Kecha uydagilar narigi <do'm> da turuvchi Manzuralarnikiga sovchilikka borishibdi. Noz qilib, sovchilarimni qaytaribdi. Nima emish, chet ellik yigitga tegarmish. Urgildim nozingizdan. Aytishlaricha, Hindistonda bo'lajak kuyovning uyiga sovchi kelarkan. G'alati-ya! Tasavvur qiling, bizda ham shu anana urfga kirsa. Yigit uqishga ketgan . Ota-onasi uyda utirishibdi. Bir payt eshik qo'ng'irig'i jiringlaydi. Ochishsa, qulida tog'ora ushlagan erkaklar..
-Kelinglar, mehmonlar, hush kelibsiz. -Hushvaqt buling, oka. Mehmonlarni mehmonhonaga uyning hujayini boshlab kiradi. Mehmonlar utirgach, ularga choy uzatiladi. U yoqdan bu yoqdan gap bo'ladi, futbol haqida gaplashishadi, keyin sovchi bo'mishlar gap boshlashadi: -Shoqosim aka, uyingizga bir yumush bilan keldik. -Hush,- Shoqosim aka garchi hamma gapni sezib turgan bo'lsada, ananaga sodiq qoladi. - Shu desangiz, ostonagizda qulchilikka keldik. -Yug'e, qul kerakmas, hamma ishni xotinimning o'zi uddalayapdi. -Oka, siz bizni tushinmadingiz, uyingizga bir bulbul bor ekan, bizda esa g'uncha , bulbulingizni g'unchamizga qundiraylik. Shoqosim aka ug'liga birinchi bor sovchi kelgani bois <> tushinmaydi. - <Mozgi> ga o'ynamang, mehmon, kim aytdi menda bulbul borligini, ikkita bedanam bor, xolos. Lekin unga gul ham, g'uncha ham, tikan ham keremas. Hamma narsani muhayyo qilib quyganman. Sovchilar: -<karoche>, gap bundoq, oka, institutda uqidigan Mamarayim degan o'glingiz bor ekan, qizimiz Sayyorani ko'ngli shunga tushib qolibdi. Agar rozi bo'lsangiz, shu o'g'lingizni qizizga so'rab kelgandik. Shoqosim aka: - Ha, qog'ozga o'ramay <pryamoy> aytmaysizmi? Rahmat kelganlaringiz uchun, lekin o'g'limiz hali yosh, endigina uttizga kirdi. Uning ustiga o'g'lim nima der ekan? Shu payt Mamarayim ham o'qishdan qaytadi. Onasini ko'rib, << Ena, kim keldi, nima sasiyapdi, ha, tuflilarmi, kimning tuflilari bu?>> deydi aftini bujmaytirib. Onasi: - Senga sovchi kelibdi. Mamarayim uyalib yerga qaraydi. Onasi: - Tovuq firmada ishlaydigan Sayyora senga sovchi yuboribdi. -Ey, qo'ying-ey. -Ertaga uchrashuvga chiqasan, seni<Spark>ida kelib olib ketar ekan. - Chiqmayman, boring-ey. -Nima deysan, rozimisan? -Mayli, sizlar nima desalaring shu. G'alati bularkan-a? Qizlarimiz noz qilsa ham, o'zimizning urf-odatlardan qo'ymasin. Men ham ko'chada qolmasman, tengim chiqib qolar...
|