Hayot har bir kishiga ulkan va bebaho tuhfa in’om etadi, bu kuch-quvvatga to‘la yoshlik, bilim va kurashga chanqoqlik, ishonch va orzu-umidga to‘la o‘spirinlikdir. N. A. OSTROVSKIY Yoshlik — buyuk afsungar. A. S. PUSHKIN Yoshlik o‘zining olijanob tashabbusi, sofdillikka, adolatga, bashariy haqiqatga behudud intilishi bilan taraqqiyotning buyuk kuchlaridan birini tashkil qiladi. N. V. SHELGUNOV Yoshlik, bu — orzu. Bu — ishonch. Bu — jasoratga intilish. Bu — lirika va romantika. Bu — kelajakka tuzilgan ulkan rejalar. Bu — istiqbolning boshlanishi. N. HIKMAT Agar yoshlik orzusi bo‘lmaganda inson hayoti bir nuqtada to‘xtab qolgan bo‘lardi, ko‘pgina ulug‘ goyalar xayolparast yoshlikning beg‘ubor nalagida nish urgan. K. D. USHINSKIY Yoshlik shu narsa bilan baxtiyorki, uning kelajagi bor. N.V.GOGOL Yoshlik inson hayotining so‘nggi yillari uchun urug‘ qadala-digan bahor pallasidir. Ya. B. KNYAJNIN Yoshlik paytida shunday ulug‘ fikrlar tug‘iladiki, bu fikr-lar kelajakda insonni ko‘klarga ko‘tarishi lozim. K. GELVETSIY Yoshlik — xuddi aqlni alg‘ov-dalg‘ov etuvchi sarmastlikka o‘xshaydi. F. LAROSHFUKO O, yoshlik! Yoshlik! Ehtimol, butun latofating siri hamma narsani uddalash imkoniyatiga ega ekanligingda emas, balki hamma narsani uddalayman, deb o‘ylash imkoniyatiga ega bo‘lganligingdadir. I. S. TURGENEV Yoshlik —- olijanob tuyg‘ularning bokira pallasi. N. G. CHERNISHEVSKIY Olov nayting, chaqmoq damlaring Yodingda tut, unutma zinhor... I. AKSAKOV Yoshlikning o‘zi hayot poeziyasidir, har bir odam umrining boshqa pallalariga nisbatan yoshligida yaxshiroq bo‘ladi. V. G. BELINSKIY Ayniqsa, g‘ayritabiiy narsalarga ishtiyoq kuchli bo‘lgan yoi lik pallasida kishi jasoratga intiladi, qalbi doimo hammaga va hamma narsaga ochiq bo‘ladi. N. V. GOGOL Yoshlik hamisha fidoyilikdir. A. I. GERSYoN Yoshlik iisoniyatning eng ajoyib, eng harakatchan otryadidir. M. I. KALININ Yoshlar ertangi kunning asosiy kuch-qudratidir. A. V. LUNACHARSKIY Yoshlarning ongida qanday kayfiyat ustunligini aytsang, men senga keyingi avlodning tabiati qanday bo‘lishini aytib beraman. E. BERK Yoshlik kishiga faqat bir marta beriladi, har bir odam yoshdigida boshqa yoshdagiga nisbatan barcha yuksak va porloq narsalarga yaqinroq bo‘ladi. Qarigan chog‘ida ham qalb mehri va haroratini So‘ndirmay, yoshlignni saqlab qolgan odam baxtiyordir. V. G. BELINSKIY Beozor yoshlik yillaridan kamolotniig vazmin yo‘llariga otlanar ekansiz — hamma narsani, insonga xos barcha harakatni o‘zingiz bilan birga ola keting, yo‘lda qoldirmang: keyin uni o‘rnidan siljita olmaysiz! N. V. GOGOL Muayyan maqsad, o‘zni idora qila bilish, samimiyat, mehnat-sevarlik, vaqtni qadrlash — mana shu xislatlarni egalla-shingiz lozim, yigitlar. N. P. OGAREV Yoshligingni asra. Dunyoda undan yaxshi palla yo‘q. Undan qimmatli narsa ham yo‘q! Yoshligingni, xuddi oltin kabi, istagan narsaga ishlatishing mumkin. M. GORKIY Hayot juda ajoyib, unda jozibadorlik benihoya ko‘p, lekin yoshlarni ulkan qimmatga ega bo‘lgan hamda insonni har tomonlama kamol toitiradigan narsalarga da’vat etish kerak. M. I. KALININ Dunyoda hech narsa kishini o‘soirinlik yillariday musaffo va olijanob qilolmaydi, kuchli ijtimoiy manfaat ularni asrab-avaylaydi. A. I. GERTSEN Kimda-kim yoshligida o‘zini ulug va ajoyib ishlar bilan yoki loaqal oddiy, lekin halol va foydali mehnat bilai mustahkam bog‘lamagan ekan, u yoshligi qanchalik xushchaqchaq o‘tgan va qanchalik yorqiy xotiralar qoldirgan bo‘lmasin, uni hayf ketgan, deb hisoblayverishi mumkin. D. I. PISAREV Yoshlik — ajoyib: uni yelga sovurish jinoyatdir. B. SHOU Insonning so‘nayotganini ko‘rishdan dahshatli manzara yo‘q. A. I. GERTSEN Qulochni keng yozib yashash kerak. Bu faqat rassom va shoirlargina emas, balki har bir yosh mehnatkashga aloqador. S.G.KONENKOV Yoshlik biror narsa to‘g‘risida mulohaza qilishdan ko‘ra ixtiro qilishga, maslahatdan ko‘ra amalga opshrishga, muayyan bir ish bilan shug‘ullanishdap ko‘ra turli-tuman xayolotlar bilan yashashga moyilroq bo‘ladi. B. BEKON
|