Bu kun qanaqa kun desam bo'ladi. Oddiy kun emas, bu sen kutgan kun bo'lsa kerak. Mana to'ying bo'lyabdi. Hursandmisan. Vadalar qayerga ketdi endi. Men bilan nikoh uyiga birga boraman degandinku. Shunchalar osonmi kimlarnidur baxtsiz qilib, baxtli yashash. Bugun erta tongdan turmay, bir umr joyimda yotgim bor. Ko'chaga chiqishga ham mador yo'q. Sen bugun o'z uyinda yotmaysan. Bu men uchun mag'lubiyat bo'lsa kerak. Yashashga intilyabmanu negadur sen meni bo'g'ib qo'yganday bo'lyabsan. Sen bilan yashash nasib qilmadi. Endi seni unutishga chora topishim kerak. Doim bir ishni qilolmaganimda sendan ovozingni eshitish uchun ham yordam so'rardim. Endi kimdan yordam kutay. Biz bugun oxirgi marta ko'rishyabmiz deganinda, ko'zim hech narsani ko'rmay qoldi. Gaplarin qulog'imga kirmasdi. Mayli endi hammasi sarab. Sen baxtli bo'l. Men qanday yashashimni Hudo biladi. Bugun borman, erta bormanmi yo'qmi bilmiman. Bu xatni senga yuboramanu lekin javob kutmayman. Sen endi birovni yorisan. Men sen uchun begonaman. Hammasiga roziman. Bunday sevgi men bilan sodir bo'ldimi demak bu men uchun sinov. Xayr alvido.....!!! Bu kun qora zulmat keladi. Kim kimnidur bilmay sevadi. Buni faqat Hudo biladi. Yor-yorlarga aldangan jonim. Azob ekan bu shirin sevgi. Topolmasdan bir senga tengi. Boylik mening sevgimni yengdi. Yor-yorlarga aldangan jonim. Baxtli bo'lgin qilaman duo. Yuzin yorug' qilsin bir Hudo. Menga yetmay qolmoqda havo. Yor-yorlarga aldangan jonim.