Nafaqat O`zbekiston, balki O`rta Osiyo primadonnasi [bu ta'rifni Turkiya jurnalistlari ishlatishmoqda!] Yulduz Usmonova Turkiya shou biznesini tobora zabt etib bormoqda! Yulduz Usmonovaning turk tilida kuylangan "Ko`rmasam bo`lmas" nomli qo`shig`i Turkiyaning eng mashhur KRAL TV telekanali hit-paradida yettinchi o`rinni egallab, tobora yuqori o`rinlarga chiqib borayapti! Va eng qiziq hamda muhim jihati shundaki, qo`shiqlarni turk tiliga o`girish borasida sevimli xonandamizning o`zi ishlayotgani tahsinga loyiq. Yulduz Usmonova hozirda Turkiyada ijod qilayotgan bo`lsa ham uni hamma davralarda "o`zbek qizi" deb kutib olishyapti. Hozirda Yulduz Usmonova 1 qator gastrol safarlariga tayyorgarlik ko`rmoqda! O`zbek primadonnasi haqidagi eng qiziq ma'lumotlarni bilishni istasangiz sherlar.uz saytidan uzoqlashmang! Sizni hali oldinda misli ko`rilmagan yangiliklar kutayapti!