Qiyinchiliklardan qochib yashashga harakat qilamiz… umid bog’laymiz.. malhamimiz orzularimiz bo’ladi. Ro’yobga chiqishi umrini oxirigacha cho’zilishini bilsa ham, kutadi inson… sabr qilgan doim g’olib bo’ldi. Syurprizlarni unutmaslik kerak, kutilmaganda eshigimizni qoqqan, dardli, yoqimli syurprizlarni… biz baribir ajoyib syurprizlarni sevib yashadik. Vaqt bizga guvohlik qilar ekan yutuqlarimiz bilan g’ururlandik. Muvaffaqqiyatlarimiz va hursandchiliklarimizni ko’paytirdik. Maqsadimiz baxtli bo’lish edi… yolg’on dunyoda bir iz qoldirish… Har kimning vazifasi turli mukofoti boshqacha bo’ldi… vaqtni to’xtata olsak yoki ortga qaytarsak, pushaymonliklarimizdan qutila olamizmi? Menimcha iloji yo’q. Hamisha afsuslanishga sabab bo’ladigan ishlar bor. Yillar o’tib borar ekan kech qolish hissi bilan tanishdik. Umrimiz o’tib borar ekan, qo’ldan boy berishni hohlamaganimiz BAXT payiga tushdik. Yillardan o’qimagan kitoblarimizni o’qidik, bir necha til o’rgandik, kezdik, xatolar qildik, yangi hayot bilan tanishdik. Vaqtni ayblab qo’yish o’rniga jasur bo’lish va hohlash yetarli ekan. Bir kun tanlashingiz kerak bo’lib qolsa ikki yo’l bor birini tanlang. Shu on kelishini hohlaysiz, keyin yaqiningiz uchun fidokorlik qilasiz, vaqt esa fidokorlini mukofotlaydi. Vaqt o’tyapti, umrimiz tugab boryapti … ba’zan, shoshma! Yurma! Baxtimni buzma! deya hayqirging kelarkan… keyin hamma yaralarni mahorat bilan davolab qo’yganini sezamiz… Inson hammasini unitadi! Qanchalar og’ir kunlar kechirganini, qanchalar kurashganini… Keyin esa ortimga qarab qotib-qotib kulaman, HAMMASI O’TDI… Baxtliman..! senga rahmat vaqt, menga o’rgatgan hamma narsang uchun katta rahmat. Azizlarim berilgan umrimizdan oqilona foydalanilik...
|