Sensiz ko'nglim sahroga aylangan va bu sahroda sog'inch shamoli esganda seni yodga olib, xo'rsinib ketaman. seni qanchalar sog'inganimni tasavvur ham qilolmaysan. Orzularim yaproqlari xazon kabi so'ndi. yolg'izlik qudug'i meni o'z domiga tortyapti. Meni ko'nglimga xiyonating tikanlari botmoqda,bu tikanlarni bir necha bor yuragimdan sug'urib otib yubormoqchi bo'ldim, lekin tikanlar qo'limga sanchilib bunga yo'l qo'ymadi. Dugonamni seviwini ewitganimda yuragim chil-chil bo'lib sindi. Uni sevsa meni aldashni nima keragi bor edi?! Dugonam bor gapni anchadan keyin xech narsa bo'lmagandek aytib berganda, uning har bir so'zi yuragimni ming azoblar ila tirnar edi. Bilmadim, qanday qilib u ko'zlarimga tik boqa oladi. Sevsa ham maylin edi, lekin u bilan shunchaki gaplashar, nima qilayotganini o'ylab ham o'tirmasdi... Mayli men ularni ikkisini ham kechira oldim. Chunki yurakka buyruq berib bo'lmaydi. Tanlaganda o'zgani shuncha qilmasdi alam tanlab tanlab topgani edi mening dugonam.