|
Go'zallik bu sog'lik
Go'zallik bu joziba ollox tomonidan berilgan
in'omdir. Bu go'zallikni avvaylash esa bizni vazifamiz. Rus yozuvchisi
Chexov go'zallik haqida shunday aytgan. Insonda barcha narsa go'zal
bo'lishi kerak. Ichki go'zallikdan tortib barcha hislatlar ham go'zal
bo'lsagina shu inson go'zal hisoblanadi. Bugun yulduzlarimizdan yulduzli
maslahatlar va go'zallik va sog'llik haqidagi sizlarini sizlar uchun
oshkor etamiz.

Sobiq "Setora" keyin sobiq "S'etanxo" guruhida ijod
qilgan, endilikda yakkaxon xonandamiz, Feruza Latipova sizlarga yuzni
qanday qilib go'zal bo'lish siri ya'ni yuz teri uchun niqob haqida
bo'lishadi .
Feriza:Bu niqob yuz uchun juda foydali, yuzni taranglashtiradi
go'zallashtiradi va keraksiz ajinlardan saqlaydi. Bu niqobni tayyorlash
uchun 1 choy qoshiq asal 1 choy qoshiq un va 1 choy qoshiq tuxumning oqi
kerak bo'ladi. Ishni tuxumning oqidan boshlaymiz tuxumni oqini
yaxshilab ko'pirtiramiz keyin esa asal va un solib yaxshilab
aralashtiramiz. Xosil bo'lgan niqob yuz terisiga hamda bo'yin terisiga
15 daqiqaga surtiladi. 15 daqidadan so'ng illiq suv bilan yuvib
tashlanadi. Natijasi yaqqol ko'rinadi. Barcha ayol va qizlarga maslahat
beraman bu niqobdan uzim ham foydalanaman va menga juda yordam beradi .
Erkak xonandalar ham go'zallika amal qilishar ekan. Bastakor hamda xonanda Jahongir.uz

- Mening maslaxatim erkak kishi go'zal va sog'lom bo'lishi uchun u
doim sevilish kerakligini ta'kidlayman. Shundagina erkaklarimiz juda
go'zal va baxtli bo'lishadi, hamda suzish qatnashni maslahat berib
qolaman.
Nixol mukofotlari sovrindorlari Yaniy omadli duet Oybek va Nigora qanday qilib go'zal bo'lish sirlari oshkor etishadi.

Oybek: - Faqat sog'lom odam bahtiyor va go'zaldir .
Erkak kishi chiroyli bo'lishi uchun avvalambor menga o'xshab eti'borda
bo'lishi kerak. Iloji boricha sport bilan shug'ullanaman ayniqsa
suzishga qatnayman lekin hozir ishlarim ko'pligi sabab suzishga vaqt
qolmayapti.Barcha erkaklarga suzishni maslahat beraman.
Nigora: - Qalb go'zalligi birinchi urinda turish lozim.
O'zim ham ushbu qoidaga roiya qilishga harakat qilaman. Mening go'zallik
sirim ichki go'zalligimda hamda insonlarga nisbatan g'ayriligim
yo'qligidadir. Men ichimda hech qachon birovga nisbatan yomonligim
yo'qligi uchun go'zal bo'lsam kerak. Lekin sir saqlashni bilaman. Doim
kulib yurishga va tabiiy go'zal bulishga intilaman. Qizlarga ham shuni
maslaxat beraman.
Doimo go'zallika intiladigan go'zal Manzura:

- Men go'zal bo'lishim uchun sog'lig'imga
alohida e'tibor beraman. Misol uchun har xil o'tlardan damlama qilib
ichishga odatlanganman albatta duxtir maslaxati bilan.Yana organizm ham
sog'lom bo'lish kerak, damlamali o'tlar esa ham sog'lom qiladi ham
go'zal.Yuzim chiroyli ko'rinishiga ega bo'lishi uchun esa yuzimga bahor
oylarida qulubnay bodring suraman.Eng asosiysi esa miriqib uhlashga
odatlanganman.
Endi esa o'zbek estradasining eng taniqli
guruhlaridan biri Shod o'z go'zalliklari haqida so'z ochishadi. Shod
guruhining vakilli Otabek:
- Biz yigitlar o'zimizni go'zal yigitlar deb aytolmaymizku
lekin muxlislar bizlarni go'zal deb bilishgan ekan mayli sirimizni
ochib beraman.Bizning sirimiz bir-birimizga bo'lgan hurmat va inoqlik
bizni go'zal qilib turadi.
Qiz bolaning go'zalligi uning hayosida! Shunday qizlardan biri

Tantana guruxida ijod qilgan xozirda nixol mukofoti sovrindori tabiiy
go'zallika intiluvchi xonanda Ziyodani maslaxatlariga quloq tuting.
- Ayyol kishini xunugi bo'lmaydi. Barcha ayollar go'zal. Ayol kishi
doim kam miqdorda bo'yanib tabiiylikni saqlab qolsagina u go'zal bo'la
oladi.
Keyingi qahramonimiz istedodli hamda nixol
mukofoti sovrindori Firdavs Pazliddinov go'zal bo'lish sirlarini biz
bilan bo'lishdilar.

- Erkak kishi sog'lom va chiroyli ko'rinishga ega bo'lishi
uchun avvalombor vitaminlarga boy meva va sabzavotlardan is'temol
qilishi kerak. Ovqatga ham alohida e'tibor berish kerak. Hamda eng
asosiysi bu suzish bu ham erkak kishini yanada go'zal va sog'lom qiladi.
Bu maslaxatlarimga o'zim ham amal qilaman va barchaga maslahat beraman.
Raqsga tushgin taronasi bilan hammani raqsga chorlaydigan honada Dineyra.

- Men odatiy kunlarda 5 daqiqada pardoz qilaman.Lekin sur'atga
tushish jarajonlarida esa ko'proq vaqt sarflayman. Ayyol kishi go'zal
hamda doim sog'lom bo'lishi uchun sport bilan shug'ullanishi kerak hamda
doim mevalar, sabzavotlar ko'p miqdorda iste'mol qilishi kerak. Mening
go'zalligimga va sog'ligimga sabab suzishga, raqsga qatnayman. Sochlarim
ko'rkam bo'lishi uchun esa haftada 1 marotaba qattiq bilan yuvaman.
Bunday muolajadan so'ng sochlarim yaltirab yumshoq va mayin bo'lib
qoladi. Go'zal bo'lishni eng asosiy siri esa sevish va sevimli yor
bo'lish va barchaga shu fursatdan foydalanib go'zallikni va baxtni tilab
qolaman.
Iroda Dilroz qanday sog'lom va go'zal bo'lishga erishadi?
- Doim sog'lom bo'lishga qanday erishasiz?
- Inter fitnes klubiga a'zo bo'lib trenerim Feruzaxon bilan fitnes
bilan shug'ullanib turamiz. Ekrar kishi o'zini xech xafa qilmaydi. Ayyol
o'zi uchun vaqt topib fitnes bilan shug'ullanishi darkor. Fitnes
sog'lik uchun juda foydali.
- Fitnesning foydali tomonlari qanday? - Fitnes
avvalambor sog'lik uchun foydali. Chunki yurak urushi undan tashqari
nafas yo'llari ochiladi. Fitnesdan olgan quvvat kun bo'yi insonga yordam
beradi. Ikkinchidan qomatni chiroyli bo'lishiga sabab bo'ladi.
- Fitnesga qanchadan beri qatnaysiz?
- Bir paytlar tez-tez fitnes zaliga kelib turar edim. Oxirgi paytlar
vaqt kam bo'lgani uchun kamdan-kam kelib fitnes bilan
shug'ullanmoqdaman. San'atkorlarning xayyotini o'zi fitnes chunki
o'tga-bo'tga ish bilan yugurib yurishga to'g'ri keladi.
- Parxez xam qilasizmi?
- Albbata. Ayyol kishi uchun parxez juda zarur. Ayyollarning
go'zalligini 50% parxez bilan bog'lik. Agarda ovqatlanishimiz xammasi
to'g'ri bo'lsa organizmga foydali bo'ladi.
- Qanday parxez qilasiz?
- Ko'pincha kun davomida bo'lib-bo'lib kam miqdorda ovqatlanish
kerak. Kuniga ikki marotaba kuning birinchi yarmida soat 11:00 larda bir
stakan kattik va kuning ikkinchi yarmida soat 16:00 larda bir stakan
qattiq ichib turaman. Chunki qattiqda foydali tomonlari juda ko'p
bulardan kalsiy inson salomatligi uchun eng kerakli va foydali
elementlardan xisoblanadi. Xar kuni kuniga bir marotaba bo'lsa xam bitta
olma iste'mol qilishga xarakat qilaman. Olmada temir moddasi bor bu xam
juda organizm uchun kerakli modda. Uning ustiga immunitetni oshiradigan
tabiiy maxsulotlarni iste'mol qilishni afzal ko'raman.
- Iroda Dilrozning go'zallik siri nimada?

- Xamisha yaxshi kayfiyatda bo'lishida.
- Ayyolning go'zalligi nimada?
- Samimiylikda. Bilaman ayyol kishiga noz yarashadi noz xam o'ziga
yarasha go'zallik baxsh etadi. Shuning uchun noz va samimiyat
uyg'unlashuvi ayyolning go'zalligi bo'la oladi.
|