Главная » 2015»Декабрь»8 » Yaponiyalik olim tish plombalari o‘rnini bosuvchi pasta kashf etdi
22:53
Yaponiyalik olim tish plombalari o‘rnini bosuvchi pasta kashf etdi
Yaponiyalik olim Kazuye Yamagashi gigiyena sohasida inqilobiy kashfiyotni qo‘lga kiritdi. Bu haqda The Daily Telegraph nashri bergan ma’lumotlarga asosan AdMe xabar qilmoqdarkitish, shuningdek, stomatolog yordamisiz tish emalini tiklash mumkin.
Uning tarkibi tish emalinining tarkibiga o‘xshaydi va bu pastani bevosita tishdagi g‘ovakka surkash mumkin. Material tishning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan gidroksil-apatit yordamida o‘tkazilgan tajribalar asosida olindi.
Pasta qo‘llanilganda, birinchi navbatda, uning tarkibida bo‘lgan kislota yorilgan emalni biroz eritadi. Oradan uch daqiqa o‘tgach, pasta kristallanadi va sun’iy material emalning tabiiy tuzulishiga jips bo‘lib qorishadi. Shu bilan birga bu bakteriyalarga qarshi yaxshi vosita hisoblanadi.
Yaponiyalik stomatologlar tomonidan o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, pasta yordamida davolangan tish ― sog‘lom tishdan hech ham farq qilmaydi. Farqni hatto mikroskop yordamida aniqlashning iloji yo‘q.