Avstraliyaning Lucapa Diamond kompaniyasi 404,2 karat og‘irlikdagi yirik olmos topilganligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Tjournal xabar beradi.
Yangilik paydo bo‘lgandan keyin uning aksiyalari 32 foizga qimmatlashdi.
Bu kattaligi bo‘yicha tarixdagi 27-olmos bo‘lib, Avstraliya kompaniyalari tomonidan topilganlari ichida eng yirigi hisoblanadi.
Mutaxassislarning baholashicha, Lucapa Diamond kompaniyasining topilmasi 800 ming dollar, ishlov berilgandan keyin esa millionlab dollarga teng bo‘lishi mumkin.
|