Yomonlabsiz qizlarni, Haqoratlash shartmidi. Asdabingiz sizlarni, Shuncha og’ir dardmidi. Qizlarni chetga surib, O’zingizga bir boqing. Sizlarda ayb bo’lmasa, So’ngra nog’ora qoqing. Jon-jon deysizku axir, Ko’z qisib,qoshin qoqsa. Tan oling shunday qizlar, O’zingizga ham yoqsa. Ustun kelib ularning, Turli hiyla nayrangi. So’ngra yoringiz bilan, Boshlanadi rashk jangi. Nomiga she’rlar bitib, Soxta bo’yoq yuzlarni. Qadrini bilmaysizku, Aqlli sho’x qizlarni. Ko’zingizni ko’r qilgan, Otangizning pullari. Ko’ngil hushli davralar, Hamrohingiz tunlari. Do’st-dushmanni oldida, Xoxlagancha ichasiz. Janjal qilib mastlikdan, Otadan ham kechasiz. Uyalinge yigitlar, Bunday yurish turishdan. Keyin sal-pal fikrlang, Qanday oila qurishdan. Chekmayman degan tillar, Yo’q deyishga ham titrar. Qizil kitobga kirgan, Ichmaydigan yigitlar. Qizlarni yomonlamang, Ayol zoti muqaddas. Bittasi yomon bo’lsa, Mingtasi arzir havas. Ammo yigitlargachi, Ne deyishni bilmaymiz. Ko’nglimiz juda nozik, Bekorga dil bermaymiz. Ishq bermasa bizlarga, Yo sevmayin o’tgaymiz. Insof tilab sizlarga, Chin Tohirni kutgaymiz!!!!!!
|