Главная » 2011»Ноябрь»14 » Dunyodagi hamma - hamma narsadan ko'nglim kun sayin sovib bormoqda!!!
12:34
Dunyodagi hamma - hamma narsadan ko'nglim kun sayin sovib bormoqda!!!
Assalomu alaykum...! Hurmatli sherlar.uz saytining samimiy foydalanuvchilari men bundan 4 oy oldin ham bu saytga MENING HAYOTIM QISSASI mavzusida yangilik chiqargan edim....! Agar yodingizda bo'lsa ismim Umidabonu endi eslagandirsiz.... sizlardan maslahat so'ragan edim.... Xullas bundan 2 oy oldin meni sevgan isnonga o'zim haqimda hayotim haqida hammasini aytdim....Hech narsani yashirmadim .... Nogiron ekanligimni...Shuning uchun ham ilojsiz ekanligimni aytdim.... Meni boshqa bezovta qilmasligini.....sevgisiga no-loyiq ekanligimni..... Mendan umid qilmaslgini o'tinib so'radim.....! Undan uzoqlashishni uni faqat baxtli bo'lishini istardi qalbim.... Men unga haqiqatni aytaganimdan so'ng vijdonim oldida o'zimni juda yengil his etdim.....Shunchalik qiynalgan edimki unga haqiqatni aytolmay yurgan kunlarimda....Endi esa u men haqimda hammasini biladi...... Shu voqeadan keyin u meni tashlab ketadi....Mendek bir nogiron qizdan voz kechadi deb o'ylagandim.....Lekin u meni tashlab ham ketmadi voz ham kecholmadi.... Do'stim ham bo'la olmasligini aytdi....Men sening hayotingdagi umr yo'ldoshing bo'laman deb aytdi....! Men unga ahvolimni qanday ekanligini qancha tushintirsam ham bari befoyda edi.... O'zimni undan qancha uzoqlashtirsam u shuncha menga yaqinlashardi.... Nega axir .....Nahot tushinolmasa....Nahotki meni tushinish shunchalik mushkul bo'lsa....? Meni qalbim ham vujudim ham hozir juda azobda qolgan............ Balki meni tushinish qiyin emasdir....Lekin u ahvolimni bila turib nega mendan voz kechmaydi deya har kuni o'zimga o'zim shu savolni beraman......! U yaqinda o'z yurtiga qaytib keldi......Endi bo'lsa men bilan uchrashishni har kuni so'raydi......Buni iloji sira ham yo'qligini tushinmaydi... U bilan tanishganimdan baxtiyorman lekin uni do'stim deb samimiy munosabatda bo'lardim.....Hozir ham do'stim deya murojat qilaman....Har doim gaplashganimizda mendan do'stlikdan ortig'ini kutmasligini so'ramasligini aytaman....! Hozir juda mushkul ahvoldaman nima qilsam bo'ladi.....? Shu kunlarda sog'ligim ham yaxshi emas.......... Qalbim juda azobda.....Nahot bir umr men kutgan shirin baxtlar yolg'on bo'lsa.... Nahotki shuncha yil qalbimda yashagan umidlarim meni tark etsa...... Menga shuncha yil sabr bergan Allohim bundan keyin ham sabr berishini yolvorib so'rayman... Hozir juda ham ruhiy tushkunlikka tushib qolganman..... Necha kundirki......kulishni ham yig'lashni ham unutib qo'ydim.... Men yig'lashni istadim....lekin ko'zimdan bir tomchi yosh ham kelmayapti........ Men nima qilsam bo'ladi.....to'g'ri yo'l ko'rsating azizlarim iltimos..... Man o'zimni kasaligim haqida shunchalik ko'p narsani bilamanki buni yuraka sig'dirib bemalol kulib yashash hammaning ham qo'lidan kelavermaydi......! Bu kasaligim mani baribir xarob qiladi....Yillar o'tgan sayin o'z kuchini tasirini ko'rsataveradi......! Hozir to'g'ri juda bo'lmasa ham baribir o'zim yura olaman.... Qo'llarimni ishlata olaman.....Qo'limdan ish qilish keladi.....! Faqat hozircha bu narsalarni hammasi o'tkinchi holat hisoblanadi....! Axir mana 9 yildan beri davolaman ahvolim og'irlashib qolmasligi uchun...! Lekin bularni hammasi befoyda ozgina bo'lsa ham foydasi yo'q....! Man esa Allohim menga yana qanday sinovlarni tayyorlab qo'ygandir deya har kuni o'ylanib qolaman......! Hayot chiroyli....Go'zal....va sinovli........men shu vaqtgacha rostini aytsam bunday yashashdan charchab ilk marta 13 yoshimda va yaqinda shu sinovlardan qutulish uchun o'z joniga qasd qilishgina man uchun eng yaxshi yo'l chora bo'lib ko'rindi...! Lekin man bunday qilolmadim.....Nega deng....? Chunki Allohdan qo'rqaman va qo'rqdim......! O'zi dunyoda qiynalib yashadim endi o'zimni o'ldirsam u dunyoda ham qiynalaman-ku dedim......Keyin ota - onamni o'yladim......! Ayniqsa dadajonimni.......! Dunyodagi hamma - hamma narsadan ko'nglim kun sayin sovib bormoqda!!! To'g'ri hozir yashayapman....faqatgina dunyoda mehribon do'stlarim borligi uchungina yashayapman....Chunki bu dunyoda menga boshqa hech narsa kerak emas....! Men uchun eng qadrli insonlarim bu Akobir do'stim...Sadoqat dugonam... Alisher do'stim Fahriddin ana shu insonlar meni eng yaqin qadrli do'stlarim....Allohga shukr..shu mening g'aribgina hayotimdagi baxtim.......! Menga maslahat bering........Samimiyat ila Umidabonu.....! 13.11.2011....11:04....!