Atom bombasi – Uylangan erkaklarning o’ylab topgan so’nggi najot yo’li.
Xo’jayin – Vaqtli kelsang "nega erta kelding” deb, kech qolsang "nima sababdan kechikding” deb tanbeh beradigan shaxs.
Tamaki – Inson hayotini o’lim bilan bog’lovchi qog’oz bilan bezalgan zahar.
Shifokor – Insonning cho’ntagiga qarab dardini aytib beruvchilar toifasi.
Notiq – Hammaga ovqat bir xil taqsimlansa ham o’zining ovqati ko’pligiga ishontiruvchi shaxs.
Konferensiya – Hamma gapiradigan, ammo hech kim eshitmaydigan majlis.
Va hokazo – Kallasi aqlli fikrlarga to’lib ketgan odamning ishlatadigan so’zi.
Tajriba – Insonning hayotdagi qoqilgan zinalari.
Va’da – Holvaning og’iz chuchimaydigan turi.
Bo’sa – Xamir uchidan patir.
Ayb – Bandalarga xos xislat.
Ota – tabiiy bank.
Ona – bank qo’riqchisi.
O’g’il – Kredit oluvchi shaxs.
Aka – ishonilgan tog’.
Kulgi – Insonning portlashi.
Idora – Uy tashvishlari bilan charchagan vaqtingizda sizni boshqa tashvishlar bilan chalg’ituvchi muassasa.
Optimist – Eyfel minorasi qulasa, "yaxshiyam hech kimga ziyon yetmadi” deydigan odam.
Pessimist – ob-havo so’zidagi birinchi "o” harfini emas, oxirgi "o” ni yoqtiruvchi inson.
Riyo (ikkiyuzlamachilik) – Cho’milmoqchi bo’lgan odamni daryoga uloqtirib yuborib, yaxshilik qildim deb gerdayuvchilar toifasi.
Faylasuf – Tirikligida aytgan so’zlari boshiga balo bo’lgan, ammo o’lgandan so’ng tushunib yetilgan shaxs.
Tabassum – Kaliti yo’qolgan qalb qulfiga mos keluvchi mukammal kalit.
Vijdon – Sotishga ashyo topilmaganda, ba’zi birovlarning sotadigan so’nggi ilinji.
Giyohvand – Badavlat otaning bedavlat bolasi.
Klassik asar – Hamma ko’tarib yuradigan, ammo hech kim o’qimaydigan kitob.
Lug’at – Bo’ydoqlarning birinchi quroli.
Uylanish – Kishanlangan mahbus.
Ajrashish – Uylanish fe’lining kelasi zamonda tuslanilishi.
Eshnash – Leksiyaga qo’yilgan baho.
Anaqa – Skleroz kasalligining birinchi belgisi.
|