CHORSHANBA, 2025.01.01, 04:15
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1098

Статистика

XOZIR SAYTDA 5
MEXMON 5
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Апрель » 15 » Yaxshi yigit, tanishsak bo‘ladimi?
22:33
Yaxshi yigit, tanishsak bo‘ladimi?

— Yaxshi qiz, tanishsak bo‘ladimi, ismingiz nima? 
Bu kabi turli murojatnamo gaplarni ko‘cha-ko‘yda ko‘p eshitamiz. Tabiiyki, bunday tashabbus bugungi kungacha faqat yigitlar tomonidan ko‘tarilgan bo‘lib, bu vaziyatda qizlar uyalganidan yerga qarashgan. Ammo, bugun...
Ko‘pgina yangi urf bo‘lgan «an’ana»lar qatorida yigitlarga "gap” otadigan qizlar toifasi ham shakllanib borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. To‘g‘risi, bu haqda yozishga oldiniga andisha qildim. Ammo baribir kimdir gapirishi kerak, aks holda bundan ham ko‘ngilsizroq voqelar sodir bo‘lmasin, degan niyatda qo‘limga qalam oldim.
Keling, yaxshisi o‘zim bevosita guvohi bo‘lgan bir voqeani aytib bera qolay. Balki ayrim dugonalarim bundan o‘zlariga kerakli xulosani chiqarib olishsa.
Odatdagidek kechki payt ishdan chiqib, metroga tushdim. Metro poezdini kutib o‘rindiqda bir pas o‘tirdim. Yonimda 18-19 yoshlar chamasi ikkita chiroyli qiz ham gaplashib o‘tirishibdi. Shu payt bir yigit kelib yonimizdagi ustunga suyanib turdi. Uni ko‘rgan haligi ikki qiz bir-birini sekin turtib qo‘ydi: ”Qara, Nilu, kelishgan ekanmi”. Ularning suhbati beixtiyor menga ham eshitilardi. (Bundan boshqa ilojim ham yo‘q edi).
— Hozir ko‘rasan, men ana shu bola bilan tanishaman, telefon nomerini ham olaman, deb qoldi birinchi qiz o‘rtog‘iga. Unisi bo‘lsa, "Ololmaysan Nilu, nima qilasan ovora bo‘lib” deganicha kulib qo‘ydi. Endi Nilu degani yigitdan ko‘z uzmasdan uning o‘ziga qarashini kuta boshladi. Va nihoyat, yigitning nigohi qizlarga tushdi. Fursatdan foydalangan qiz unga qarab ikkita barmog‘ini telefon shakliga keltirib qulog‘iga tutdi. Hech narsadan xabari yo‘q yigit avvaliga hayron bo‘lib qaradi va keyinroq nima demoqchiligini tushundi-yu, sekin kelib ularning yoniga o‘tirdi.
Shunday qilib, birinchi bosqich muvaffaqiyatli yakunlangan edi. Qiz bolaning bunday tashabbusiga odatda kamdan-kam yigitgina rad javobini qaytaradi. Voqea davomini kuzata boshladim. Tanishganlariga endigina bir daqiqa bo‘lgan yigit bilan qiz eski tanishlardek suhbatini boshlaganlarida metro poezdi kelib qoldi-yu, voqeaning davomi qanday tugashiga bo‘lgan qiziqish qanchalik ustun bo‘lmasin, o‘z yo‘limda davom etdim.
Xafa bo‘lmasam ham bo‘larkan. Bu ko‘rganim ke¬yingilarining oldida hech narsa emas ekan. Endi har qadamda deyish sal noto‘g‘ri bo‘laru, lekin kunda bir necha bor bu kabi «noodatiy» hollarga duch kela boshladim. Yoshgina qizlarning bu darajada "jasorati”dan hayratga tushasan ba’zida.
— Voy, tavba, axir bu teskari zamon bo‘ldi-ku. Qizlar yigitlarga gap tashlab tursa-ya. O‘zbek qizining ibo, hayosi qaerda qoldi? Endi nabiralarimga qanday qilib to‘g‘ri tarbiya beraman. Ko‘chadagi bunday hangomalarga guvoh bo‘lib ul¬g‘ayayotgan qizaloqlarning balog‘atga yetganda qanday kelin bo‘lishini tasavvur qilib ko‘rayapsizmi, qizim?! — deb gapirib qoldi navbatdagi tomoshaga men bilan guvoh bo‘lib qolgan onaxon.

Rayhona Xo‘jayeva,
"Ma’rifat” gazetasidan


Категория: FIKR-MULOHAZA | Просмотров: 3145 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz