Yanvar oyining eng bachkana qo`shig`i! Rashid Holiqov repper?
Rashid
Holiqov va "Shahzod" guruhi ancha yillardan beri o`z reytingini stabil
ushlab turgan ijodkor hisoblanadi. O`tgan 20 yil davomida bu guruh juda
ko`p muxlislar orttirdi. Yaqinda radio va TV orqali namoyish etilishni
boshlagan ushbu guruhning "Voy" nomli qo`shig`i juda ham bachkana
chiqibdi. Chunki qo`shiq so`zlariga chidab bo`lmaydi. Esimda qolgan
misralarini aytaman. Adashib ketsam uzr.
Voy, voy Tunda tanho oy Dema, dema voy Tomog`imga yoy Voy, voy...
Dunyoning 1inchi raqamli Jo`qi
shoiri ham bunaqa bachkana she'r yoza olmasa kerak! Buni she'r ham deb
bo`lmaydi! Eng kulguli jihati, naqoratdan tashqari joylarida Rashid Holiqov rep kuylagan!
Endi, bu yoshda rep yarashmasa kerak. Boshqacha yangilik qilsa bo`ladi.
Aynan rep sifat qo`shiq aytmasa ham bo`lardi. Yana kim bilsin.
Hammaning o`z didi bor. Kimgadir bu qo`shiq yoqqandur. Ammo bizga
umuman yoqmadi, to`g`risini aytish kerak! Saviyali, ko`p yashaydigan
qo`shiq aytish kerak. Xonandalarimizga she'r tanlash borasida Ozodbek
Nazarbekovdan o`rnak olishlarini tilardim! U professional shoirlar
bilan ishlagani uchun ham deyarli har 1 qo`shig`i xit bo`layapti...
Hammaga omad!