-Yaqinda to’yim bo’lyapti…Biroq baxtli
bo’larmikinman? To’g’risi, bu xaqda qanday aytishni bilmayapan.Tasavvur
qilyapsizmi, istiroblarim xaqida aytganim sari ular meni battaroq
qiynay boshlaydi. Aytimoqchimanki, men kasalman. O’pkamda shamollash
bor.Yana faqatgina shamollash emas,o’pka saratoniga yo’liqqanman…Buni
yaqinda bilib qoldik,anchadan beri sog’ligimda muomolar paydo
bo’lib,yo’taqlib,qiynalib yurardimu buni shunchaki shamollash,grippga
yo’yib unchalik ahamiyat bermasdim…Oilada bir o’g’il,ikki qizmiz.Men
to’ng’ichiman.
Kasalligimni bilishdan oldin
shunaqangi sho’x,shoddod,quvnoq qiz edim.Endi esa ko’nglimga xech nima
sig’maydi.Odam uchun umrining kun sayin,soat sayin tugab borayotganini
bilishdan ortiq azob bormi?!Uzzukkun uyda yeg’lab o’tiraman.To’yni
boxona qilib ishimdan ham bo;shab oldim.Ota-onam,ukam, singlim ham
menga qarab adoyi tamom bo’lishdi.Uyimiz azahonaga aylanib
qolgan.O’tgan yili fotiha qilingandim.Unda kasalligimni
bilmasdim,bilish tugul xatto hayol ham qilmasdim.Bo’lajak kiyov bilan
bir-birimizga ko’ngil qo’yishganimiz uchun to’y
boshlagandik.Unashtirilganimizdan keyin u xorijga ishlagani
ketdi.Yaqinda qaytiyapti.Ikki oy ilgari qudalar to’yni belgilab
ketishgandi.
Endi mening kasalligimayon bo’ldi.Bu
yog’i qanday bo’lishni o’ylasam yuragim uvishib ketadi.Bu gapdan
qudalarning xabari yo’q.Onam bilan shu masalada xar kuni tortishamiz.
Men to’yni qaytarib,u yigit bilan orani ochiq qilish kerakligini
aytsam, onam "Yo’q,men qaytarilishini ko’tara olmayman.Unaqa yomon
xayollarga berilmay,hudodan baxtihgni so’ra.sen tuzalib ketasan.
Agar to’y qaytarilsa, o’ylayverib
battar kasalihg zo’rayadi.Shoyad to’ydan keyin tuzalib ketarsan”,deb
meni qaytaryaptilar.O’zim ham shundan umidvorman,ammo…Baribir bu dard
tuzalmasligini,umrim oz qolganligini bila turib,bir
yigitni,ayniqsa,o’zim sevgan yigitning baxtini yarim qilishni o’ylasam,
vijdonim qiynalib ketyapti.Axir ular umid qilib,shu qiz bilan qo’sha
qarib,baxtli bo’lsin, degan niyatda to’y qilishyapti.BIr oilahihg
orzularini bila turib sindirishim,topgan-tutganini elga sovurishim,
ihsofdan emas-ku,axir!Onam buni tushunishni istamayapti.”Sen
yigitingni,uning ota-onasini o’ylesan-u meni o’ylamaysan-a?!Men
onaman-ku,farzandimning nom-nishonsiz o’tib ketishiga qandoq chiday
axir?!
Avval meni tushunishga xarakat
qil,ana undan keyin boshqalarning vaziyatiga baxo berasan”,deb
yeg’layaptilar.Ochig’i, ularni xam yaxshi tushunib turibman.Biroq
tarozining sevgilim tomonidagi pallasi tortib ketyapti.Sevgan odam
qandoq qilib aziz insoniga baxtsizlik va ayriliqni ravo ko’rsin?!Bu
borada menga maslaxat bersalaringiz?
Nodira,Nukus.
|