13-yanvar kuni ko`pgina xristian diniga e`tiqod qiluvchi davlatlarda "Eski yangi yil” bayrami nishonlanadi. Bu ham yangi yil bayramining bir ko`rinishidir. Quyida siz yangi yil bayramini boshqa mamlakatlarda qanday nishonlashini bilib olasiz... Qadimgi Misrda yangi yil bayramini Nil toshqini bo`lgan kunda nishonlashar edi. Bu ko`pincha sentabrning oxiriga to`g`ri keladi. Nil daryosining toshishi Misrliklar hayotida katta ahamiyatga ega bo`lgan. Ularning fikricha shu kunlarda quyosh Xudosi Amon o`z xotini va o`g`li bilan daryodan suzib o`tishadi. So`ng yana ibodatxonaga qaytishadi. SHuning uchun ham ular bu kunni bayram sifatida nishonlashgan. Bobilda esa yangi yil bayramini bahorda nishonlashgan. Bu vaqtda qirol mamlakatni tark etadi. Xalq esa o`zlari hohlagan yumushni bajarishadi. Qirol qaytib kelishi bilan yana aholi o`z ishi bilan shug`ullanadi. Rimliklar uzoq vaqtlargacha yangi yilni birinchi martda nishonlab kelishgan. Eramizdan avval 46-yilda Yuliy Sezar yangi taqvimni joriy etgan. Shundan keyin yangi yil birinchi yanvarda nishonlana boshlandi. Yanvar so`zi Rim Xudoni Yanus nomiga qo`yilgan. Rimliklarning fikricha u ikki boshga ega bo`lib, biri bilan yangi yilga, ikkinchisi bilan eski yilga qarab turgan. Rim yangi yil festivali Kalends deb nomlanadi. Odamlar shu kunlari bir-birlariga sovg`alar ulashishadi, bayramni nishonlashadi. Keltlar (Hozirgi Fransiya va Angliyaning bi qismida yashovchi axoli) yangi yilni oktabrning oxirida nishonlashardi. Ularning bayrami Samxeyn deb nomlanib, "yil yakuni" degan ma`noga ega. Keltlar shu kuni barcha ruhlar tirilishiga ishonishgan. Avstraliya. Yangi yil Avstraliyada 1-yanvarda nishonlanadi. Bu yerda shunchalik issiq bo`ladi-ki, Qor bobo va Qor qiz bayramda cho`milish kiyimida sovg`a ulashishadi. Indoneziya. Indoneziyada yangi yilni oktabrda nishonlashadi. Ular shu kuni o`tgan yildagi ayblari uchun bir-birlaridan uzr so`rashadi. Eskimoslar. Kimdir yangi yilni 1-aprelda, kimdir oktabrda yana kimdir yanvarda nishonlashadi. Eskimoslar uchun esa birinchi qor yoqqan kun yangi yil hisoblanadi! Birma. Birmada yangi yil bayrami aprelda nishonlanadi. Buni boshqachi qilib suv bayrami deb atasa ham bo`ladi. Hatto tinjon deb nomlanadigan suv festivali ham o`tkazishadi. Birmaliklar bir hafta davomida bir-birlarini suv bilan bo`ktirishadi. Xitoy. Xitoyda yangi yilni raketalar va xlopushkalar sadosi ostida kutib olishadi. Avvallar bunday vositalar bambukdan qilinar edi. Xitoyda yangi yil bayramining birinchi kunida janjallashish ta`qiqlangan. Italiya. Yangi yilda Italiyada bo`lsangiz uylarga yaqin yurmang. Chunki ular shu kecha eski buyumlarini derazadan uloqtirishadi. Italiyaliklarning fikricha qancha ko`p narsa otsang yangi yilda shuncha ko`p boylik keladi! Shuning uchun boshingizga hatto shkaf ham tushishi hech gap emas! Hindiston. Hindistonda yangi yil sifatida nishonlash uchun 8 ta sana ko`rsatilgan. Masalan, Gudi Pavdva kuni. Shu kuni Hindlar nim-nim daraxti barglaridan kiyim kiyishadi. Bu barglar juda achchiq bo`ladi. Qadimgi hind manbalariga ko`ra bu kishilardagi turli hastaliklarni davolaydi, kambag`allikdan qutqaradi va shirin hayot ato etadi. Germaniya. Germaniyada Rojdestvo klassik oilaviy bayram bo`lsa, Yangi yil bayrami do`stlar bilan ko`chda o`tkaziladigan bayram hisoblanadi. Yangi yil kechasi ko`chalarni shampan vinosi va bokal bilan "qurollanib" olgan kishilar egallab olishadi. Osmon antiqa feyerveyklar bilan yorishib ketadi.
|