CHORSHANBA, 2025.12.10, 20:54
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 18
MEXMON 18
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Ноябрь » 5 » Xalqaro voqealar
21:31
Xalqaro voqealar


BOZORDA PORTLASH

Tailandning Yala muzofotidagi gavjum bozorlardan birida kuchli portlash ro‘y berdi. Manbada keltirilishicha, mototsiklga o‘rnatilgan portlovchi uskuna uyali aloqa telefoni orqali harakatga keltirilgan. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda mazkur xunrezlik oqibatida 24 kishi turli darajada jarohatlangan.
Hozirda hech bir terrorchi guruh ushbu voqea bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

JANGARILARGA QARSHI TADBIR

Pokiston armiyasi Janubiy Vaziriston hududida "Tolibon” harakatiga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyotlar o‘tkazishni boshlab yubordi. Mamlakat harbiy qo‘mondonligi vakilining bildirishicha, o‘tgan ikki kun mobaynida 60 nafar jangari yo‘q qilingan. Manbada keltirilishicha, harbiylar tolibonlar joylashgan hududni to‘la o‘rab olishgan va shu yo‘l orqali ularni qurol-yarog‘ hamda oziq-ovqat ta’minotidan uzib qo‘ymoqchi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda so‘nggi ikki hafta mobaynida amalga oshirilgan terrorchilik xurujlaridan so‘ng, Janubiy Vaziristonda jangarilarga qarshi amaliyotlar boshlanib ketdi. Ushbu teraktlarda 170 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi.
    
KOMPANIYA SOTILISHI NOQONUNIY
«Sberbankom» va "Magna” hamkorlikda Amerikaning "Jeneral Motors” konserniga qarashli "Opel” kompaniyasini sotib olish maqsadida muzokaralar olib bormoqda. Biroq EIning antimonopoliya siyosati masalalari bo‘yicha komissari Nili Kros Germaniya hukumatiga rasmiy xat yuborib, "Opel”ning sotilishi ittifoq qonunchiligiga zid ekanini bildirgan va Germaniya hukumati tomonidan kompaniyaga 4,5 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatilishi lozimligini bildirgan.
CHEKSANG, JARIMA TO‘LAYSAN
"Reuters” axborot agentligining xabar qilishicha, Suriyada shu oyning o‘rtasidan boshlab jamoat joylarida sigaret chekish taqiqlandi. Bu haqda qabul qilingan maxsus qonunni mamlakat prezidenti Bashar al Asad tasdiqladi. Ushbu qonunni buzgan shaxslar ikki ming Suriya funti (46 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortiladi.
Bundan tashqari, kafe va restoranlar egalari ham mijozlarning chekishiga ruxsat bergani uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Shuning­dek, mamlakat ommaviy axborot vositalarida tamaki mahsulotlari reklamasiga ham qator cheklovlar joriy qilindi.
 
GERMANIYA AFG‘ONISTONDAGI ISHTIROKINI KENGAYTIRMOQDA
Germaniya hukumati Afg‘onistonga 1200 nafar politsiyachini jo‘natmoqda. Ular ushbu mamlakatda huquq-tartibot organlari xodimlarini tayyorlash bilan shug‘ullanishadi. Bu haqda "Spiegel” axborot jurnali xabar tarqatdi. Ayni paytda Afg‘onistonda 110 nafar nemis politsiyasi afg‘on maxsus xizmati xodimlari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda.
Ta’kidlash kerakki, so‘nggi paytlarda Afg‘onistonda NATO kuchlari muvaffaqiyatsizliklarga uchrayotgani bois, Germaniya hukumati mazkur mamlakatdagi ishtirokini kuchaytirmoqda.
HUKUMAT MULKLARI SOTILADI
Buyuk Britaniya hukumati byudjet taqchilligini qisqartirish maqsadida 16 milliard funt sterling miqdoridagi (25,4 milliard AQSh dollari) davlat aktivlarini sotuvga chiqarmoqchi.  Bu haqda mamlakat bosh vaziri Gordon Braun ma’lum qildi. Shuningdek, bosh vazirning bildirishicha, hukumatga qarashli ko‘chmas mulk ob’ektlari ham sotuvga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, Gordon Braun 2007 yilda hukumat tepasiga kelganida, birinchi navbatda davlat byudjeti taqchilligini bartaraf etishga harakat qilishini bildirgandi. Lekin bu borada bosh vazir hali sezilarli darajada muvaffaqiyatga erisha olganicha yo‘q. Ayni paytda Buyuk Britaniya byudjetidagi taqchillik YAIMning 12 foizini tashkil qilmoqda.
KURS PASAYMOQDA
Dollar kursining yevro va yuanga nisbatan pasayishi AQSH savdo balansidagi taqchillikning sezilarli darajada pasayishiga olib keldi, deya xabar berdi "Bloomberg”. Ushbu taqchillik 31,9 milliard dollardan 30,7 milliard dollargacha pasaydi. Natijada Amerika mahsulotlarining nisbatan arzonlashuvi evaziga eksport hajmi ortgan. Shuningdek, AQSh­da import hajmi ham 0,6 foizga qisqargan.
Ta’kidlash kerakki, dollar kursining pasayishi, birinchi navbatda, Amerika avtomobillariga talabning oshishiga olib keldi.
YAPONIYA VAZIRINING QARORI
Yaponiya moliya vaziri Xiroxisa Fudzin mamlakat valyuta birligi — iyenaning kursini barqarorlashtirish borasida barcha zaruriy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, milliy valyuta kursining o‘ynab turishi YAponiya iqtisodiyotiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ammo u iyena qadri qanday tartibda barqarorlashtirilishi haqida izoh bermadi.
Shuningdek, Xiroxisa Fudzin mamlakat iqtisodiy o‘sish modeli o‘zgartirilishini, ya’ni faqat eksportga qaramlik kamaytirilishini ta’kidladi.
 
YO‘LOVCHILAR HAM JAZOLANADI
Xitoy hukumati nafaqat alkogolli ichimliklarni iste’mol qilib mashina boshqargan haydovchini, balki uning yo‘lovchilarini ham jazolashni rejalashtirmoqda. Agar shunday qilinsa, yo‘lovchilar "otib” olgan haydovchining rulga o‘tirishiga yo‘l qo‘ymaydi, deb hisoblanmoqda. Ammo hukumatning ushbu tashabbusi mamlakatda katta noroziliklarga sabab bo‘layotir. Ko‘pchilikning fikricha, avtobus haydovchisi ichgan bo‘lsa, yo‘lovchilar uning xatti-harakatlari uchun  javob bera olmaydi. Taklif qilinayotgan qonun loyihasida  bu holatlar hisobga olinmagan.

Категория: QIZIQARLI | Просмотров: 1352 | Добавил: Shuhrat_88 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Ноябрь 2009  »
    Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
          1
    2345678
    9101112131415
    16171819202122
    23242526272829
    30
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz