Bu ijodkorni tanimagan odamning o`zi yo`q, desam biroz mubolag`a bo`laru, ammo tanimagan ijodkor yo`qligi aniq. Negaki uning radio orqali yangragan sohir ovoziga shaydo bo`lganlaru, mening ham qo`shiqlarinmi efirlaringizda qo`yib turing, degan kazo-kazo san`atkorlar, uning bergan g`oyalari asosida super xit qo`shiqchiga aylangan mashhurlar deysizmi, barcha-barchasi uni taniydi. Ha u bir ijodkor sifatida shunaqa shuhratga allaqachonlar erishib va bu shuhratni ko`tarib bilganlardan. Ayrimlarga o`xshab "yulduzlik kasali”ga chalinib ham ketgani yo`q. Radiodagi dasturlari orqali asta-sekinlik bilan yuragining nolasi bo`lgan qo`shiqlarini ham muxlislariga taqdim eta boshlagan Vahobiddin Ziyoning ayni paytda TVda "aylanayotgan” "Ey, do`st” qo`shig`i nihoyat uning musiqada o`ziga xos yo`l topganidan darak berdi. Albatta, bu maydonda har kim o`z yo`nalishini qidirib topa olsa va shu yo`nalish orqali muxlislar yuragiga kirib borsa, shuning o`zi katta baxt. Ziyo ham ana shu baxt ostonasida! Shu kunlarda radioto`lqinlarda jarang sochayotgan "Chavandoz” qo`shig`i esa ommalashishga rosmana da`vogar qo`shiq bo`libdi, desak balki adashmasmiz. Har holda bizga shunday tuyuldi. Siz ham etibor berib tinglab ko`ringchi, fikrimizga qo`shilarmikinsiz? Ha, aytgancha hademay "Chavandoz”ning klipini ham tomosha qilishingiz mumkin bo`ladi. Shunda Vahobiddin Ziyoning yangicha imidjiga ham baho berasiz. Hozircha kuzatishda davom eting!
|