Hulq - har kim o'z qiyofasini ko'rsatadigan ko'zgu. *** Dunyo-mo'minlarning bozori, kecha va kunduz sarmoyalari, go'zal amallar-tijorat mollari, jannat-foydalari, jahannam esa zararlaridir. *** Seni maqtovchilardan qoch, ularning madhi qalbingni o'ldiradi. *** Qalbdagi kibrni chiqarish, tog'ni igna bilan qazishdan qiynroqdir *** O'liklar afsuslanayotgan narsalar ustida tiriklar qirpichoq bo'lishmoqda. *** Sharq Haqni topdi, dunyodan kechib, G'arb dunyo topdi, Allohdan kechib. *** Mo'min chiroyli tinglay oladi, qaraganda kulib boqadi, yurganda sekin yuradi. *** Haqiqiy mo'minning tilidan ham, qo'lidan ham mo'minlar ozor topmaydilar *** O'qiydigan kitobimiz bizni bir mushtdek sergak tortirmasa ,nima ishga yaraydi. *** Ilmning xo'jayini bo'lishni istagan kishi mehnatning quli bo'lsin. *** Ishlarning eng qadrlisi qiynchilik bilan qilinganidir *** Inson Hulq atvori bilan go'zal, dini bilan madaniyatli, Qur'on kitobi bilan o'qimishli, Namozi bilan sog'lom, Ro'zasi bilan sabrli, Allohga qadrli inson, Muhammad s.a.v ga sevimli Ummat! *** Inson xatoni ko'proq tili bilan sodir qiladi. *** Dunyo g'ami qalbga zulmat, Oxirat g'ami qalbga nurdir. *** Kichkina gunohni past sanamang, albatta undan katta-katta gunohlar o'sib chiqadi *** Vaqt- dunyoda undan uzun , undan qisqa narsa yo'q. *** Mo'min inson yaxshi niyatli bo'lgani uchun aldanib, Munofiq inson esa yomon niyatli bo'lgani uchun aldab yashaydi. *** Tasoddif yo'q bu dunyoda, hamma narsa yo sinov,yo jazo, yo mukofot ,yo oldindan aytish *** Banda o'zini yerga urgani sari Robbisiga yaqinroq bo'ladi. *** Dunyo xuddi nozanin ayolga o'xshaydi.Sen uning ortidan tushsang,u sendan o'zini olib qochadi.Agar undan yuz o'girsang u sen tarafga chopqillab keladi. *** Moling kamayganda emas, umring kayganda achin *** Qaysi kimsaning qalbiga zarracha kibr kirsa, shu miqdorda aqli ketadi *** Eng afzal sadaqa musulmon kishining bir ilm o'rganib,so'ng uni musulmon birodarlariga o'rgatishdir *** Do'st istasang Alloh yetar, dushman istasang nafs yetar *** Ilmiga amal qilmaydigan olim ignaga o'xshaydi.Hammani kiyintiradi-yu,o'zi yalang'och.
|