Aftoulov katta yo'lda manzil tomon bormoqda. Xaydovchi men va bir nuroniy otaxon hayot haqida qizg'in suhbatlashib borardik. Yo'l qabriston oldida o'tdi. Suhbatni to'xtatib, marhumlarni joylari jannat bo'lishini to'tagb, ularning haqlariga duo qildik. Qabriston ortda qoldi. Shu payt otaxon xaydovchi va menga savol berdilar: - Bu dunyoda xasislarning eng xasisi kim ekanini bilasizlarmi? Qiziq savol bo'ldi men uchun. Bilmasligimni aytdim. Xaydovchi ham tayinli javob chiqmadi. Ikkimiz ham otaxonga javob kutib yuzlandik. - Yo'lida qabriston uchrab duo qilmay o'tadigan inson xasislar eng xasisidir. Qanday holatda bo'lmang qabriston oldidan hech bo'lmasa "Kalima shahodat" aytib mahrumlar haqida duo qilib o'tish kerak. Chunki qabrda yotganlar bizdan umidvor bo'ladilar - deb otaxon so'zlarini yakunladilar. Manzilga ham yetib keldik. Hammamiz o'z yo'limizga ravona bo'ldik. Shu voqeadan so'ng yo'limda qabriston uchrasa duo qilib o'taman. Chunki dunyodagi eng xasis inson bo'lishni xoxlamayman.