Xitoy poytaxtidagi Apple do`koni oldida yangi mahsulot – iPhone4Sni sotib olishni istovchilar haddan ortiq ko`payib ketganidan rahbariyat xaridorlarni ichkariga qo`ymaslikka qaror qildi. Bundan jahli chiqqan xitoyliklar avvaliga «Eshikni ochinglar, yolg`onchilar!» deb baqirishdi, keyin esa do`konni tuxumbo`ron qilishdi. Ҳodisaga politsiya aralashishiga to`g`ri keldi. Savdo markazi oldida maydonni tozalash uchun esa uch soat kerak bo`ldi. Xaridorlarning g`azabini tushunsa bo`ladi, chunki ular kechqurundanoq navbatga turishgandi. Applening ma`lim qilishicha, do`kon xodimlari va xaridorlarning xavfsizligi ko`zda tutilib, Pekindagi do`kon ochilmaydi. Bundan tashqari, kompaniyaning poytaxtdagi boshqa va Shanxaydagi ofislari ham yopilgan. Endi Xitoyning ikki yirik shahridagi xaridorlar yangi ayfonni faqatgina internet-do`konlardan sotib olishlari mumkin.