Главная » 2014»Ноябрь»3 » Xitoy uchuvchisiz samolyotlarni yo‘q qiluvchi lazerli qurilmani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.
18:37
Xitoy uchuvchisiz samolyotlarni yo‘q qiluvchi lazerli qurilmani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.
Xitoy kichik hajmdagi uchuvchisiz samolyotlarni yo‘q qiluvchi lazerli qurilmani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xitoy muhandislik fizikasi akademiyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, tizim ikki kilometrgacha bo‘lgan masofadagi kichik uchish apparatlarini ular aniqlanganidan keyin besh soniya ichida urib tushira oladi. Buning uchun ular 500 metrdan tepaga chiqmagan va 50 metr/sekunddan kamroq tezlikda harakatlanayotgan bo‘lishi kerak.
Loyihani boshqarayotgan akademiyaning China Jiuyuan Hi-Tech Equipment Corp kompaniyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bunday apparatlarni tutish snayperlar va vertolyotlarning vazifasiga kiradi, lekin ular bu ishni yaxshi uddalay olmayapti. Kichik uchuvchisiz samolyotlar arzonligi va boshqarish osonligi sababli terrorchilar quroliga aylanish mumkin. Lazerli qurilma esa ularga qarshi muvaffaqiyatli kurashish imkonini beradi.