Статистика |
XOZIR SAYTDA 4 MEXMON 4 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2011 » Март » 30 » Visol ORTIDAGI TUYG`U
21:05 Visol ORTIDAGI TUYG`U |
Sog`inch. Aytish oson, boshdan o`tkazish qiyin tuyg`u! Ajab, sizni sog`inganim sayin vaslingizdan chekinayotganimni his etyapman… Nega deng? Negaki, diydor onlarida xijron ketgani bilan uning soyasi qoladi – xademay visol tugab, yana ayriliqning girdobida sog`inch azoblarini yangidan boshlanish hissi…. Sizning olisdaligingizga, sog`inib yashashga ko`niksa bo`larkan, lekin sog`inchlarga boshqatdan ko`nikish!... Azob… Azob, Azob!!! Nega sizni sog`inishga ko`nikkanimni bilasizmi!? Men bunga kuchni qachondir mangu vaslga erishishimiz muqarrarligidan olaman. Bu kuch meni yashashga undaydi, xayotga chorlaydi, dunyonign eng go`zal jilvalarini oshkora etadi. Shunday qilib, Sog`inchlarimiz ortida Visol turibdi. Go`yo unga yetishsak, bir umr xalovat topamiz, yuragimizning yakkash ko`zlagan manzili bu. Aslida-chi, visol ortida dunyoning devori yo`q, BAXT turibdi, BAXT! Biz… visol qiyofasidagi BAXtga intilayotirmiz… Bog`imga kelganda xazon, Yo`lim to`sganda yomon, Yarim tun xam xar azon, Men sizni sog`inaman, Siz ham sog`ining meni. Tunda go`zaldur oy ham, Kuy kabi oqar soy ham, Oyga boqib kuy tinglab, Men sizni sog`inaman, Siz ham sog`ining meni. Olis yurtga yo`l olsez, Meni gar qo`msab qolsez, Quchib suratim meni Siz ham sog`ining meni, Men sog`ingum albat sizni.
|
Категория: SEVGI |
Просмотров: 2468 |
Добавил: Nigi{JON}
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|