Xayollarimda gavdalanadigan yorim uni doim ko`rmoq istayman bilaman u ro`yo emas u xaqiqat u bor. Shunchaki uchrashmoq fursati yetmadi. TUshlarimga kiradi u juda go`zal. Kunlardan bir kuni do`stlarim bilan ziyofatdan qaytayotgan edim juda kech qolib ketgandim... Amir Temur xiyoboni yonida oppoq kiyimda uni uchratdim... Xa u tushlarimga xam oq kiyimda kirardi. Uni gapga solishga xarakat qildim..Qarasam u yig`lamoqda xayolim ming ko`chaga kirib chiqdi. Nega qiz bola arim kechasi ko`chada... Keyin uni yupatdim u menga xayron tikilib qoldi. KImsiz dedi xullas shu tariqa u bilan tanishib oldim. Ismi Odina edi uning. Uni uyiga kuzatib qo`ymoqchi bo`lganimda u sapchib tushdi yo`q meni ishlarim bor dedi va yugurgilab keta boshladi... Shu shu 1 xafta o`sha yerni aylandim lekin topa olmadim. Bir kuni kechasi uxlay olmay yana o`sha xiyobonga bordim. Borsam o`sha joyda yig`lab o`tirardi, bu safar ancha suxbatlashdik u bilan keyin tong ota boshladi u yana meni xayron qoldirib xech nima demay yugurib ketib qoldi... Yo`l yo`lakay ertaga yana shu yerda ko`rishamiz deb ketdi. ERtasiga yana bordim. Endi uni rostakamiga sevib qola boshladim. Undan nimaga kunduz kun uchrashishga qarsgi bo`lishini so`radim. U esa og`ir xo`rsinib bir kun bilib olasiz dedi. Uni sira ko`ndira olmadim. Bir kuni kechqurun u yonimga boshqacha bo`lib keldi sochlari turmaklangan juda chiroyli bo`lib ketgan edi. Xar doimgiday oq libosda emas bugun boshqacha edi u ... XUllas uzoq suxbatlashdik. Bugun u shoshmadi. Ketaturib o`rnidan turgan edi bie qog`oz tushib qoldi u buni sezmay ketdi qog`ozni oldim qanaqadir manzil bor edi. TOng otishi bilan o`sha yerga yo`l oldim . EShikni bir qiz ochdi unga juda o`xshar lekin sochlari xam gavdasi xam boshqacha edi... UNdan Odina xaqida so`radim... Qiz yig`lab yubordi. Keyin bildim bu qiz odinani singlisi Madina ekan. Odina otasi-onasi bilan dam olishdan qaytayotib avtoxalokatga uchrashibdi va olamdan o`tishibti. Singlisiga men xam barchasini gapirib berdim. U meni uni xonasiga boshladi. Kirdim uni rasmlari bor edi. U xuddi menga o`xshaydigan bola bilan juda ko`p rasmga tushgan edi. MAdinani aytishiga qaraganda bu yigit uni unashtirilgan yigiti bo`lib to`ylariga oz qolgan ekan. Qiz va yigit xar doim o`sha xiyobonda uchrashishar ekan. SHuning uchun uni kechqurun uchratganman shuning uchun u doim oq kiyimda. Ertasiga tunda yana xiyobonga bordim. u keldi endi rostakamiga undan qo`rqa boshladim. Ketar chog`i bildirmasdan uni kuzatib bordim u yaqin o`rtadagi qabristonga kirdi va g`oyib bo`ldi. Kirib borib qarasam bir qabr ustida u kiyib kelgan ko`ylagi turardi... Shundan keyin xushdan ketdim o`zimga kelganimda bir xujrada yotardim. Go`rkovning xujrasi shekilli unga xammasini aytib berdim. Odinani xaqiga duo o`qidik quron tilivat qildik. Endi u tushlarimga xam kirmay qo`ydi lekin sevardim uni. KEyinchalik o`ylab Madinaga sovchi qo`ydim. U bilan tez orada to`yimiz.....!