Xojimurod Bekchanov kuni kecha bir muxlisasidan xat oldi. Xojimurodning ta'kidlashicha, xatda muxlisasi katta hayotga qadam qo'yayotgani haqida yozgan ekan. Ammo... Gap shundaki, Xojimurodning muxlisasi agarda visol oqshomiga Xojimurod Bekchanov o'zi kelmasa, turmush qurishdan bosh tortishini ta'kidlagan. To'y yangi yil kechasiga belgilangan. Ammo Xojimurod Bekchanov ushbu kunda boshqa bir kechada ishtirok etishi uchun taklif qilingan. Endi Xojimurod qaybiriga borishni bilmay boshi qotgan. Nima bo'lgan taqdirda ham uning ishlariga omad tilaymiz. Darvoqe, ayni damda Xojimurod Bekchanov "Tobora" taronasi uchun qaytatdan milliylikni o'zida aks ettirgan video klip suratga olishni rejalashtirib turibdi.