Assalomu aleykum va raxmatullohu va barakotuh aziz dindoshim. Bugun Mutlaqo boshqacha mavzuda baxs yuritamiz. Sabab, bugungi kungacha ko'p narsalaga guvox bo'ldim. Aytingchi Aziz Dindoshim
XAYOT FAQAT SEVGIDAN IBORATMI??? Bu savolni berishimga sabablar ko'p. Shu kungacha bu saytda etibor berganim, xech bir inson yo'q-ki. ((OXIRATIM OBOD BO'LISHI UCHUN NIMA QILAY)) deb Baxs yuritgan. Xech bir inson yo'qki, Bugun shunday Gunox Qilib qo'ydim, qanday yuvay bu gunoximni deguvchi. Azizlar Keling. Iymonimizni butun qilaylik. Allohdan Iymon so'raylik. Tavba qilaylik. Eng Avvalo Bizni yaratgan ALLOHni sevaylik, Unga bexisob tashakkur aytaylik ushbu kungacha sog'-salomat yashab yurganimiz uchun. Bu so'zlarimni o'qib da'vat qilyapti deya o'ylamang. Barchamiz Musulmonmiz. Musulmon Axli Allohni sevuvchi va U bergan Taqdirga Tasannolar aytguvchi Va Allohga Iymon keltirguvchidir. Balki bu so'zlarim kimlargadir og'ir botgandir bu uchun uzr so'rayman.
Allohni sevarkan asli Musulmon, Doimo boshi egik Sajdada. Allohga keltirib doimo iymon, Yashaydi qalbi ila tavbada... Assalomu aleykum va raxmatullohu va barakotuh.