CHORSHANBA, 2025.01.01, 04:09
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 3
MEXMON 3
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Апрель » 29 » Xorijiy tillarni bilish kerak(mi)?
22:14
Xorijiy tillarni bilish kerak(mi)?

Agar odamlardan siz chet tilini o‘rganish zarurmi, deb so‘rasangiz, ularning ko‘pchiligi "yo‘q" deb javob beradi. Ona tilidan boshqa bironta tilni bilmasdan bemalol yashash mumkin, deydiganlar ancha. Ular eng yaxshi badiiy asarlar allaqachon o‘zbek tiliga o‘girilgan, qolganlarini o‘qish uchun esa ikkinchi tilni o‘rganish shart emas, deb o‘ylaydi. Ammo biron-bir tilni o‘rganish kerakmi-yo‘qmi, degan savolga xolis javob olmoqchi bo‘lsangiz, chet tilini bilmaydiganlardan emas, xorijiy tilni biladigan odamdan so‘rab ko‘ring. 

Axir o‘zida yo‘q narsaning ahamiyati haqida kim sizga to‘g‘ri ma'lumot bera oladi?

Shu bois, chet tilida bemalol so‘zlasha oladiganlar o‘rtasida kichik tadqiqot olib bordik va olimlarning bu boradagi ayrim xulosalarini e'tiboringizga havola qilyapmiz.

Dunyoga yangicha nigoh
Har bir til o‘ziga xos jihati bilan boshqalaridan ajralib turadi. Xuddi bizning tilda bo‘lgani kabi boshqa tillar ham o‘zida xalqning o‘tmishini aks ettiradi. Til o‘rganishning afzalliklarini uni mukammal o‘zlashtirmaguningizcha bilolmaysiz. Xorijiy tilni o‘rganish asnosida o‘sha xalqning turmush tarzi, mentaliteti, dunyoqarashi bilan yaqindan tanishasiz. Bu til o‘rganishni boshlagan ilk kunlaringizdanoq sezilmaydi, ammo uni yaxshi va mukammal egallaganingiz sari hayot yanada yorqin va rang-barang ekanligiga amin bo‘lasiz. Zamonaviy psixologiya fani chet tilini o‘rganish inson xarakterini ham qisman o‘zgartiradi, degan fikrni ilgari surmoqda.

Keling, ko‘p gapirmasdan til o‘rganishning amaliy natijalarini sanab chiqamiz.

1. Internet qamrovi siz uchun yanada kengayadi. Ko‘pchilik bitta xorijiy tilni bilgani sababli kerakli ma'lumotlarni internetdan asosan shu tilda izlaydi. Ammo ingliz va yana bir nechta tilni bilganlar undan yuz chandon ortiq bilimga ega bo‘lishi turgan gap, boisi ular uchun ilk manbalar soni bir necha o‘n barobarga ko‘payadi-da.

2. Chet tilini bilish xorijiy filmlarni asliyatda ko‘rish imkonini beradi. Siz ham ayol, ham erkak kishi ijro etgan rollarga ovoz beruvchi aktyor emas, yoqtirgan kinoaktyorlaringizning haqiqiy ovozini tinglab, film tomosha qilish imkoniga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari, dialoglardagi so‘z o‘yinlari va hazillarni o‘zlashtirib borishingizda ham yordam beradi.

3. Ajnabiy musiqani shunchaki emas, tushunib tinglashga ko‘nikasiz.

4. Globallashuv jarayoni. Shitob bilan o‘zgarib borayotgan davrda avvalgidek masofa katta rol o‘ynamaydi. Yildan-yilga sayohat qiluvchilar soni ortib bormoqda. Ularning safiga qo‘shilganingizda, ziyorat qilgan osori-atiqa to‘g‘risida mahalliy gid bilan tarjimonsiz suhbatlashishga nima yetsin?!

5. Chet tilini o‘rganayotganingizda, ilgari sezmaganingiz yoki parvo qilmaganingiz - atrofingizda muhojirlar ko‘pligini payqab qolasiz. Tanishuv mustahkam do‘stlikka aylansa, dunyoning narigi burchagida ham sizni tushunadigan odamning borligi adadsiz Yer sharini bahaybat va begona emas, yaqin qiladi.

6. Til o‘rganish fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi. Qabrgacha ilm izlang, deya murojaat qilinadi hadisda. Britaniyalik olimlarning aniqlashicha, ikkinchi tilni o‘rganish miyaning nutqiy ravonlikni ta'minlovchi qismini rivojlantiradi. Til o‘rganishga qancha erta kirishsangiz, ravon va chiroyli gapirishingiz ham shuncha yaxshilanadi.

7. Til bilish daromadni ko‘paytiradi. Angliya shimoli-g‘arbida istiqomat qiluvchilar ona tilidan tashqari bitta tilni bilishsa, yiliga 3000 funt sterlingdan ortiq maosh olarkan. "Sunday List" nashrida dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatini chop ettirgan Filipp Beresfordning tadqiqotiga ko‘ra, xorijiy til bir yillik faoliyat davomida g‘arbliklarga o‘rtacha 145 000 funt daromad keltirmoqda va hokazo.

Xorijiy tilni o‘rganishdan hayiqib, «menga shu til kerak bo‘larmikan?» deb o‘ziga savol beruvchilar, shubhalaringiz bekorligiga ishonavering. Zamonaviy dunyoda xorijiy til suv bilan havodek zarur.

Til o‘rganuvchilarning aksariyati 17-30 yoshni qarshilagan kishilardir. Endi ishga kelgan tajribasiz yoshlarning ko‘pchiligi to tajriba orttirguncha chet tillaridan bir nechtasini bilishi evaziga «jon saqlashadi».

Va nihoyat, bir qarorga keldingiz...

Endi nima qilish kerak? Kadrlarni xalqaro talablarga javob beradigan qilib tayyorlashni ko‘zlayotgan oliy o‘quv yurtlari soni yildan-yilga ko‘paymoqda. Ammo kamdan-kam institut va universitetlar talabalarning xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishlari uchun yetarli sharoit yaratib beradi. Shu sabab o‘zingizga mos o‘quv kursini toping. Sertifikat, tavsiyanoma olish, kursning bahosiga bilimlaringiz ham hamohang bo‘lishi kerak. Agar tilni yaxshi o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, bozor qonuniyatini nazarda tuting: yaxshi mahsulot arzon bo‘lmaydi. Unutmangki, o‘z kasbiga jiddiy yondashuvchi har qanday tashkilot yosh mutaxassislarning til bilish qobiliyatini e'tiborsiz qoldirmaydi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, til millatlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tovchi vosita, undan qo‘rqmay «xatlab» o‘tganlar bir yo‘la yutuq va "yangi olam"lar kalitini ham qo‘lga kiritadi. Eng muhimi, savollaringiz javobsiz qolib ketmaydi.

Gulgun Sultonova


Категория: FIKR-MULOHAZA | Просмотров: 1421 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz