YuLDUZLIKKA NIShONA BERGAN G'AYRITABIIY BARMOQ... Xind kinosining sahifalarida oilaviy sulolalarga qayta – qayta duch kelish tabiiy hol. Masalan Kapurlar, Bachchanlar, Deollar, Dattlar, Bxatlar, Chopralar bu kabi nomlarni uzoq davom ettirish mumkin. Jumladan uzoq qariyib 30 yildan ziyodroq vaqtdan buyon Bollivudda faoliyat olib borayotgan Roshanlar sulolasi ham jahon kinosida o'z o'rniga ega. Dastlab aktyor sifatida ish boshlagan Rakesh Roshan keyinchalik ijodini rejissyor, ssenarist va prodyusser sifatidi ishni davom ettiradi. 1974 yilning 10 yanvarida mashhur kinosanotchi Roshanlar oilasida o'g'il tug'iladi. Uning barmoqlari boshqa bolalarnikidan biroz farq qilardi. Rakesh o'g'lining o'ng qo'lining barmoqlari oltita ekanligidan dastlab qayg'uga tushadi. Axir u o'g'lining mashhur yulduz bo'lishini istardi. Ammo bashoratchilarning chaqaloq taqdirining nihoyatda chiroyli va omadli kunlar bilan boy ekanligini eshtigach, tashvishi behuda ekanligini anglaydi. Rakesh o'g'li Ritikning bolaligidanoq Bollivud uchun tayyorladi va buni qoyilmaqom tarzda uddaladi. Aktyor sifatida o'zi zabt etolmagan cho'qqilarni o'g'lining ijodiy faoliyatida ko'rishni orzu qilgan ota niyatiga qaysidir ma'noda yetdi ham. Ritik ilk bora 1986 yilda otasining filmida debyut rolini ijro etgan edi. Oradan 14 yil o'tib u Bollivudda o'zining filmlariga "egalik " qilishni boshladi. Shunday qilib u kino sanoatiga 2000 yilda omadli qadam tashladi. Ritikni ilk bora amakisi Rajesh Roshan katta filmga taklif qiladi. Uning ishtirokidagi ilk " Kaho naa pyaar hai" ("Sevgidan voz kechmaydilar”) kinokartinasi kutilmagan natijani berdi. Bitta filmda ikki bir – biriga o'xshash qahramonning obrazini maromiga yetkazib ijro etgan aktyor rejissyorlarning nazaridan chetda qolmaydi. - " Kaho naa pyaar hai "ni o'zim ham juda yaxshi ko'raman. Amisha Patel sevimli aktrisam. Agar u bilan hamkorlik qilmaganimda Bollivuddagi ilk qadamlarimning natijasi qanday bo'lardi bilmayman. Ekrandagi "birinchi muhabbatim” Amisha Patel bilan hamkorlikda ishlash hamon men uchun maroqli! Bolaligida ota – onasining tashvishi bo'lgan barmoqlar bugun hech kimni ajablantirmaydi. - Barmoqlarim... OAVlari tomonidan berilgan ajablanarli savol barmoqlarim bilan bog'liq edi. Yo'q, ular menga xalaqit bermaydi. Aksincha omad keltirayotgan uyuladi. Umuman bunday xafa emasman. Ritik o'rtacha hisobda bir yilda 3 ta katta filmlarda, maxsus takliflar bilan esa 10 dan ziyod kartinalarda suratga tushadi. Uning muvafaqqiyatiga dastlab Rakesh Roshanning o'g'li sifatidan baho berilayotgan bu yigitga e'tibor tubdan o'zgaradi va mohir raqqos, lirik rollarning eng yaxshi ijrochisi hamda jangari sahnalarning ustasi degan e'tiroflarga sazovar bo'ladi. Bollivud olamida tezlik bilan bunday natijani qo'lga kiritish qiyin. Ammo Ritik o'tgan to'qqiz yil mobaynida o'zining imkoniyatlarini to'la ma'noda ochib bera oldi. Ayni paytda u ota – onasi Rakesh va Pinki Roshan, rafiqasi Syuzanna, farzandlari Rexan bilan birga yashaydi. Uning opasi Sunayna kino olamida faoliyat yurtimaydi. U onasi Pinki kabi namunali uy bekasi bo'lishni orzu qilgan. - Syuzannasiz menga juda qiyin bo'lsa kerak, to'g'risi buni tasavvur qilolmayman. Sahnada va ekranda nima qilish kerakligini yaxshi bilaman ammo kadr ortida va sahana ortida men shokka tushib qolaman. Bu paytda Syuzanna meni "o'zimga” kelitirib qo'yadi. Xullas u siz menga qiyin! Ritik uchun 2006 yilning 28 mart hayotining eng quvonchli kuni bo'lib qoldi. Shu kuni uning to'ng'ich o'g'ili tug'ildi. 2008 yilning 1 mayida uning ikkinchi o'g'li Ridan dunyoga keldi. - O'g'limning ko'zlari otasiniki kabi moviy bo'lishini istagandim. Bo'y – basti ham unga o'xshasin... Rexan bu ismni unga Ritik qo'ydi. Taqdiri ham otasiniki kabi bo'lishini itsayman - deydi uning rafiqasi Syuzanna. Ritikning rafiqasi ham aktyorlar oilasidan. Syuzanna bilan Ritik boalaligidan bir – birini yaxshi tanishgan, bilishgan. Syuzanna otasi Sanjay Xon va onasi Zarina Xon kabi musulmon diniga e'tiqod qiladi. Ritik esa g'ayridin vakili edi. Shunday bo'lishiga qaramay ular 2000 yilning 20 dekabrida turmush qurishadi. Syuzanna 19.. 26 oktyabrda tug'ilgan. Ko'pchilik uni Shoxruhning xotini Gauri bilan o'xshatishadi. Ko'pgina tantana va ko'rsatuvlarda ham ularni birga ko'rish mumkin. Ritik rafiqasini sevadi. Uning ijodiy faoliyati va hayoti har doim bir maromda xotirjamlikda kechishiga ko'pchilikning havasi keladi. U ham huddi Shoxruh Xon singari rafiqasi Syuzanna bilan doim birga! Ritik Bollivuddning eng tartibli va tarbiyali vakili sifatida alohida tilga olinadi. Shu kunga qadar bu aktyorning mashmashalari haqida hech bir matbuotda yozilmagan. - Priti Zinta oialmizning qadrdon do'sti. Shohruh Xon mening ustozim. Tan olaman dastlabki qadamlarimda uning ijodiga havas qilganman. Karan Johar sevimli rejissyorim va do'stim. Rani Mukerji, Kajol ularning malohatini ta'riflash qiyin. Ayshvariya va Priyankaning tirishqoqligini hurmat qilaman. Men uchun Karina haqiqiy mahorat sohibasi. Salmon hamisha yaxshi do'st ekanligiga ishonaman. Xullas men hamkasblarim haqida hamisha yaxshi fikrdaman. O'ylashimcha ular ham mendan rozi!
YoN DAFTARChANGIZ UChUN Birinchi filmi: "Kaho N.o.Pyar Hai” Sevimli aktyorlari: Raj Kapur, Amitabx Bachchan, Rakesh Roshan Robert de Niro Sevimli aktrisalari: Jaya Prada, Madxuri Dikshit, Kajol, Juliya Roberts Sevimli filmlari: "Dilwale Dulhaniya Le Jayenge”, "Kaho Naa Pyaar Hai”, "Pretty Woman”, "When Harry met Sally” Sevimli xonandalari: Brayan Adams va Britni Spirs Sevimli raqqoslari: Maykl Jekson U yotirmaydi: Yog'li taomlar va alkogol ichimliklarni Sevimli uy hayvoni: Mushuk Sevimli kitobi: Ayn Randning "Fountain Head” asari Sevimli restorani : "Golden Dragon” Sevimli musiqasi: klassik Sevimli rangi: oq, yashil va jigarrang Sevimli dam olish joyi: London Sevimli duxisi: "Polo Sport” Sevimli davlati: G'indiston Xobbisi: G'ar xil fotosuratlarni yig'ish Ritik haqida muxlislari "Uning ko'zlari barchani maftun etadi” "U mohir raqqos!” "Ritik... orzudagi yigit!” "Syuzanna baxtli chunki unda Ritik bor!” "Men faqat Ritik uchun kino ko'raman” "Uning ko'z yoshlariga ishonmasdan iloj yo'q” "Ba'zida oshirib yubormaydimiq!” "Abxishek va Ritik bir xil sharoitda ulg'aygan. Lekin ular boshqa – boshqa olam”. "Bilmadim... bo'ladi... yaxshi aktyor”. Olmos tayyorladi.
|