Klipmeykerlikdan ishini boshlab mashxur rejisser
bo'lishga ulgurgan Yodgor qanchalik «Vatan»ni sevishini bizning
suxbatimizdan bilib olasiz.
Yodgor Nosirov xaqida
«Xijron» va «Gulim» filmlarini sur'atga olgan.
Sevimli mashg'uloti kechqurun mashina xaydash.
Bouling bo'yicha bir-necha bor havaskolar ichida g'olib bo'lgan.
Xamirli taomlarni tayyorlashni biladi.
Uzbekiston Davlat san'at institutining TV rejisserlik bo'limida 4 kurs talabasi.
- Sizningcha mashxurlik baxt keltiradimi?
Menimcha mashxurlik baxt keltirmasa kerak. Lekin men juda baxtliman. Onajonim mening eng katta baxtim.
- Oxirgi marotaba onangiz bilan qachon sayrga chiqganingizni eslay olasizmi?
- Albbata! Onajonim mashinada sayr qilishni yaxshi ko'rganlari uchun
oxirgi marotaba 2010 yilning 17 iyun kuni mashinamda aylantirib keldim.
Chunki 20 yildan oshik o'zlari mashina xaydaganlar. Kechki ovqatni
ko'pincha onajonim bilan qilamiz. Chunki ularni juda yaxshi ko'raman.
- Xovli ishlarini qilib turasizmi xech yer chopib ko'rganmisiz?
- Tug'risi men ko'p qavatli bino kvartirada (domda)turaman. Lekin
Navro'z bayramlarida, xasharlarda albbata yer chopib turaman. Bunga
shubxa qilmasangiz xam bo'laveradi.
- 9 rota kinosi uchun F.Bondarchukga qanday yordam bergansiz?
- U yerdagilar O'zbekistonlik yoshlardan kimlar bor deyishganda
yordamchi sifatida meni tavsiya kilishganligi bois bu fil'mda men
rejisserga to'rt kun davomida yordam berganman. Ishdan xech qachon
qochmayman.
- Komediya janridagi filmlarni olish niyatingiz bormi?
- Komediya filmini olish niyatim bor. Ammo bachkanalikdan qochgan
xolda shuning uchun yaxshilab o'ylab olib keyin ishga kirishaman.
- Yaqin kunlarda kinoda bosh rolda chiqar ekansiz. Shu tug'rimi?
- Yo'g'-a. Lekin iste'dodli akter Ulugbek Qodirov bilan bitta
epizodda chiqdim, xozircha qaysi fil'mligi sir. Chunki ancha muncha,
xech kim bilmagan sirni faqat sizlarga oshkor etdim. Fil'm davomida bor
yo'g'i ikki daqiqa ko'rinaman.
- Xamkasblaringizni ijodiyani qanday baxolaysiz?
- Barcha xamkasblarimni ijodini yuqori baxolayman va xurmat qilaman.
- Qaysi rejisserni ishi yoqadi?
- Menga rejisser Stiven Spilbergni ishlari juda yoqadi va men uning
fanatiman. Uni filmlarida chuqur ma'no va yuksak maxorat joy olgan.
O'zbek rejisserlarining xammasini ishi yoqadi.
-O'zingiz tasvirga olmagan qaysi klipni maqtay olasiz?
Unday kliplar ko'p. Misol uchun Diasning, «Shod» guruhining va Ruxshonaning kliplari yomon emas. Xullas juda ko'p.
Sizni rosa qizg'anchik deyishadi. Naxotki shu gap rost bo'lsa?
Xa,xa,xa to'g'ri men sal qizg'anchiqman chunki pullarni yerdan
supurib olayotganim yo'q. Ko'p qarz so'rab kelishganida pul bermayman
shunga qizg'anchiq deyishsa kerak. Juda pishiqman. Shuning uchun
o'zimni pulimga mashina va uy sotib olganman. Maslaxatim qarz
bermanglar. Yana bir gap agar do'stingni ko'rging kelmasa unga QARZ ber
va uni boshqa ko'rmaysan.
Muxlislardan savollar
- Abduxalilov Jamshid 23 yosh:
Qo'shiq kuylashga qiziqishim baland. O'tgan yili xarbiy
xizmatga borib «Yagonasan Vatan» ko'rik tanlovida g'olib bo'ldim.
Yaqinda «Vatan» xaqida klip olishni reja qilganman. Agar siz klip olib
bersangiz taxminan qanchaga olib berasiz?
- Agar menga texnika ketadigan xarajatlarni qoplasangiz men
«Vatanim» uchun tekinga klip olib beraman. Agar qo'shiq shunga loyiq
bo'lsa, albbata O'zbekistonim Vatanimni sevganim uchun. Bu gaplarim
paxta emas.
- Payziev Ziyodilla 22:
- Sizni ijodingizni kuzatib boraman. Barcha qilgan
ishlaringizni yuqori baxolayman.Eshitishimga qaraganda o'zingizga
shogirdlikka xech kimni olmas ekansiz. Men sizga shogirdlikka
tushmoqchi edim. Sizga muroojat qilolmas ekanmanda?
- Men uzim xali shogirtmanku lekin ko'p yigitlar kelib sura'tga
olish jarayonida tomosha qilib ketishadi. Jaxlim chiqganida qo'rqib
qochib ketadiganlar xam yo'k emas. Xullas kelsangiz bo'ladi faqat oylik
yo'k. O'zim xam 4 yil tekinga xammaga yordam berib o'rganganman.
|