Yo'qotib qo'yishdan qo'rqardim seni, Yuragim ezardi yolg'iz shu xadik, Shu qo'rquv ta'qib etardi meni Shu sabab ko'zingga boqolmasdim tik...
Yo'qotib qo'yishdan qo'rqardim juda, Afsuski qo'rqqanim bo'ldi-ku sodir. Afsuslarim endi bekor-bexuda, Sevmoqdan o'zgaga emasdim qodir...
Yo'qotib qo'yishdan qo'rqardim yomon, O'sha kun ketding-u kelmading qaytib... Ko'z yoshlarim bo'lib bir ummon, Dod solib yig'ladim, Dardimni aytib...
Balki yo'qotishdan qo'rqqanim uchun, Bu taqdir menga xam qildim-u xazil... Sensiz bo'lmas bu baxtim butun, Men seni kutaman, Azizim Qaytgil...
Seni yo'qotishdan qo'rqardim juda...
06.12.2007 yil. Djulyetta...
|