Siz xayotim edingiz... Kim bilibdi dersiz oradan shuncha vaqt o`tib xayollarimga aylanishingizni!? Oxirgi paytlarda esa xatto xayollarimda xam gabdalanmay qo`ydingiz... Bu ne beshavqatlikki bora-bora chexrangiz ko`z oldimda xiralashmoqda... Unutmoqdaman!!! Unutish!!! O`lagan odamni unutishadi chunki u bu dunyoda yo`q degandi bir do`stim... Yo`q bu dunyoda uning jismigina yo`q xolos axir ruxiyat degan xotira degan narsa bor-ku u uni tushunmaydiganlar uchun yo`q lekin lekin u men uchun mavjud... Xotiralarimda, o`ylarimda, qalbimda, xislarimda, yuragimning tub tubida... Faqat u ko`rinish bermaydi xolos. Yolg`onchi dunyoning yolg`onlaridan to`ygan u... U chin dunyoda. U farishtalar makonida... Axir boshqacha bo`lishi xam mumkin emas... Sababi u begunox... U beozor! Men ishonmayman uning gunox ishlar qilganiga... O`limini kutayotgan odam gunoxga qo`l urmas xa u salkam 2 yil kutdi o`limini... qanchalar qiynalishi ko`zlaridan malum edi lekin shunda xam jilmayishga urinar, jilmayganida shunchalik maxzun mayus jilmayardiki... Endi u yo`q, to`g`rirog`i jismi yo`q... Muxabbat degan tuyg`udan begonalar uchun xam u yo`q... Kelmaydi xam! U samolarda! U barchani ko`rib turadi...