esa ularga yoqmadi. Biz Aeroportga ketdik. Xolamni qanday ekanliklarini o'shanda bildim. Onamga telefon qilib, BIZ KUYOVIZNI BIROR NARSANI YEB QO'YIBMIZMI? NIMAGA QOZONNI ALOHIDA QILAMAN DEB TURIB OLDI. deya onamni dilini ogritdi. To'y xam o'tdi. Onam bizdan oldin Moskvaga keldila. Exx bechora onam bizni deb Xolamdan KALTAK yebdila. Onamni aytishicha. Kelganlaridan buyon mani turmush ortogimni xaqorat qilarkanla. Shunda onam Dilfuz nimaga Kuyovimni xaqorat qilasan., Senga nima yomonlik qildi desalar, Onamni ustilariga chiqib rosa uribdila. Moskvaga keldik. Onamni qo'llari ko'kargan, Onamga juda raxmim keldi. Xolam nega bunchalikka borganlariga xayron edim., shu kvartirada yashay boshladik. Sal qattiq gapirib yuborsak narigi xonadan Devorni mushtlab qoyardi xolam. Bu esa ruxiy tomondan Manga xam onamga xam qattiq botardi. Kvartira topish qiyin. Narxi osmonda bolgani sabab ko'nikib yashay boshladik.. Ammo sabrni xam tagi tugay boshladi...Yaqinda Onam Toshkentga borib ozgina vaqt o'sha yerda turib keldila. Xozir jiyanlarim, Saida va Ro'zmat Buvim bilan birga yashashyapti. Buvim ish buyursa Saida baqirib jerkib beribdi. Buni ko'rgan onam chiday olmay Saidaga to'g'ri tushuntirsa tushunmay, janjal ko'taribdi. XOLA SIZ BIZI UYIZGA SIG'DIRMAGANSIZ, SIZ BIZI YOMON KO'RASIZ deya onamni dilini og'ritibdi. Mana kechagina yana shu axol takrorlandi. Onam ikkimiz sekin gaplashib televizor ko'rib yotgandik. Ovoz u xonaga umuman eshitilmas darajada.. Lekin yana o'sha devorni mushtladilar... Kechasi bilan yuragim og'rib chiqdi. Nega xolam bunchalik bizni yomon ko'radilar. Bu manga qorongu. Xolamni fellari og'ir. lekin bu xol qachongacha davom etadi. Ularga nisbatan onamda xam manda xam Adovat yo'q. Bizani Moskavag kelib ish topishimizga yordam berganlari uchun minnatdormiz. Va aslo ularga yomonlik tilamimiz. Naxot xozir bir onadan dunyoga kelgan farzandlar bo'la turib adovatda yashashsa. Bilmadim... Mexr oqibat yo'qolib borayotgani yaqqol sezilib turadi.Balki xammasiga Pul sababchidir. Odam boyigani sayin O'zini kotta tutarkan. Pul sabab yaqinlari ko'ziga xam ko'rinmas ekan.. Xolamga nima deyishga xam xayronman... Ularga faqat Allohdan insof so'riman. Iltimos azizlar manga biror maslaxat beringlar. Qanday yo'l tutsam to'g'ri bo'ladi, qaysi biri notog'ri. Mexr oqibat xech qachon yo'qolmasin degan umidda. Djulyetta..
|
Категория: FIKR-MULOHAZA |
Просмотров: 1085 |
Добавил: Kichkina_Odamcha
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|