Rossiya transfuziologiyasi asoschisi Aleksandr Bogdanov bir odamning qoni boshqa bir odamga quyilishi, ya’ni qon almashinishi tanani yosharishga olib keladi, deb hisoblardi. U o‘z sinovlarini o‘n bir marotaba o‘zida sinovdan o‘tkazdi va har gal yoshara boshlagani haqida gapirardi. O‘n ikkinchi marta o‘tkazilgan sinov esa, fojia bilan yakun topdi. U sil kasaliga uchragan talaba bilan qon almashdi. Vrach talaba yigitning immunitetini ko‘tarish va kasallikdan xalos qilish niyatida edi. Shunday bo‘ldi ham. Oradan ma’lum muddat o‘tib, talaba sog‘ayib ketdi, biroq vrach sil kasaliga uchrab, dunyodan ko‘z yumdi.