Muxlislar nazarida taniqli insonlar uyda umuman
ish qilishmaydi. Lekin unday emas. Chunki ular o'z uylarida uy ishlari
bo'yicha rekord o'rnatishga xam tayyorlar.
Zebo Navruzova meda'l olsam xam bo'laveradi
Mening xayotimda xar kuni ertalab turib birinchi bulib
qiladigan yumushum gullarga qarab chiqish. Gullarimning soni 50 tadan
ortiq, turlari xam xar xil, xammasi uyning xar bir oynasiga quyilgan.
Albbata xar kuni xar bittasini qarab ko'raman suv qo'yaman kesib
chiqaman erinmasdan barglarini sanab chiqaman eng asosiy meni
diqqatimni tortadigan narsa xar kuni etalab yangi barg chiqdimikan yoki
chiqmoqchimikan g'unchalar paydo bo'ldimikan deb qiziqib tekshirib
ko'raman. Xar bir gulim farzandlarimga shogirdlarimga atalgan. Kimning
guli g'uncha ochsa bugun sani guling g'uncha ochdi deb tabriklab
qo'yaman. Agar gullarim ko'payib ketsa xovliga olib qo'yamiz. Xovlimda
katta-katta gullar bilan to'la. Gullarni mexr bilan parvarish
qilmasangiz yoki o'z vaqtida suv quymasangiz qurib qoladi. Shuning
uchun gullarimga farzandimga qaraganday qarayman.Bu ish menga roxat
bag'ishlaydi. Bilasiz albatta bunday yumushni bajarish uchun xam sabr
motanat talab etiladi. Bu ishimga medal' olsam xam bo'laveradi(kuladi)
Arevat Grigoryan yerdagi ushoqlarni bittalab teradi
Barcha uy ishlari mening zimmamda bo'lgani uchun xech
qayerni qoldirmasdan tozalashga astoydil yondashaman. Bizning uyda
xamma narsa joy-joyida turishi lozim. Bu ishni shaxsan o'zim nazorat
qilib boraman. Eng yaxshi ko'rgan uy yumushim idishlarni yuvish
bo'lgani uchun xar kuni ko'p marotaba idishlarni yuvaman. Kechqurun
ovqatlanib qolsak xam erinmasdan idishlarni yuvib xattoki yerga
tukilgan ushoqlarni yerga o'tirib olib bittadan terib, tozalab
qo'ymagunimcha ko'nglim to'lmaydi. Ozodalik- sog'lik garoviga degan
iboraga aloxida amal qilaman.
Arevat tez-tez telefon raqamini almashtirib turadi bunga
xech ajablanish kerak emas chunki u telefon raqam almashtirish bo'yicha
rekord qo'yishni mo'ljallagan ko'rinadi.
Sitora Farmonovada ikkita rekord
Xovlimizda kuchugim va uning o'n ikkita bolasini
parvarishlayman. Ularni juda yaxshi ko'rganim uchun vaqtim kam bo'lsada
ularga vaqt ajrataman. Xar kuni ularga besh marotaba ovqat va suv
berishimga tug'ri keladi. Ovqatlanib bo'lishganidan keyin esa
xovlilarga suv sepib kuniga ko'p marotaba supirib chiqaman. Mana
shunaqa ikkita rekord o'rnatsam xam bo'ladi. Birinchisi kuchuklarimga
qarash bo'yicha bo'lsa, ikkinchisi xovlilarni supirish bo'yicha.
(raqqosa)Parizodaning ishiga xaykal o'rnatish kerak
Kasbim tikuvchi bo'lmasada tikishga ishtiyokim baland
bo'lgani bois xamma ko'ylaklarimni bir boshdan ko'zdan kechirib
kamchilik topishga xarakat qilaman. Do'kondan yangi xarid qilinganmi
eskimi yangimi menga farqi yo'k. Ko'ylaklarim kalta bo'lib qolsa xam u
yeridan bu yeridan mato qo'shib qaytadan to'g'irlab qo'yishga xech
erinmayman. Tikishga qiziqganim uchun xonam ip va pistonlarga to'lib
ketgan. Raqqosalarni ko'ylagi doim xam sog' turmaydi chunki raqsga
tushib xarakat qilamiz shunga bir joyi nomiga sitilib qolsa yoki bitta
dona biseri tushib qolsa darrov qo'limga igna ip olib bu kamchilikni
bartaraf qilishga tushib ketaman. Saxnaga chiqishimga besh daqiqa
qolganda dugonalarim ko'ylagingni yengi ozgina kengrok ekan endi nima
qilasan deyishsa o'sha yerini tikishni boshlasam qizlar axir xozir seni
navbating ulgumaysan keyin tikarsan deyishsa xam baribir tikib ipni
uzib saxnaga chiqib ketgan vaqtlarim xam bo'lgan. Atel'motga
tikuvchimiz Nargiza opamni yonlariga borganimda xam keling sizga yordam
beraman deb ularga yordamga kirishib ketsam shu yerga ishga kirsang
bo'lar ekan juda xam chaqqonsan deydilar. Xamma tanishlarim senga
tikish bo'yicha xaykal o'rnatsa arziydi deb aytishadi.
Nigora shanba kunlari uylarini besh marotaba pilesoslab chiqadi.
Odatiy kunlarda uylarni yeg'ishtirib chiqganimdan so'ng bir
marotaba pilesos bilan tozalab turaman. Jiyanlarim kelib qolsa bormi
qo'llariga pechen'e olib xamma joylarga ushoqlarini to'kishni boshlab
yuborishadi. Yerda bir dona ushoqni ko'rib qolsam darrov o'sha yerni
pilesos qilishga tushaman. Shanba kunlari esa kuniga kamida besh olti
marotaba pilesos bilan tozalashimga tug'ri kelib qoladi. Chunki shu
kunlarda jiyanlarim kelishadida.(Kuladi) Jiyanlarim Nigora opa pilesos
qilishni rosa yaxshi ko'rganingiz uchun qo'limizdagi pechenen'yelar
bilan yugurib yeymizda deyishadi.
|