Insonlar o’rtasida nizo solgan xiyonat,
Nega nifoq solasan, senda bormi diyonat, Otashin qalblarga sen o’z hukmingni o’tkazib, Sovuq shamollar solding, qahri qattiq tumonat.
Qancha baxtli oila sen deb zavol topdilar, Sevishganlar sevgisin armon bilan yopdilar, Noming o’chsin xiyonat, aldovlaring ko’p ekan, Sen deb qancha oshiqlar ko’ngli ozor oldilar.
Sen ne uchun yaralding insonlarga nafing yo’q, Hech dilni yoritmaysan zarra iliq tafting yo’q, Na do’stlikka kuch berding, na sevgiga sadoqat, Ayt yaxshilik qilishga nahot sening vaqting yo’q.
Necha sodiq do’stlarning orasini buzgansan, Qancha oilalar rishtasini uzgansan, Ko’plab baxtli insonlar baxtlarini ko’rolmay, Sen tinchlikni buzguvchi necha reja tuzgansan.
Ushlab bo’lsaydi seni shartta ushlab olardim, Xiyonatni bir umr tor zindonga solardim, Bu dunyodan nomingni butkul o’chirib, Sevgi to’la qalblarda mangu yashab qolardim.
|